O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda xususiylashtirilgan korxonalarda korporativ boshqarish prinsiplarini yanada joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining rahbarini yollash to‘g‘risidagi Namunaviy mehnat shartnomasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasi Komplekslari Xususiylashtirilgan korxonalarni boshqarishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha maxsus komissiya, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2003-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda uyushmalar, korporatsiyalar, kompaniyalar, boshqa xo‘jalik birlashmalarining ta’sis hujjatlarini Prezidentning 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-son Farmoni talablariga muvofiqlashtirsinlar, bunda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalarning amaliy faoliyatiga asossiz aralashish imkonini beruvchi qoidalar istisno etilishini nazarda tutsinlar.
Zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga Hukumatning alohida xo‘jalik birlashmalari faoliyatini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar taqdim etilsin.
2003-2004-yillarda aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlarini tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga bosqichma-bosqich berish jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2003-yil 1-iyulgacha mulkida davlat ulushi 26 foizni va undan ko‘proqni tashkil etadigan aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha davlatning ishonchli vakillari bilan aksiyadorlik jamiyatlari professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgan muddatgacha amal qiladigan shartnomalar tuzsin;
zarurat bo‘lganda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondidagi 25 foiz va undan kam miqdordagi davlat aktivlarini boshqarish yuzasidan ishonchli boshqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga muvofiq ular birja va birjadan tashqari bozorlarda to‘liq sotilgungacha bo‘lgan davrga uzaytirsin.
taftish komissiyasi a’zolari o‘z faoliyatining ularning ushbu aksiyadorlik jamiyatlaridagi yollash bo‘yicha mehnat faoliyati bilan birga qo‘shib olib borilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
aksiyalar (ulushlar, paylar)ning davlat paketlari qiymatini baholash, yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha xususiylashtiriladigan korxonalardan tashqari, baholash tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va ularni sotishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan boshlang‘ich narx sifatida belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini boshqarish xarajatlari aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlariga hisoblangan dividendlarning bir qismi hisobiga, ular bo‘lmagan taqdirda esa — davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat aktivlarini boshqarish xizmatlariga haq to‘lash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
5. Belgilansinki, 2003-yil 1-fevraldagi holatiga ko‘ra ustav fondi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha 50 ming AQSh dollaridan kam miqdorda bo‘lgan ilgari tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari 2004-yil 1-yanvargacha o‘z ustav fondlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish sanasida ko‘rsatib o‘tilgan summadan kam bo‘lmagan miqdorga keltirishlari yoxud belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga aylantirilishi shart.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizomda aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashini (keyingi o‘rinlarda matnda “Kuzatuvchi kengash” deb yuritiladi) tashkil etish va uning faoliyat tartibini, a’zolarini saylashni, shuningdek ularning huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi namunaviy normalar mavjud.
Keyingi tahrirga qarang.
Muayyan bir aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi to‘g‘risidagi Nizom mazkur aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
2. Kuzatuvchi kengash jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, qonun va ustavda faqat aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
Ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar soni o‘ttiztadan kam bo‘lgan jamiyatda jamiyat ustavida Kuzatuvchi kengash funksiyalari Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga yuklanishi mumkin. Ushbu holda jamiyat ustavida Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani hal etish vakolatiga tegishli bo‘lgan jamiyatning muayyan shaxsi yoki organi to‘g‘risidagi ko‘rsatma mavjud bo‘lishi kerak.
3. Jamiyat Kuzatuvchi kengashining son tarkibi ustavda yoki Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi. Oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar soni 500 dan ortiq bo‘lgan ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun Kuzatuvchi kengashning son tarkibi yettita a’zodan kam bo‘lishi mumkin emas, oddiy (odatdagi) yoki boshqa ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qiluvchi aksiyadorlar 1000 dan ortiq bo‘lgan jamiyat uchun esa kamida to‘qqizta a’zodan kam bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 72-moddasining o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatini tuzish sanasini belgilash, shuningdek Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etish;
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun jamiyat ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash va jamiyat auditorini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalarni kiritish;
agar jamiyat ustaviga muvofiq yoki Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan unga bunday huquq berilgan bo‘lsa, aksiyalarning nominal qiymatini e’lon qilingan aksiyalarning soni va turlari doirasida ko‘paytirish yo‘li bilan jamiyatning ustav fondi miqdorini ko‘paytirish;
agar jamiyat ustavida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
qonunda nazarda tutilgan hollarda jamiyat tomonidan joylashtirilgan aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish, agar jamiyat ustavi yoki uning Umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq unga bunday huquq berilgan bo‘lsa;
jamiyat ijro etuvchi organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va boshqalar), uning vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish, agar jamiyat ustavida bu uning vakolatlariga tegishli bo‘lsa;
aksiyadorlik jamiyati nomidan ijro etuvchi organ rahbari (Boshqaruv raisi, direktor)ni va kollegial ijro etuvchi organ (Boshqaruv, Direksiya) a’zolarini bir yil muddatga yollash to‘g‘risida mehnat shartnomasi tuzish;
yillik biznes-rejalarni tasdiqlash, agar jamiyat ustavida ushbu masalani hal etish uning vakolatiga tegishli bo‘lsa yoki Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bilan ushbu masala unga topshirilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
agar jamiyatning ustav fondida jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash kuzatuvchi kengashning vakolatiga kiritilmagan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bilan unga topshirilmagan bo‘lsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini ma’qullash. Bunda, navbatdagi yilga jamiyatning biznes-rejasi joriy yilning 1-dekabridan kechikmay kuzatuvchi kengash majlisida ma’qullanishi kerak;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-noyabrdagi 234-sonli qarori asosida o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 45-son, 448-modda)
ijro etuvchi organga to‘lanadigan taqdirlash puli va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash, agar jamiyat ustavida bu uning vakolatiga tegishli deb topilgan bo‘lsa;
jamiyat taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ga to‘lanadigan taqdirlash haqi va kompensatsiyalar miqdori bo‘yicha tavsiyalar berish va auditor xizmatlariga to‘lovlar miqdorini belgilash;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining VIII bo‘limida nazarda tutilgan hollarda mol-mulkni sotib olish va begonalashtirish bilan bog‘liq yirik bitishuvlarni tuzish;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining IX bo‘limida nazarda tutilgan hollarda sodir etilishidan manfaatdorlik mavjud bo‘lgan bitishuvlarni tuzish;
jamiyat ijro etuvchi organi faoliyatiga tegishli bo‘lgan har qanday hujjatlarni to‘siqsiz olish va Kuzatuvchi kengashga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun ularni ijro etuvchi organdan talab qilib olish. Olingan hujjatlar Kuzatuvchi kengash va uning a’zolari tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi;
yillik biznes-reja bajarilishining borishi to‘g‘risida jamiyat ijro etuvchi rahbarining hisobotlarini har chorakda eshitish hamda yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, jamiyat kollegial ijro etuvchi organining rahbari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi tomonidan jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlari qo‘pol ravishda buzilgan yoki ularni bajarish barbod qilingan taqdirda, ular bilan tuzilgan shartnomalarni muddatidan oldin to‘xtatish;
yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ (direktor), jamiyat kollegial ijro etuvchi organining rahbari (boshqaruv, direksiya), boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi tomonidan shartnoma shartlari buzilgan taqdirda ular bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish, agar ustavga muvofiq unga bunday huquq berilgan bo‘lsa;
qonun va jamiyat ustavi bilan Kuzatuvchi kengash vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qilish.
Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi vakolatiga kiritilgan masalalar hal etish uchun jamiyatning ijro etuvchi organiga berilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi raisini saylash qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartibda Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi a’zolari tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan holda qayta saylanishlari mumkin. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori bo‘yicha jamiyat Kuzatuvchi kengashi har qanday a’zosi (barcha a’zolari)ning vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ustav fondida davlatning ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatidagi davlatning ishonchli vakili lavozimiga ko‘ra aksiyadorlik jamiyati Kuzatuvchi kengashi a’zosi hisoblanadi, Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanishi (qayta saylanishi) mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Jamiyat ijro etuvchi organi a’zolari Kuzatuvchi kengashga saylanishi mumkin emas. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi a’zolarining faoliyatini ularning ushbu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha faoliyati bilan qo‘shib olib borishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kuzatuvchi kengashga qonunda nazarda tutilgan tartibda ushbu jamiyatning aksiyadorlari hisoblanmagan shaxslar ham saylanishi mumkin.
9. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi tarkibiga saylash uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar ustav yoki Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi.
10. Aksiyador o‘ziga tegishli aksiyalar bo‘yicha ovozlarni to‘liq bir nomzodga berishga yoki ularni jamiyat Kuzatuvchi kengashi a’zoligiga bir necha nomzodlar o‘rtasida taqsimlashga haqlidir.
11. Ovozlarning eng ko‘p sonini olgan nomzodlar Kuzatuvchi kengash tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi raisi, agar jamiyat ustavida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, Kuzatuvchi kengash a’zolari tomonidan uning tarkibidan Kuzatuvchi kengashga saylangan a’zolar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi o‘z raisini Kuzatuvchi kengash a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qayta saylashga haqlidir, agar jamiyat ustavida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
14. Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi raisi, agar jamiyat ustavida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning ishini tashkil etadi, Kuzatuvchi kengash majlislarini chaqiradi va unga raislik qiladi, majlislarda protokol yuritilishini tashkil etadi, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini ochadi va unda raislik qiladi.
15. Jamiyat Kuzatuvchi kengashining raisi yo‘q bo‘lgan hollarda uning vazifasini Kuzatuvchi kengash a’zolaridan biri bajaradi.
16. Kuzatuvchi kengash raisi, agar Kuzatuvchi kengashning qarori bilan ushbu vakolatlar boshqa shaxsga yuklanmagan bo‘lsa, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ (direktor), kollegial ijro etuvchi organ (boshqaruv, direksiya) rahbari va a’zolari, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomalarni jamiyat nomidan imzolaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Jamiyat Kuzatuvchi kengashining majlisi Kuzatuvchi kengash raisining o‘z tashabbusi bilan, Kuzatuvchi kengash, taftish komissiyasi a’zosi yoki auditorning, jamiyatning ijro etuvchi organi, shuningdek jamiyat ustavida belgilangan boshqa shaxslarning talabiga ko‘ra chaqiriladi.
Jamiyatning ustavida Kuzatuvchi kengash majlisini chaqirish va uni o‘tkazish tartibi belgilanadi. Kuzatuvchi kengash majlisi, qoidaga ko‘ra, yil choragida kamida bir marta to‘planadi.
18. Kuzatuvchi kengash yig‘ilishini o‘tkazish uchun kvorum jamiyat ustavida belgilanadi, lekin u Kuzatuvchi kengash saylangan a’zolari umumiy sonining 75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Kuzatuvchi kengash a’zolari soni ustavda nazarda tutilgan 75 foizdan kam bo‘lib qolgan hollarda Kuzatuvchi kengashning yangi tarkibini saylash uchun jamiyat aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) Umumiy yig‘ilishini chaqirishga majburdir. Kuzatuvchi kengashning qolgan a’zolari faqat aksiyadorlarning ana shunday favqulodda (navbatdan tashqari) Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
20. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisidagi qarorlar, agar “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunda va jamiyat ustavida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda qatnashayotganlarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisida masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda Kuzatuvchi kengashning har bir a’zosi bir ovozga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi bir a’zosining ovozni Kuzatuvchi kengashning boshqa a’zosiga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlislarida protokol yuritiladi. Kuzatuvchi kengash majlisining protokoli yig‘ilish o‘tkazilgandan so‘ng 10 kundan kechiktirilmay tuziladi.
24. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisi protokoli yig‘ilishga raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi, u protokolning to‘g‘riligi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kuzatuvchi kengash majlisida shaxsan qatnashish, yig‘ilishda muhokama qilinayotgan masala yuzasidan reglament bilan ajratilgan vaqt doirasida so‘zga chiqish;
Kuzatuvchi kengash qaroriga ko‘ra muayyan davrda aksiyadorlik jamiyatining faoliyati, uni rivojlantirish rejalari to‘g‘risida axborot olish;
Kuzatuvchi kengashda ishlaganlik uchun (agar taqdirlash puli to‘lash jamiyat aksiyadorlarining Umumiy yig‘ilishi qarorida nazarda tutilgan bo‘lsa), taqdirlash puli va (yoki) xarajatlarning kompensatsiyasini olish.
