Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat turlarini litsenziyalashni tartibga solish maqsadida hamda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi:
litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish to‘g‘risida xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiyasi tarkibini va komissiya to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasin;
3. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga, 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni faqat yuridik shaxslar amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi, investitsiya aktivlarini boshqaruvchi va investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga haqlidirlar. Bunda tijorat banklari tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Bunda sug‘urtalovchining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi.
(3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari va sug‘urtalovchilar mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan professional faoliyatni amalga oshirishda mazkur Nizomning 7-bandida belgilangan qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi shart;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi va (yoki) investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs qimmatli qog‘ozlarni chiqarish masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega. Bunda, u qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziya olishi talab etilmaydi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Cheklanmagan shaxslar doirasiga ommaviy axborot vositalari orqali qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, joylashtirish va foydalanish masalalari, qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari holatining tahlili va istiqboli bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi shaxsga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya konsultanti sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun alohida litsenziyani olish talab etilmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sifatida amalga oshirish uchun beriladi.
Litsenziya talabgoriga uning arizasiga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni yoki ushbu faoliyatning bir qismini amalga oshirish uchun litsenziya berilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni qo‘shib olib borish uchun belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda beriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan faqat litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyani yoki uning bo‘yicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
7. Quyidagilar qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga majburiy rioya qilinishi;
b) litsenziatning o‘z mablag‘lari (sarmoyasi) va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarining yetarliligini va litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan majburiy normativlarga muvofiqligini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
v) litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan dasturiy-texnik kompleksga qo‘yiladigan talablarning dasturiy ta’minoti va texnik vositalari muvofiqligi hamda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari bilan o‘zaro elektron aloqaga tayyorligi;
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatda qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuritish vazifasiga kiruvchi kamida bitta xodimning bo‘lishi hamda ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish vazifasiga kiruvchi kamida bitta xodim (nazoratchi) bo‘lishi;
(7-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi bo‘yicha oliy ma’lumotli bo‘lmagan shaxslar;
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslar;
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan yoki ushbu shaxslarning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarda kasbiy faoliyatni amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan paytda, agar bunday to‘xtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi, fond birjasi, kredit, sug‘urta yoki auditorlik tashkilotining muassislari bo‘lgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan shaxslar;
yuridik shaxs bankrot deb e’tirof etilgan paytda va e’tirof etilgan paytdan boshlab ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar;
(7-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
e) litsenziatning mutaxassislari, mansabdor shaxslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan malaka talablariga muvofiqligi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘n uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) o‘zining dasturiy vositasi mavjud bo‘lgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlaydigan guvohnomaning mavjudligi;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning “b” — “j” kichik bandlarida ko‘rsatilgan qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya fondi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga tatbiq etilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq qismlariga litsenziya olishda litsenziya talabgoriga quyidagi talablar qo‘yiladi:
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyatning qo‘shimcha (qo‘shib olib boriladigan) qismi qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning amalga oshiriladigan qismiga muvofiq bo‘lishi kerak;
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozorida qo‘shimcha (qo‘shib olib boriladigan) faoliyat qismini amalga oshirish niyatida bo‘lgan litsenziya talabgori yoki litsenziat litsenziyalovchi organga mazkur Nizomda ko‘rsatilgan litsenziyalanadigan faoliyatning tegishli qismiga hujjatlarni taqdim etishi va qonun hujjatlarida belgilangan o‘z mablag‘lari (sarmoya)ning yetarli miqdoriga ega bo‘lishi kerak.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlarida litsenziya talablari va shartlari unga ham joriy etiladigan litsenziatning va uning tarkibiy bo‘linmasining qo‘shib olib boriladigan kasbiy faoliyat qismini amalga oshirishga qo‘yiladigan talablar va uning tartibi, shuningdek ularning kasbiy faoliyatni qo‘shib olib borishga va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga cheklovlar belgilanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzillari, bank muassasasining nomi va bank muassasasida talab qilib olinadigan depozit hisob raqamining tartib raqami;
(9-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot bilan birgalikda buxgalteriya balansi nusxasi (talabgor oxirgi hisobot sanasidan keyin tashkil etilgan hollardan tashqari);
(9-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq oxirgi hisobot sanasiga o‘z mablag‘lari (sarmoyasi) miqdori hisob-kitobi;
(9-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
j) litsenziya talabgori bo‘lgan (investitsiya fondlaridan tashqari) rahbari va xodimlarining litsenziyalovchi organning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan litsenziya talabgori bo‘lgan yuridik shaxsning ular doimiy asosda ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlarning nusxalari, shuningdek yakka holda ijro etuvchi organ funksiyasini amalga oshiruvchi shaxslarning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
(9-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
z) axborotni saqlash, muhofaza qilish va tiklash tartibi, shu jumladan talabgor tomonidan tasdiqlangan maxfiy axborotidan nohuquqiy foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar ro‘yxati;
(9-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
i) qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning litsenziyalash uchun talab etiladigan mazkur Nizomning 10—15-bandlarida sanab o‘tilgan boshqa hujjatlar.
