Keyingi tahrirga qarang.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiyasi tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq belgilangan muddatlarda qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ularning amal qilish muddati tugagungacha haqiqiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda yuridik shaxs-litsenziatlarning mazkur qaror talablariga muvofiqligini ham hisobga olsin;
lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish shartlarini faqat litsenziyalari mazkur qaror talablariga muvofiq qayta rasmiylashtirilgan yoki berilgan yuridik shaxslar uchun tasdiqlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda belgilangan tartibda litsenziya olmagan yoki ularni qayta rasmiylashtirmagan yuridik shaxslarning lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Muayyan tovarlar va xizmatlar iste’molchilari o‘rtasida sotuvlarni rag‘batlantirish maqsadida, o‘yinda qatnashganlik uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘tkaziladigan pul-buyum yutuqlari o‘yinlari litsenziyalanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish (ularning amal qilish muddatini uzaytirish) va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlislari yigirma kunda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziya besh yildan kam muddatga faqat litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga majburiy rioya etish;
b) litsenziatning o‘z mablag‘lari (sarmoyasi) yetarli bo‘lishini va ularning hamda boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarining quyidagi normativlar va talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash:
litsenziatning shakllantirilgan ustav sarmoyasi miqdori lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ustav sarmoyasi miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. Bunda lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish to‘g‘risida ariza berilgan vaqtda litsenziya talabgorining ustav sarmoyasi ko‘rsatib o‘tilgan eng kam miqdorda to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
chiqarilayotgan va muomaladagi o‘yin biletlari, totalizatorlarda va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qabul qilinayotgan stavkalar hajmi faoliyatning birinchi yili mobaynida — litsenziat o‘z sarmoyasining besh baravaridan, faoliyatning ikkinchi yili mobaynida – o‘n baravaridan va faoliyatning keyingi yillarida – yigirma besh baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Litsenziatning o‘z sarmoyasi miqdori yetarli bo‘lmagan taqdirda lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar mo‘ljallanayotgan hajmda faqat moliya tashkilotlarining zarur miqdorlarda ta’minlash kafolati mavjud bo‘lganda o‘tkazilishi mumkin;
budjet va davlat maqsadli fondlariga muddati o‘tkazib yuborilgan majburiy to‘lovlarning, xodimlarga ish haqi bo‘yicha qarzlarning, shuningdek moliya tashkilotlari kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlarning mavjud emasligi;
v) litsenziat rahbarining oliy ma’lumotga (iqtisodiy, yuridik, matematik yoxud axborot texnologiyalari ixtisosliklaridan biri bo‘yicha) hamda tegishli ixtisoslik bo‘yicha kamida ikki yil ish stajiga ega bo‘lishi.
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan, lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirgan yuridik shaxsning, ushbu shaxslarning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxsda faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan paytda, agar bunday to‘xtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, muassislari yoki bosh buxgalterlari bo‘lgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan shaxslar;
yuridik shaxs bankrot deb e’tirof etilgan paytda va e’tirof etilgan paytdan boshlab ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar;
g) litsenziat shtatida lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qiganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan, ular uchun litsenziat asosiy ish joyi hisoblangan kamida ikki nafar mutaxassisning bo‘lishi. Litsenziatda sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar soni ikki nafardan kam bo‘lib qolgan taqdirda litsenziat ikki oy muddatda mutaxassislar sonini belgilangan miqdorgacha tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak;
d) o‘yinlarni faqat yutuqli biletlarni (stavkalarni) tasodifiy tanlab olish jarayoniga inson omilining biron-bir ta’sirini to‘liq istisno qiluvchi texnologiyalar va jihozlarni qo‘llagan holda o‘tkazish;
e) litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazish shartlariga rioya etish, lotereyalarni tayyorlash, saqlash va tarqatish, stavkalarni qabul qilish, o‘yinlarni o‘tkazish, shuningdek yutuqlarni berish (to‘lash) tartibidan qandaydir chetga chiqilishini istisno qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qiganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar berish litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan dastur bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus kurslarda o‘qigandan va malaka imtihoni topshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Malaka imtihoni kurslar tashkilotchisi va litsenziyalovchi organ vakillaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan qabul qilinadi. Lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkilotchilari birlashmalari, respublika oliy o‘quv yurtlari, shuningdek litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qitish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni o‘tkazish shakli ko‘rsatilgan holda) hamda faoliyatning ushbu turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holdagi litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziya talabgori tashkil etishni mo‘ljallayotgan lotereya, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinni o‘tkazish shartlarining litsenziya talabgori rahbari tomonidan va muhr bilan tasdiqlangan loyihasi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiyasi mas’ul kotibi joyida bo‘lmaganligi sababli hujjatlarni qabul qilishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspert komissiyasi mas’ul kotibi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi.
11. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasining ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya talabgori arizasining ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi ular qabul qilib olingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida o‘n kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun o‘z mablag‘lari hisobiga:
joylarga chiqib litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoitlarni baholashga;
15. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
16. Litsenziyalovchi organ hamda litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak:
litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
17. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organda litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun mas’ul shaxs belgilanadi.
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda qayta taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida to‘rt kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
23. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan, tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
24. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
25. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi, shuningdek e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
26. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan zarur axborotni litsenziatdan so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari to‘g‘risidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko‘rish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
32. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot yuridik va jismoniy shaxslarning u bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va ular litsenziyalovchi organdan haqini to‘lagan holda aniq litsenziatlar haqida reyestrdan ko‘chirma tarzida ma’lumot olishga haqlidirlar.
Litsenziyalar reyestridan ma’lumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdoridagi to‘lov litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining o‘ttiz besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Litsenziya talabgori (litsenziat) litsenziya berilganligi uchun davlat bojini to‘lab, litsenziyalovchi organ tomonidan qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgandan (topshirilgandan) keyin uch oy mobaynida litsenziya bitimini imzolamagan hollarda, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin davlat bojining to‘langan summasi qaytarilishi kerak.
Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka
asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini
litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyatini
litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.