Kuzatuvchi kengash a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash Kuzatuvchi kengash raisi tomonidan Kuzatuvchi kengashning har bir a’zosi uchun aniq amalga oshiriladi. Kuzatuvchi kengashning har bir a’zosi uchun taqdirlash puli miqdori faoliyat samaradorligiga qarab Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
26. Kuzatuvchi kengashning jamiyat bitishuv tuzishidan manfaatdor bo‘lgan a’zosi o‘z manfaatdorligi to‘g‘risida Kuzatuvchi kengashga bitishuv tuzilishi paytigacha ma’lum qilishi shart, bitishuv to‘g‘risidagi qaror esa Kuzatuvchi kengash tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda, tegishli ravishda Kuzatuvchi kengash a’zolari yoki bunday manfaatdorligi bo‘lmagan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Kuzatuvchi kengash a’zolari, agar ular, ularning er-xotinlari, ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning affilatsiya qilingan barcha shaxslari:
bitishuvlarning tomoni hisoblangan yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashadigan yuridik shaxsning yigirma yoki undan ko‘p aksiyalari (ulushlar, paylari) foiziga ega bo‘lsalar:
bitishuv tomoni hisoblangan yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashadigan yuridik shaxsning boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan bo‘lsalar, shaxsiy manfaatdorlikka ega hisoblanadilar.
28. Kuzatuvchi kengash a’zolari Kuzatuvchi kengash tomonidan u yoki bu qarorlarni qabul qilishga ta’sir ko‘rsatganlik uchun bevosita yoki bilvosita haq olish huquqiga ega emas.
29. Kuzatuvchi kengash a’zolari aksiyadorlik jamiyati imkoniyatlari (mulkiy va nomulkiy huquqlar, xo‘jalik faoliyati sohasidagi imkoniyatlar, aksiyadorlik jamiyatining faoliyati va rejalari to‘g‘risidagi axborot)dan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish huquqiga ega emas.
30. Kuzatuvchi kengash a’zolari o‘zlarining lavozim majburiyatlarini halol, shuningdek aksiyadorlik jamiyati manfaatlari yo‘lida ular eng yaxshi deb hisoblaydigan usul bilan amalga oshirishga majburdirlar.
31. Jamiyat Kuzatuvchi kengashining a’zolari aksiyadorlik jamiyati oldida qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq javob beradilar. Bunda ovoz berishda qatnashmagan yoki jamiyatga zarar yetkazuvchi qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat Kuzatuvchi kengashi a’zolari javobgarlikdan ozod qilinadi.
32. Jamiyat yoki jamiyatning joylashtirilgan oddiy aksiyalarining umuman olganda kamida bir foiziga ega bo‘lgan aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida Kuzatuvchi kengash a’zosiga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
1. Ushbu Nizom davlatning ishonchli vakilining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini, ular tomonidan hisobot topshirish hamda taqdirlash puli olish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlatning ishonchli vakillari ulardagi davlat ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalar boshqaruviga berilgan vaqtgacha tayinlanadilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlatning ishonchli vakili aksiyadorlar (muassislar, ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishida davlatning ishonchli vakili hisoblanadi, aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdorida beriladigan huquqlar doirasida faoliyat ko‘rsatadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlatning ishonchli vakillari Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi yoxud uning topshirig‘iga ko‘ra Davlat mulki qo‘mitasi Hay’ati tomonidan, shu jumladan tanlov asosida ham tayinlanadilar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 209-sonli qarori tahririda— Qonun hujjatlari to‘plami,2004-y., 18-son, 206-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlatning ishonchli vakillari nomzodlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari bilan kelishgan holda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda davlatning ishonchli vakillari nomzodlari yetarli darajada iqtisodiy bilimlarga, rahbarlik ishida ishlash amaliyotiga ega bo‘lgan hamda tayinlash va ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni bajarish paytida tarkibiga xo‘jalik jamiyati kiradigan kompaniyalar, korporatsiyalar, uyushmalar xodimlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek professional boshqaruvchi kompaniyalar — yuridik shaxslar orasidan tanlab olinadi. Nomzodlarni tanlab olishda korporativ boshqaruv hamda qimmatbaho qog‘ozlar bozori sohasida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ustunlik beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yakka ijro etuvchi organ funksiyasini bajargan yoki ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxs bankrot deb e’tirof etilgan vaqtda yuridik shaxsning ijro etuvchi organi hay’ati tarkibiga kirgan shaxslar davlatning ishonchli vakili etib tayinlanishi mumkin emas.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tayinlangan davlat ishonchli vakili bilan aksiyalarning davlat paketini (ulushini) boshqarish yuzasidan tegishli shartnoma tuzadi.
Davlatning ishonchli vakillari bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga, ushbu muddatni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasining yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Hay’atining tegishli qarori bilan uzaytirish imkoniyati bilan tayinlanadilar.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyador (muassis, ishtirokchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilish, xo‘jalik jamiyatidagi mol-mulkning saqlanishini va undan oqilona foydalanilishini ta’minlash.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
korxonada iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda, uning moliya-xo‘jalik faoliyatini yaxshilashda, menejment va marketing tizimini takomillashtirishda, shuningdek xususiylashtirishdan keyin qo‘llab-quvvatlashda ko‘maklashish;
ishlab chiqarishni renovatsiya qilish va korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash, raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadida zamonaviy texnologik asbob-uskunalar va texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash uchun investitsiyalar jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalarning davlat paketi (ulushi) bo‘yicha dividendlardan xo‘jalik jamiyatini rekonstruksiya qilishda va texnika bilan qayta jihozlash uchun maqsadli foydalanilishini ta’minlash.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazifalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatning ustavi va amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyalarning davlat paketi (ulushi) miqdoriga muvofiq aksiyador (muassis, ishtirokchi) sifatida o‘zining barcha vakolatlaridan foydalanish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik jamiyatining faoliyati to‘g‘risidagi moliyaviy-iqtisodiy, shu jumladan korxonaning tijorat siri hisoblangan axborotlarni olish.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Davlatning ishonchli vakili xo‘jalik jamiyatini boshqarishning ijro etuvchi organlari tomonidan amalga oshiriladigan joriy ishlab chiqarish faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas, ularning xatti-harakati qonun hujjatlarining buzilishiga va xo‘jalik jamiyatiga hamda davlatga zarar yetkazilishiga olib keladigan hollar bundan mustasno
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aksiyalarning davlat paketi (ulushi) bilan beriladigan vakolatlarga muvofiq ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan o‘z vazifalarining bajarilishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasini o‘z faoliyati natijalari va xo‘jalik jamiyatining moliya-xo‘jalik ahvoli to‘g‘risida xabardor qilish;
(10-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-on qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
o‘ziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish chog‘ida unga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik va ulardan davlat manfaatlariga zid bo‘lgan maqsadlarda foydalanmaslik;
jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga yoki ijro etuvchi organga murojaat qilish yo‘li bilan davlat huquqlari va manfaatlari buzilishini bartaraf etishni talab qilish;
aksiyalarning davlat paketlari bo‘yicha hisoblangan dividendlarning o‘z vaqtida budjetga to‘lanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik jamiyatining budjetga majburiy to‘lovlar, davlat maqsadli jamg‘armalariga, ish haqi bo‘yicha qarzi vujudga kelgan taqdirda, shuningdek korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy ahvoli yomonlashganda jamiyatning Kuzatuvchi kengashi tarkibini va ijro etuvchi organini qayta saylash maqsadida aksiyadorlarning (muassislarning, ishtirokchilarning) navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilish;
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-on qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Davlatning ishonchli vakili tegishli ravishda Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishuvsiz xo‘jalik jamiyatining boshqaruv organlarida boshqa aksiyadorlarning (muassislarning, ishtirokchilarning) vakili bo‘lishi mumkin emas;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-on qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘z funksiyalarini bajarganlik uchun davlatning ishonchli vakili tuzilgan shartnomaga muvofiq pul mukofoti oladi, uning miqdori xo‘jalik jamiyatining hisobot davridagi faoliyati yakunlariga bog‘liq bo‘ladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-on qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
13. Aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini boshqarish bo‘yicha xarajatlar, shu jumladan davlatning ishonchli vakili faoliyatini taqdirlash xarajatlari aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketiga hisoblangan dividendlarning bir qismi hisobiga, iqtisodiy nochor korxonalarda esa davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Davlatning ishonchli vakili faoliyatini qo‘shimcha taqdirlash aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamiyatning Kuzatuvchi kengashi a’zosi (raisi) sifatida amaldagi qonun hujjatlarida va jamiyat ustavida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan:
Keyingi tahrirga qarang.