(9-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
LexUZ sharhi
9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-martdagi 29-sonli qarori asosida “k” kichik band bilan to‘ldirilgan. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
LexUZ sharhi
9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qaroriga muvofiq “k” kichik bandi matniga o‘zgartirish kiritilgan. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
LexUZ sharhi
9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq “k” kichik bandi matniga o‘zgartirish kiritilgan. Qarorning rus tilidagi matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qaroriga asosan “l” kichik bandi bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning o‘n beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda talabgor tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etadi:
Mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya maslahatchisi va investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisining xatti-harakatlari tartibi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Investitsiya fondi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
11-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
investitsiya fondi bilan investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi o‘rtasida kontrakt tuzilganligi to‘g‘risidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
investitsiya fondi bilan Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi o‘rtasida kontrakt tuzilganligi to‘g‘risidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
litsenziyalovchi organning talablariga muvofiq bo‘lgan depozitar operatsiyalarni amalga oshirishga qo‘yiladigan ichki tartib;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi;
depozitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik vositalarning tavsiflari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxati;
dasturiy ta’minot va texnik vositalarning investitsiya vositachilarining dasturiy-texnik komplekslariga qo‘yiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilari, fond birjasi va Markaziy depozitariy bilan elektron o‘zaro hamkorlikka tayyorligi to‘g‘risida Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining xulosasi;
Talabgor tomonidan tasdiqlangan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ko‘rsatilgan xizmat va operatsiyalarni ichki hisobga olish qoidalari nusxasi;
Talabgor tomonidan tasdiqlangan mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya vositachisining xatti-harakatlari tartibi nusxasi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qimmatli qog‘ozlar bozorida transfer agent sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan birjadan tashqari savdoni tashkil etish bo‘yicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
kliring faoliyatini amalga oshirish uchun dasturiy vositalarni tijorat maqsadida ishlatishga mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan mualliflik litsenziya shartnomasining nusxasi;
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
qimmatli qog‘ozlarni muomalaga qo‘yish va muomaladan chiqarish tartibotlari, qimmatli qog‘ozlar narxlari kotirovkasi to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga oluvchi qimmatli qog‘ozlar savdosi qoidalari;
bank rekvizitlari ko‘rsatilgan holda kliring xizmatini ko‘rsatish uchun talabgorning alohida bank hisob raqami mavjudligi to‘g‘risidagi tijorat bankining yozma tasdiqnomasi;
Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysi va tijorat banki bilan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larida hisob-kitoblarni ta’minlash bo‘yicha mos ravishda tuzilgan shartnoma nusxasi;
qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qatnashchilarini qo‘yish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
hiyla-nayrang ishlatish va insayder axborotdan foydalanishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ro‘yxati.
(15-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
151. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 9 — 12, 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
16. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishi talab qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Matni bir varaqdan ko‘p bo‘lgan hujjatlar tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan va litsenziya talabgorining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
17. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birgalikda pochta aloqa vositalari orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organning mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilinganligi sanasi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
18. Ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Litsenziya talabgorining (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun har bir beriladigan litsenziya (qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning har bir qismi) uchun bazaviy hisoblash miqdorida yig‘im undiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizani rad etgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinadigan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
21. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular qabul qilinadigan kunda ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
23. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qarordan xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
24. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyat qismi (qismlari)ning nomi;
(24-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
litsenziya talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishi sifatida e’tirof etiladigan qimmatli qog‘ozlar bozoridagi tartib buzishlar ro‘yxati;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi ustidan litsenziyalovchi organning nazorat qilishi tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
25. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari namunalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosma usulda tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
27. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
29. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun ular qabul qilinadigan kunda kiritiladi.
Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
32. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘langan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi.
35. Yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikati berilishi mumkin.
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
(V bo‘limga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
36. Litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
37. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratini amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(37-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
38. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida uning oldida javob beradi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Litsenziyalovchi organ qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning har bir qismi uchun alohida litsenziyalar reyestri yuritadi.
litsenziyalarning qayta rasmiylashtirilishi, amal qilishini to‘xtatib turish va amal qilishi tiklanishi asoslari va sanasi;
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida yoki qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq qismiga bir vaqtda litsenziya berilganligi uchun litsenziya talabgoridan (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(sxema matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)