LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-noyabrdagi 619-sonli “Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 181-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 15-son, 177-modda)
Komissiya qurilish sohasida litsenziyalar berish va ularni bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi, uning qarorlariga muvofiq litsenziyalarni rasmiylashtiradi, ularni qayta rasmiylashtiradi, litsenziya bitimlari tuzadi, litsenziyalar reyestrini yuritadi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turadi va tiklaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda:
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 18-son, 224-modda)
1. Mazkur Nizom qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Litsenziyalarni berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda matnda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining faoliyati “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
3. Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini amalga oshirishga litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
6. Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
qonun hujjatlariga, tegishli davlat standartlariga, shaharsozlik me’yorlari va qoidalariga majburiy tarzda rioya etish;
yuridik shaxs shtatida qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha tegishli kasbiy ma’lumotga va loyihalash ishlari bo‘yicha kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarning (arxitektorlar, shaharsozlikni rejalashtirish va hududlarni obod qilish bo‘yicha mutaxassislar, konstruktorlar, texnologlar, muhandislik uskunalari, tarmoqlar va tizimlar, transport va boshqalar, shu jumladan loyihaning maxsus bo‘limlari bo‘yicha mutaxassislarning) mavjud bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanini tasdiqlovchi hujjat;
qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish bilan shug‘ullanayotgan xodimlarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji ko‘rsatiladi.
8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
(9-band ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
10. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
12. Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
13. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
14. Litsenziya bitimi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. “Litsenziya blankalari namunalari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan rasmiylashtiriladi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
16. Litsenziya “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan litsenziya talabgori tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat ommaviy axborot vositalarida yo‘qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar berishi, shuningdek xabarni “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etishi kerak.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni litsenziatdan so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoxud bekor qilish masalasi bo‘yicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(26-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tomonidan amalga oshiriladi.
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(29 va 30 bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
31. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini litsenziyalash huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish
faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini litsenziyalash sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Litsenziyalarni berish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ularning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda matnda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasining faoliyati “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
3. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
6. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirishdagi litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
qonun hujjatlari talablariga, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalariga majburiy rioya etish, bajariladigan ishlarning sifatini ta’minlash;
litsenziya talabgori (litsenziat) shtatida litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha hujjatlarga (maxsus tayyorgarlik to‘g‘risida guvohnoma, sertifikat), balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish ko‘nikmalari qo‘llangan holda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar mutaxassisning mavjud bo‘lishi;
litsenziya talabgorida (litsenziatda) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, jihozlarning, shuningdek mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalariga rioya etilishini ta’minlovchi boshqa maxsus texnika vositalarining mavjud bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
litsenziyalovchi organning litsenziya talabgorining arizasini ko‘rib chiqqani uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanini tasdiqlovchi hujjat;
balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish huquqini beruvchi hujjatlarga ega bo‘lgan mutaxassislarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi va mutaxassisligi bo‘yicha ish staji ko‘rsatiladi;
balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarining tavsiflari.
8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
10. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshisilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
13. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilish haqidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
14. Litsenziya bitimi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda uning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan rasmiylashtiriladi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
16. Litsenziya “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan, litsenziya talabgori davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yo‘qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar berishi, shuningdek xabarni “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarni to‘xtatib turish, to‘xtatish yoxud bekor qilish masalasi bo‘yicha qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(26-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tomonidan amalga oshiriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(29 va 30-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
31. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Oldingi tahrirga qarang.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
34. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash,
qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash nizomning sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya faoliyati uning tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Talabgorlarning materiallarini ko‘rib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
3. Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
6. Quyidagilar litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish sohasidagi qonun hujjatlariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga majburiy rioya etish;
yuridik shaxs shtatida ushbu sohada tegishli kasb ma’lumotiga, shuningdek ko‘rsatilgan inshootlarni loyihalashtirishda kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarning (loyihaning bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, konstruktorlar, texnologlar, muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlar, loyihaning maxsus bo‘limi bo‘yicha mutaxassislarning) mavjud bo‘lishi;
litsenziya talabgorida ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish uchun zarur shart-sharoitlar va texnik vositalarning (ishlab chiqarish binolari, hisoblash va tashkiliy texnika, inshootlarni tekshirish va muhandislik tadqiqotlarini o‘tkazish uchun jihozlar va asbob-uskunalar) mavjud bo‘lishi;