davlatning ishonchli vakillari tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha taqdim etiladigan har choraklik hisobotlarni tahlil qilish asosida;
16. Boshqarish shartnomasi muddati tugagach Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Komplekslari bilan birgalikda davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazadi, uning natijasi bo‘yicha shartnomani uzaytirish ehtimoli to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi bilan kelishgan holda Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 209-sonli qarori tahririda— qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 18-son, 206-modda)
17. Davlatning ishonchli vakillari faoliyatini o‘rganib chiqish va Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiya natijalariga ko‘ra, ushbu Nizomga muvofiq, o‘z majburiyatlarini bajarishni ta’minlamagan davlatning ishonchli vakillari almashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davlatning ishonchli vakilini vazifasidan ozod qilish to‘g‘risidagi qaror tegishli ravishda Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi tomonidan (agar davlatning ishonchli vakilini Davlat mulki qo‘mitasi Hay’ati tayinlansa uning tomonidan):
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 209-sonli qarori tahririda— Qonun hujjatlari to‘plami,2004-y., 18-son, 206-modda)
qo‘yilgan vazifalar va qabul qilingan majburiyatlar davlatning ishonchli vakili tomonidan bajarilmaganda;
davlatning ishonchli vakilining o‘zi o‘z majburiyatlarini bundan keyin bajarishi mumkin emasligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
19. Davlatning ishonchli vakili har chorakda, shartnomada belgilangan muddatlarda o‘z faoliyati to‘g‘risida Davlat mulki qo‘mitasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Komplekslariga hisobot beradi. Hisobot qog‘ozda va magnit manbalarida taqdim etiladi. Belgilangan shakldagi hisobot bilan birga korxonaning moliya-xo‘jalik ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflar bilan birgalikda tahliliy axborot taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Davlatning ishonchli vakili o‘z majburiyatlarining o‘z vaqtida, to‘liq va zarur darajada bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
21. Aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini samarali boshqarish bo‘yicha davlatning vakillariga yuklangan vazifalar ular tomonidan bajarilmasligi ularning asosiy ish joyidan bo‘shatilishigacha bo‘lgan intizomiy javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom boshqaruvchi kompaniyalarga qo‘yiladigan asosiy talablarni va ular tomonidan investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish amalga oshirilishini belgilaydi.
Qimmatli qog‘ozlarni va investitsiya hamda xususiylashtirilgan investitsiya fondlari mol-mulkiga kiruvchi qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilinadigan mablag‘larni ishonchli boshqaruvni amalga oshirish tartibi va shartlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ushbu Nizom bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazida (keyingi o‘rinlarda matnda “qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi” deb yuritiladi) kompaniyani boshqarishga litsenziya olgan tijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlaridan tashqari, shuningdek mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar boshqaruvchi kompaniya muassislari bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Boshqaruvchi kompaniya ustavida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish uning faoliyatining muqarrar turi ekanligi to‘g‘risidagi qoida mavjud bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Boshqaruvchi kompaniya uning tomonidan boshqariladigan investitsiya aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z moddiy aktivlariga ega bo‘lishi kerak.
Boshqaruvchi kompaniyaning o‘z moddiy aktivlari miqdori va uning tomonidan boshqariladigan investitsiya aktivlarining sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi belgilagan tartibda aniqlanadi.
Boshqaruvchi kompaniyalar o‘z moddiy aktivlarining ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan har chorakda boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlarga muvofiq nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizomga muvofiq quyidagilar (investitsiya aktivlarini) ishonchli boshqarish obyektlari bo‘lishi mumkin:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qimmatli qog‘ozlari, shu jumladan ular tomonidan ishonchli boshqaruv to‘g‘risida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ularni ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnoma tuzilgan vaqtda davlat mulki bo‘lgan ulushlari (paylari);
muassis tomonidan ishonchli boshqaruvchiga boshqarish uchun berilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilish uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari;
ishonchli boshqaruvchi tomonidan shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish natijasida olingan pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar.
Boshqa har qanday fuqarolik huquqi obyektlari investitsiya aktivlari hisoblanmaydi va ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish shartnomasi shartlarini tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga va ushbu Nizom bilan belgilangan xususiyatlarga muvofiq belgilaydilar.
