LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF–3240-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi yuridik shaxslar tomonidan qurilish sohasidagi amaldagi qonun hujjatlariga, tasdiqlangan normativ hujjatlarga, standartlarga, qurilish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar, “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga hamda ushbu Nizomga qat’iy amal qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibini tasdiqlash haqida” 2001-yil 2-martdagi 106-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 14-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N.To‘laganov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ular uchun yuridik shaxslarga jarimalar solish mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari — eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda, shuningdek “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda;
Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari – eng kam oylik ish haqining sakson baravarigacha miqdorda, shuningdek “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda esa – eng kam oylik ish haqining ming baravarigacha miqdorda;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari hamda arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari – eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda, “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda esa – eng kam oylik ish haqining besh yuz baravarigacha miqdorda jarimalar solish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Jarimalar yuridik shaxslar tomonidan jarima solish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni tezlik bilan bajarish mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud bo‘lganda uni qabul qilgan mansabdor shaxs, bu haqda tegishli yuridik shaxsni yozma ravishda xabardor qilgan holda, qarorning bajarilishini bir oygacha muddatga uzaytirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinganda yoki norozi bo‘linganda qaror shikoyat yoki norozilik qoniqarsiz qoldirilgandan so‘ng bajarilishi kerak. Bunday hollarda jarima shikoyat va norozilik qoniqarsiz qoldirilganligi to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda to‘lanishi kerak.
7. Jarima yuridik shaxslar tomonidan tegishli summalarni o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi, ular quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi va uning tasarrufidagi organlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga yo‘naltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jarima muddatida to‘lanmagan taqdirda qaror sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini bajarish uchun belgilangan tartibda majburiy bajartiriladi.