litsenziat tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalari talablariga majburiy rioya etish, qurilish va ta’mirlash ishlarining sifatini, foydalanishning ishonchliligini ta’minlash;
yuridik shaxs shtatida ko‘priklar va tonnellarni qurish va ta’mirlash bo‘yicha tegishli maxsus kasb ma’lumotiga, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarning mavjud bo‘lishi;
litsenziya talabgorida ko‘priklar va tonnellarni qurish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan asosiy fondlar va texnik vositalarning (binolar, ishlab chiqarish binolari, maxsus qurilish-ta’mirlash texnikasi) mavjud bo‘lishi;
litsenziat tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi normalari talablariga majburiy rioya etish, foydalanishning ishonchliligini ta’minlash;
yuridik shaxs shtatida ko‘priklar va tonnellardan foydalanish bo‘yicha tegishli maxsus kasb ma’lumotiga, shuningdek foydalanish ishlarida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarning mavjud bo‘lishi;
litsenziya talabgorida ko‘priklar va tonnellardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan asosiy fondlar va texnik vositalarning (binolar, ishlab chiqarish binolari, maxsus mexanizatsiya vositalari, transport, nazorat-o‘lchov qurilmalari, signal anjomlari) mavjud bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanini tasdiqlovchi hujjat;
ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji, ushbu xodimlar loyihalashtirilishida, qurishda, ta’mirlashda va foydalanilishida qatnashgan asosiy obyektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan mavjud shart-sharoitlar va texnik vositalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
temir yo‘l, shuningdek birlashgan ko‘priklar va tonnellardan foydalanish va ularni ta’mirlash sohasida – asbob-uskunalar, anjomlar, inventar, mexanizatsiyalash vositalari, transport, nazorat-o‘lchov qurilmalari va signal anjomlari bilan jihozlanganligi to‘g‘risida qisqacha tavsif.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlar ishchi guruh rahbari tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha joyida bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini ishchi guruh rahbari tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
10. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan Komissiya qarori tegishli protokoli loyihasi bilan birgalikda ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
13. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
14. Litsenziya bitimi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
16. Litsenziya “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi guruh yoki “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
20. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ekspert xulosasi olingandan keyin besh kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
22. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yo‘qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar berishi, shuningdek xabarni “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda, dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish huquqiga.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
31. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va amal qilishini tiklashning asoslari va sanasi;
Oldingi tahrirga qarang.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
34. Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish,
ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 181-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya faoliyati uning tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Talabgorlarning materiallarini ko‘rib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
3. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
6. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
litsenziat tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat turi sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirishda litsenziatga ma’lum bo‘ladigan davlat sirlari saqlanishini ta’minlash;
loyihalashtirish uchun asosiy fondlar va boshqa moddiy vositalarning (ishlab chiqarish binolari, tashkiliy texnika, kompyuter, chizish va ko‘paytirish texnikasi);
tegishli maxsus ma’lumotga va loyihalashtirishda kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarning (loyihaning bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, konstruktorlar, texnologlar, muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlar, loyihaning maxsus bo‘limi bo‘yicha mutaxassislarning) mavjud bo‘lishi;
pudrat ishlarini amalga oshirish uchun moddiy-texnika bazasining (ishlab chiqarish maydonlari va binolari, avtotransport, maxsus qurilish texnikasi va qurilish uchun zarur bo‘lgan boshqa texnik vositalar) mavjud bo‘lishi;
tegishli maxsus ma’lumotga va qurilish mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarning (bosh muhandis, mexanik, quruvchi-muhandislar, muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlar bo‘yicha mutaxassislarning) mavjud bo‘lishi;
obyektni ta’mirlash va undan foydalanish uchun moddiy-texnika resurslarining (ishlab chiqarish binolari, asbob-uskunalar, materiallar, priborlar va boshqa texnik vositalar, normativ-ma’lumotnoma bazasi) mavjud bo‘lishi;
ta’mirlash va foydalanish bo‘yicha tegishli maxsus ma’lumotga hamda mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislarning mavjud bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bo‘yicha bosh pudratchi hisoblanadigan litsenziat tomonidan mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlashga doir tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan subpudrat tashkilotlarini jalb etish quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
subpudrat tashkilotlarini mudofaa obyektlarini qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash ishlarini bajarishga jalb etishga loyiha-smeta hujjatlarining alohida bo‘limlari bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi;
subpudrat tashkilotlariga loyiha-smeta hujjatlari faqat ularga taalluqli qismi bo‘yicha taqdim etilishi mumkin;
subpudrat tashkilotlarining xodimlari mudofaa obyektlari hududiga ularning ro‘yxatlari belgilangan tartibda kelishilgandan keyin kiritiladi;
litsenziat subpudrat tashkilotlari va ularning xodimlari tomonidan obyekt rejimi bilan belgilangan qoidalarga rioya etilishi, shuningdek davlat sirlarini saqlashning ta’minlanishi uchun to‘liq javob beradi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-fevraldagi 29-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 8-son, 81-modda)
7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanini tasdiqlovchi hujjat;
obyektlarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, mutaxassisligi bo‘yicha ish staji, yashash joyi, ushbu xodimlar qatnashgan asosiy obyektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun mavjud bo‘lgan shart-sharoitlar va texnik vositalar to‘g‘risida ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlarining litsenziya talabgori rejim obyektlarida faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirishiga ruxsat berilishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlar ishchi guruhning rahbari tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha joyida bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini ishchi guruh rahbari tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
10. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Ishchi guruh uch kun mobaynida litsenziya talabgorining arizasini ko‘rib chiqadi va ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuboradi.