9. Boshqaruvchi kompaniyaning boshqaruv muassisi bilan tuzilgan shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
investitsiyalar maqsadini, investitsiya siyosati yo‘nalishini, investitsiya faoliyatidagi cheklashlarni tavsiflovchi investitsiya deklaratsiyasi (qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari ishonchli boshqaruvga berilgan hollarda);
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-on qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qonunda va ishonchli boshqaruv shartnomasida nazarda tutilgan doirada, o‘z boshqaruviga investitsiya aktivlarini qabul qilgan boshqaruvchi kompaniya ularga nisbatan mulkdorning barcha vakolatlarini amalga oshiradi, shu jumladan:
o‘z tasarrufidagi tasdiqlangan investitsiya aktivlari bo‘yicha barcha huquqlarni mustaqil ravishda va o‘z nomidan amalga oshiradi (aksiyalar, ulushlar, paylar) bo‘yicha dividendlar olish va obligatsiyalar bo‘yicha daromad olish huquqi, xo‘jalik jamiyati aksiyadori (qatnashchisi)ning shaxsiy nomulkiy huquqlari, qimmatli qog‘ozni qaytarishga to‘lovni talab qilish huquqi va shu kabilar);
o‘z tasarrufida bo‘lgan investitsiya aktivlariga nisbatan barcha huquqlarni mustaqil ravishda va o‘z nomidan amalga oshiradi (qimmatli qog‘ozlarni o‘zgaga berish, garovga qo‘yish, qimmatli qog‘ozlar bilan har qanday bitishuvlarni yoki amaliy xatti-harakatlarni amalga oshirish huquqi).
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ishonchli boshqaruvda bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘lari tarzidagi investitsiya aktivlarini sarflash mutlaqo maqsadli xususiyatga egadir. Ushbu pul mablag‘laridan boshqaruvchi kompaniya tomonidan faqat qimmatli qog‘ozlarni boshqaruv muassisining mulki etib sotib olish uchun foydalanilishi yoxud ular boshqaruv muassisiga yoki boshqa foyda oluvchiga mulkiy foyda sifatida yo‘naltirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyat va qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larini ishonchli boshqarish bo‘yicha faoliyat boshqaruv muassisi bilan boshqaruvchi kompaniya o‘rtasida tuziladigan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Shartnomani bajarish jarayonida boshqaruvchi kompaniya tomonidan boshqarish muassisi mulkiga sotib olinadigan qimmatli qog‘ozlar ular mulkdor yoki boshqaruvchi kompaniyaning boshqa vakolatli egalari tomonidan berilgan vaqtdan boshlab ishonchli boshqaruv obyektlariga aylanadi. Bunda ana shunday qimmatli qog‘ozlarni berish to‘g‘risida qo‘shimcha bitimlarning boshqaruv muassisi bilan boshqaruvchi kompaniya o‘rtasida tuzilishi talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Shartnomani bajarish jarayonida boshqaruvchi kompaniya tomonidan boshqaruv muassisi mulkiga olingan pul mablag‘lari ishonchli boshqarish obyektiga qo‘shiladi. Bunda boshqaruv muassisi bilan boshqaruvchi kompaniya o‘rtasida ushbu pul mablag‘larini berish to‘g‘risida qo‘shimcha bitimlar tuzish talab qilinmaydi. Ishonchli boshqaruvchining bunday xatti-harakatlarini amalga oshirish natijasida paydo bo‘lgan majburiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan pul mablag‘lari hisobiga bajariladi.
Ishonchli boshqarish shartnomasida boshqaruvchi kompaniya tomonidan boshqaruv muassisi mulkiga olingan barcha pul mablag‘lari boshqaruvchi kompaniya ularni olgandan keyin darhol to‘liq hajmda boshqaruv muassisi mulkiga berilishi nazarda tutilgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan qoida amal qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnomaning qonun hujjatlarida belgilangan majburiy shartlardan tashqari qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larini ishonchli boshqaruvga berishni nazarda tutuvchi shartnomada boshqaruv muassisining pul mablag‘larini yo‘naltirish va investitsiyalash usullarini belgilovchi boshqaruvchi kompaniyaning investitsiya deklaratsiyasi mavjud bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Boshqaruvchi kompaniyaning investitsiya deklaratsiyasi ishonchli boshqaruv shartnomasining uzviy qismi hisoblanadi. Investitsiya deklaratsiyasi qoidalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan shartnomaning boshqa qoidalari bilan bir xil asoslarda zarur darajada bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
Shartnomalarni tuzish boshqaruv muassisining investitsiya deklaratsiyasida bayon qilingan qoidalarni, shu jumladan o‘ziga tegishli bo‘lgan pul mablag‘lari deklaratsiyaga o‘tkazilgan har qanday investitsiya aktivlari – investitsiyalash obyektlarini investitsiyalashga roziligini bildiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
ishonchli boshqaruv maqsadini belgilash (boshqaruv muassisining pul mablag‘laridan foydalanishning eng yuqori tijorat samaradorligiga erishish yoki boshqa aniq maqsad);
boshqaruv muassisining pul mablag‘larini investitsiya qilish mumkin bo‘lgan investitsiya aktivlari ro‘yxati;
shartnoma amal qiladigan butun muddat davomida boshqaruvchi kompaniya amal qilish majbur bo‘lgan investitsiya aktivlari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (har xil turdagi va emitentdagi qimmatli qog‘ozlar nisbati; ishonchli boshqaruvda bo‘lgan mazkur boshqaruv muassisining qimmatli qog‘ozlari, pul mablag‘lari va investitsiya aktivlarining boshqa turlari o‘rtasidagi nisbat);
mazkur investitsiya deklaratsiyasi qoidalari boshqaruvchi kompaniya uchun amal qiladigan va majburiy hisoblanadigan muddat.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnomaning bir qismi hisoblanadigan investitsiya deklaratsiyasi qoidalarining amal qilish muddati umuman shartnomaning amal qilish muddatiga teng yoki undan kam bo‘lishi mumkin.
Ushbu investitsiya deklaratsiyasining amal qilish muddati tugagach ishonchli boshqaruv shartnomasining tomonlari qo‘shimcha bitim bilan unda ko‘rsatilgan muddatga yangi investitsiya deklaratsiyasini amalga kiritishadi.
Investitsiya deklaratsiyasining amal qilish muddati tugagach, agar shartnomaning tomonlaridan hech biri uni o‘zgartirish to‘g‘risida talab qo‘ymasa, ushbu deklaratsiya unda ko‘rsatilgan muddatga uzaytirilgan hisoblanadi, lekin bu muddat ushbu deklaratsiya uning bir qismi hisoblanadigan shartnomaning amal qilish muddatidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Investitsiya deklaratsiyasining amalda bo‘lish muddati bo‘yicha ko‘rsatma, buning uchun asoslar mavjud bo‘lganda, ko‘rsatilgan muddat tugagungacha unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish uchun to‘siq bo‘lmaydi.
20. Boshqaruv muassisining amaldagi investitsiya deklaratsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi talabi boshqaruvchi kompaniya uchun majburiy hisoblanadi.
Boshqaruvchi kompaniya ko‘rsatib o‘tilgan o‘zgartirishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda ular boshqaruv muassisi tomonidan shartnomaga ilova qilinadigan bir tomonlama dalolatnoma (bayonot) tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi, muassisga boshqaruvchi kompaniya tomonidan muassis talablarini bajarishda mumkin bo‘lgan salbiy mulkiy oqibatlar boshlanishi xavfi yuklanadi.
Boshqaruvchi kompaniyaning amaldagi deklaratsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi talabi shartnoma tomonlarining shartnomaga ilova qilinadigan tegishli qo‘shimcha bitimlar tuzishi yo‘li bilan qondiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Boshqaruvchi kompaniya tomonidan investitsiya deklaratsiyalari tuzish qoidalari qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining normativ hujjatlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqaruvga berish boshqaruvchi kompaniyaning ularga mulkdorlik huquqi belgilanishiga olib kelmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Qimmatli qog‘ozlar bilan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi zarur tartibda rasmiylashtirilgan yozma shartnomaning mavjudligi qimmatli qog‘ozlarni boshqaruvchi kompaniyaga berish uchun yetarli asos hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar egalari reyestrlarini yurituvchi shaxslar, shuningdek boshqa har qanday manfaatdor shaxslar va organlar ularga qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqaruvga berish uchun asos sifatida boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish huquqiga ega emas.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Ishonchli boshqaruv shartnomalari bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish va hisob raqamlarini yuritish
Keyingi tahrirga qarang.
24. Boshqaruvchi kompaniyaga ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va asoslarda berilgan investitsiya aktivlari boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek boshqaruvchi kompaniyaning mol-mulki va o‘z investitsiya aktivlaridan ajratiladi, ularga boshqaruvchi kompaniyaning majburiyatlari bo‘yicha undirishlar qaratilishi mumkin emas va ushbu aktivlar, bankrotlik holati vujudga kelganda tanlov massasiga kiritilmaydi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u bo‘yicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha hisob-kitoblar uchun alohida bank hisob raqami ochiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Boshqaruv muassislarining pul mablag‘lari hisob raqamlarini yuritish uchun boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan banklarda “boshqaruv muassisining ishonchli boshqaruvga berilgan pul mablag‘lari” deb yozib qo‘yilgan alohida hisob-raqamlari ochiladi. Alohida hisob raqamlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ochiladi.
Boshqaruv muassislarining pul mablag‘lari hisob raqamlarini yuritish maqsadlari uchun boshqaruvchi kompaniya tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamlari soni cheklanmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Alohida hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatish shartlari bank va boshqaruvchi kompaniya o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi.
Alohida hisob raqamlariga faqat ushbu Nizomga muvofiq boshqaruvchi kompaniya bilan shartnoma tuzgan boshqaruv muassislari mablag‘lari kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Boshqaruv muassislarining pul mablag‘larini ajratish boshqaruvchi kompaniya tomonidan unga berilgan pul mablag‘larini alohida (ajratilgan) balansda hisobga olish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ushbu balans boshqaruvchi kompaniya tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda har bir boshqaruv muassisi va (yoki) pul mablag‘lari hisob raqamini yuritishni nazarda tutuvchi har bir shartnoma uchun ochiladi va yuritiladi.
Boshqaruvchi kompaniya va jismoniy shaxs hisoblanadigan ishonchli boshqaruv muassisi o‘rtasidagi hisob-kitoblar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan pul mablag‘larini boshqaruvchi kompaniyaga berish naqd bo‘lmagan pul mablag‘larini uning tomonidan ochiladigan alohida hisob raqamiga o‘tkazish yoki naqd mablag‘larni boshqaruvchi kompaniyaning bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Boshqaruvchi kompaniya mijozning pul mablag‘lari hisob raqamiga pul mablag‘lari o‘tkazilganini ular alohida hisob raqami ochilgan bank tomonidan alohida hisob raqamiga o‘tkazilgandan keyin navbatdagi bank kunidan kechikmay o‘z hisobida aks ettirishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi shartnomani tuzishda boshqaruvchi kompaniya faoliyatiga cheklash qo‘yish huquqiga ega, ushbu cheklashlar boshqaruvchi kompaniyaga quyidagilarni taqiqlaydi:
o‘z mulkidagi, o‘z muassisi mulkidagi qimmatli qog‘ozlarni, o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olish;
o‘z boshqaruvidagi qimmatli qog‘ozlarni o‘z mulkiga, o‘z muassislari mulkiga begonalashtirish, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa;
boshqaruvchi kompaniya ayni bir vaqtda boshqa shaxs tomonida broker (vositachi, ishonchli vakil) sifatida ish ko‘radigan bitishuvlar tuzish;
o‘zi va o‘zining muassislari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olish;
tugatish jarayonida turgan tashkilotlarning qimmatli qog‘ozlarini o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olish;
o‘zining affilir shaxslari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga sotib olish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xat boshida belgilangan qimmatli qog‘ozlarga almashtirish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni to‘lov muddatini 30 kalendar kundan ko‘proq muddatga kechiktirishni yoki uni bo‘lib-bo‘lib to‘lashni nazarda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha o‘zgaga berish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni o‘z majburiyatlarini (boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi tegishli shartnoma bajarilishi munosabati bilan paydo bo‘ladigan majburiyatlardan tashqari), o‘z muassislari majburiyatlarini, boshqa har qanday uchinchi shaxslarning majburiyatlarini bajarishni ta’minlash uchun garovga berish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni uchinchi shaxsning depozit tasarrufchisi va (yoki) oluvchisi sifatida belgilangan holda saqlashga berish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘larini uchinchi shaxslar foydasiga omonatga qo‘yish yoxud ko‘rsatilgan mablag‘larni uchinchi shaxs (shaxslar) tasarrufchisi etib belgilangan hisob raqamiga (hisob raqamlariga) o‘tkazish;
o‘z boshqaruvida bo‘lgan pul mablag‘lari hisobiga har qanday uchinchi shaxslar ular bo‘yicha to‘lovning oluvchilari etib belgilangan sug‘urta shartnomalarini tuzish (sug‘urta polislarini sotib olish).