Mudofaa vazirligi besh kungacha bo‘lgan muddatda ekspert xulosasi tayyorlaydi va uni “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishchi guruh ariza olingan kundan boshlab o‘n ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan Komissiya qarori tegishli protokoli loyihasi bilan birgalikda ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ishchi guruhning taklifi olingan kundan keyin o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
13. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi haqidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
14. Litsenziya bitimi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan litsenziat o‘rtasida tuziladi va unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
16. Litsenziya “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi guruh yoki “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
20. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ekspert xulosasi olingandan keyin besh kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
22. Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yo‘qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar berishi, shuningdek xabarni “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish huquqiga ega.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
31. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Oldingi tahrirga qarang.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
34. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish,
ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash
faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash
faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash sxemasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 181-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 15-son, 177-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi. Komissiya faoliyati uning tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.
Talabgorlarning materiallarini ko‘rib chiqish, tayyorlash va Komissiya majlisiga kiritish uchun “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh tarkibi Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
3. Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
6. Quyidagilar litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
shaharsozlik, mehnatni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, tegishli davlat standartlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish;
yuridik shaxs shtatida tegishli maxsus kasb ma’lumotiga, litsenziyalanadigan faoliyat bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassisning (loyihaning bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, konstruktorlar, texnologlar, muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlar, loyihaning maxsus bo‘limi bo‘yicha mutaxassislarning) mavjud bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanini tasdiqlovchi hujjat;
xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar ro‘yxati, unda ularning egallab turgan lavozimlari, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi va mutaxassisligi bo‘yicha ish staji, loyihalashtirishda ushbu xodimlar qatnashgan asosiy obyektlar ro‘yxati ko‘rsatiladi;
ushbu obyektlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarining tavsifi.
8. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. Hujjatlar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birgalikda pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlar ishchi guruhning rahbari tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ishchi guruh rahbari vaqtincha joyida bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini ishchi guruh rahbari tomonidan belgilanadigan shaxs bajaradi.
10. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Arizaning ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi guruh uch kun muddatda litsenziya talabgorining arizasini ko‘rib chiqadi va ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi deb ataladi), “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasiga, Davlat ekologiya qo‘mitasiga yuboradi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ekspert xulosalari tayyorlaydi va ularni “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etadi.
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi guruh Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining xulosasi olingan kundan boshlab yetti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yig‘ma ekspert xulosasi tayyorlaydi hamda litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etadi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya ishchi guruhning Davlat ekologiya qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining takliflari hisobga olingan holda taklifi olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
(12-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
13. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
14. Litsenziya bitimi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va litsenziat o‘rtasida tuziladi, unda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan nazorat qilish tartibi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari namunalari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi rahbari litsenziya blankalari hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Litsenziyalar “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
16. Litsenziya “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan litsenziya talabgori belgilangan miqdorda davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, Komissiya litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror, shuningdek ishchi guruh yoki “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
20. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda ishchi guruh hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin besh kun mobaynida ular yuzasidan Komissiya majlisida ko‘rib chiqish uchun ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Komissiya ekspert xulosasi olingandan keyin besh kun muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida xavf yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining bankdagi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
24. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat davriy nashrlarda yo‘qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida xabar berishi, shuningdek xabarni “Davarxitektqurilish” qo‘mitasiga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziatning ularga rioya etishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish huquqiga ega.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiya qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilishning asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Komissiya litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
31. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Oldingi tahrirga qarang.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
34. Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
Keyingi tahrirga qarang.