Qonun yoki shartnomada boshqaruvchi kompaniya faoliyatiga qo‘shimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Boshqaruvchi kompaniya shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish jarayonida boshqaruv muassislari bilan oldindan kelishmasdan boshqaruvchi kompaniya ayni bir vaqtda, ularning mol-mulkini ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan ikkala tomonning manfaatlarini ifodalaydigan bitishuvlarni sodir etishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Boshqaruvchi kompaniyani boshqaruv muassisiga xizmatlar ko‘rsatgani uchun taqdirlash puli asosiy va qo‘shimcha (mukofot) taqdirlash tarzida to‘lanadi.
Boshqaruvchi kompaniyaning asosiy taqdirlash puli bir yil uchun belgilangan summada, choraklar bo‘yicha taqsimlagan holda yoki u boshqaradigan aktivlardan olingan daromadga nisbatan foizlar hisobida belgilanadi. Boshqaruvchi kompaniya oladigan asosiy taqdirlash pulining umumiy miqdori va xususiyati shartnomada belgilanadi.
Boshqaruvchi kompaniyaning qo‘shimcha (mukofot) taqdirlash puli shartnomaga muvofiq yil natijalariga ko‘ra to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarishda boshqaruvchi kompaniya tomonidan qilingan barcha xarajatlar miqdori, ularni to‘lash muddatlari va tartibi hamda boshqaruvchi kompaniyani boshqaruv muassisiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun taqdirlash puli to‘lash ular o‘rtasida tuziladigan ishonchli boshqaruv shartnomasida belgilanadi.
Aksiyalarning (ulushlarning) davlat paketiga, shuningdek ayrim hollarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lar hisobiga hisoblagan dividendlar davlat aktivlarini ishonchli boshqarish uchun taqdirlash pulini to‘lash manbalari hisoblanadi. Investitsiya va xususiylashtirilgan investitsiya fondlari aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan taqdirlash xususiyatlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Boshqaruvchi kompaniyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy ravishda qayta tashkil etish yoki tugatishda boshqaruvchi kompaniya amalga oshiriladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida boshqaruv muassislarini yozma shaklda, agar shartnomada boshqacha muddat belgilanmagan bo‘lsa, qayta tashkil etish yoki tugatish tartibot-qoidasi boshlangungacha uch oydan kechikmay xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. “__________________” aksiyadorlik jamiyati nomidan, keyinchalik “Jamiyat” deb yuritiladigan aksiyadorlik jamiyati Ustavi asosida ish ko‘ruvchi Kuzatuvchi kengash raisi bir tomon bo‘lib va keyinchalik “Direktor”*) deb yuritiladigan _______________ ikkinchi tomon bo‘lib quyidagilar to‘g‘risida mazkur mehnat shartnomasini tuzdilar:
_______2.1. Direktor ______________________jamiyatning rahbarlik qiluvchi | ||
(familiyasi, ismi, otasining ismi) | ||
ijro etuvchi organiga _______________________________________lavozimiga | ||
(Ustavga muvofiq lavozim nomi) | ||
ishga qabul qilinadi. |
Amalda bo‘lish muddati tamom bo‘lgandan so‘ng mehnat shartnomasi navbatdagi yilga uzaytirilishi yoki yangi bir yil muddatga tuzilishi mumkin. Mehnat shartnomasi yangi muddatga tuzilayotganda uning shartlari mazkur mehnat shartnomasi shartlaridan farq qilishi mumkin.
2.6. Direktor o‘z faoliyatida amaldagi qonun hujjatlariga, Jamiyat ustaviga, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Jamiyat Kuzatuvchi kengashining qarorlariga amal qiladi. Direktor lavozimi bo‘yicha Jamiyat kollegial ijro etuvchi organining (Jamiyatning yakkaboshchilik asosida ish ko‘ruvchi ijro etuvchi organining) rahbari hisoblanadi.
2.7. Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirish va majburiyatlarini bajarishda Jamiyat manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘rishi va Jamiyatga nisbatan o‘z majburiyatlarini halol va oqilona bajarishi kerak.
3.1. O‘z vakolati doirasida Jamiyatning samarali va barqaror ishlashini ta’minlagan holda uning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish, faqat Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Kuzatuvchi kengash vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
3.2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi qarorlari bajarilishini tashkil etish;
3.3. Aksiyadorlar yig‘ilishiga va Jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga yillik biznes-reja bajarilishining borishi to‘g‘risidagi choraklik hisobotlarni, shuningdek o‘z vakolatiga tegishli bo‘lgan ishlarning holati to‘g‘risidagi axborotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish;
3.4. Jamiyatni rivojlantirish dasturlari va biznes-rejalar ishlab chiqilishiga rahbarlik qilish, ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish;
3.6. Ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan miqdorda foyda olinishini ta’minlash;
3.8. Jamiyatda buxgalteriya hisobi va hisoboti tashkil etilishini, uning zarur holatda bo‘lishi va ishonchliligini ta’minlash, yillik hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlarning tegishli organlarga, shuningdek, aksiyadorlarga, kreditorlarga va boshqa ma’lumotlarni oluvchilarga jo‘natiladigan Jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
3.9. Jamiyat taftish komissiyasi va Jamiyat auditorining talabiga ko‘ra Jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘siqsiz taqdim etish;
3.10. Davlat statistika hisobotlari to‘liqligini va ularning tegishli organlarga o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
3.11. Ishlab chiqarish birliklari, sexlar va Jamiyatning boshqa tarkibiy bo‘linmalarining samarali hamkorlik qilishini ta’minlash;
3.12. Jamiyatning tijorat siri bo‘lgan axborotni saqlash, agar bunday axborotni uchinchi shaxslarga berish uning vazifalari doirasiga kirmasa. Jamiyatning tijorat siri bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi;
3.13. Xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborotning jamiyat xodimlari tomonidan saqlanishini ta’minlash;
3.14. Jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, Jamiyat nomidan hujjatlarni va ijro etuvchi organ yig‘ilishlari protokollarini imzolash;
3.15. Jamiyatni malakali kadrlar bilan ta’minlash, Jamiyat xodimlarining bilimi, malakasi, tajribasi va qobiliyatlaridan yaxshiroq foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rish;
3.16. Mehnat va texnologiya intizomi saqlanishini, ijtimoiy kafolatlarga rioya etilishini va Jamiyat xodimlari mehnati muhofaza qilinishini ta’minlash;
3.17. Ish beruvchining vakillari jamoa muzokaralarida qatnashishini ta’minlash. Jamoa shartnomalari va bitimlarini tuzishda ish beruvchi sifatida ish ko‘rish. Jamoa shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish;
3.18. Uzoq muddat davom etadigan xizmat safarlarini va ta’tillardan foydalanish vaqtini Kuzatuvchi kengash bilan kelishib olish. Uzoq vaqt bo‘lmaydigan shaxsning vazifalarini bajaruvchi shaxs to‘g‘risida Kuzatuvchi kengashni xabardor qilish;
4.1. Qonun, jamiyat Ustavi va mazkur mehnat shartnomasida Direktor vakolatiga tegishli deb topilgan faoliyatga aralashmaslik;
4.3. Direktor o‘z majburiyatlarini samarali bajarishi va huquqlarini amalga oshirishi uchun uni zarur vositalar va materiallar bilan ta’minlash;
5.1. Qonun, Jamiyat Ustavi va mazkur mehnat shartnomasida uning vakolatiga tegishli deb topilgan Jamiyat joriy faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalarni mustaqil ravishda hal etish;
5.2. Jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish, shu jumladan boshqa tashkilotlar va organlar bilan o‘zaro hamkorlikda uning manfaatlarini himoya qilish, bank muassasalarida hisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochish, bitishuvlar tuzish, faqat Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Kuzatuvchi kengash vakolatiga kiritilgan bitishuvlar tuzish bundan mustasno, Jamiyat Ustavida kelishib olingan doirada mol-mulk va pul mablag‘larini tasarruf etish, shartnoma va kontraktlar tuzish, ishonchnomalar berish va yozishmalar olib borish;
5.3. Jamiyat tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash, xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzish hamda ularni bekor qilish;
5.5. O‘z vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha Jamiyatning barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish;
5.7. Jamiyat xodimlaridan ichki tartib qoidalari, Jamiyatda amalda bo‘lgan boshqa qoidalarning, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarining bajarilishini talab qilish. Jamiyat xodimlari tomonidan mehnat intizomi buzilgan hollarda Jamiyat xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
5.8. Jamiyat xodimi bilan mehnat shartnomasi tuzishda xodim uchun Jamiyatning xizmat va tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar hajmi va tarkibini aniqlash;
6.1. Direktorning amaldagi qonun hujjatlariga, Jamiyat ustaviga, aksiyadorlar yig‘ilishlari va Jamiyat Kuzatuvchi kengashi qarorlariga rioya etishini nazorat qilish;
6.2. Direktordan mazkur mehnat shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni halol va to‘la hajmda bajarishni talab qilish;
Jamiyat bo‘yicha umuman, shu jumladan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan eng kam oylik ish haqi oshirilishi munosabati bilan Direktorning lavozim maoshi ish haqi oshishining umumiy koeffitsiyentiga o‘zgaradi.
_______ so‘m miqdorida yoki lavozim maoshining ________ foizi miqdorida ish yakunlari bo‘yicha haq to‘lash;
____ so‘m miqdorida yoki lavozim maoshining _____ foizi miqdorida har yilgi ta’tilga moddiy yordam ko‘rsatish;
7.5. Mazkur mehnat shartnomasi amalda bo‘lgan davrda Direktor vafot etgan hollarda uning oilasiga lavozim maoshining ________ miqdorida bir yo‘la nafaqa beriladi.
7.6. Mazkur mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda Jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan Direktorga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin. Ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lash shartlari va uning miqdori Direktorning Jamiyatdagi ish muddati uzunligiga va mazkur mehnat shartnomasi bekor qilinishi sabablariga ko‘ra Jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.
8.1. Direktorning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda o‘rindoshlik tarzida lavozimni egallashiga faqat Jamiyat Kuzatuvchi kengashining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi, u bunday o‘rindoshlikni bir hafta muddatda ko‘rib chiqishi kerak;
8.2. Direktor o‘zining aybli harakatlari (yoki harakatsizligi) bilan jamiyatga yetkazilgan zarar uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradi;
8.3. Mazkur mehnat shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuviga ko‘ra quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:
O‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur mehnat shartnomasining ajralmas qismi hisoblanadigan yozma holdagi qo‘shimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.
8.4. Mazkur mehnat shartnomasiga doir nizolar va anglashilmovchiliklar tomonlarning kelishuviga ko‘ra, kelishuvga erishilmagan hollarda esa amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi;
mazkur mehnat shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar uning tomonidan to‘liq hajmda bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi kasallik yoki nogironlik hollarida;
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki Kuzatuvchi kengash qaroriga ko‘ra (agar jamiyat ustavida unga bunday huquq berilgan bo‘lsa), shu jumladan aksiyadorlarning huquqlari buzilganda, korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati jiddiy ravishda yomonlashganda, mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hajmlari asossiz qisqartirilganda, Jamiyatning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) belgilari mavjudligi yoki uning paydo bo‘lish xavfi bo‘lganda, davlat budjeti oldida barqaror qarzdorlik paydo bo‘lganda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nusxada tuzildi. Birinchi nusxasi Jamiyatda, ikkinchisi Direktorda saqlanadi.
Aksiyadorlik jamiyati | Direktor |
“_________________________” |
|
_________ yil “____” ________________ | _________ yil “____” ________________ |
Muhr |
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarorining 3 va 5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi to‘g‘risida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarorining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 8-son, 31-modda):
1.4-bandning ikkinchi gapi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Aksiyadorlarning Umumiy hisobot yig‘ilishida yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari bilan tuzilgan shartnomalarni uzaytirish mumkinligi yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi masala, jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobot va qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalar majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi”;
“z) jamiyat ijro etuvchi organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazolar), uning vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish Kuzatuvchi kengash vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari tomonidan jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlarini bajarishda qo‘pol buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan yoki uni bajarish barbod qilingan taqdirda, ular bilan tuzilgan shartnomalar Kuzatuvchi kengash tomonidan muddatidan oldin to‘xtatilgan hollar bundan mustasno”;
“l” kichik bandning “jamiyat” so‘zidan oldin “jamiyatning yillik biznes-rejalarini (ushbu masalani hal etish jamiyat ustavida Kuzatuvchi kengashning vakolatlariga tegishli deb topilgan yoki Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan unga topshirilgan hollar bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin;
“— bitishuv tarafi hisoblangan yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxsning boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan bo‘lsa.
Bunda tuzilishidan manfaatdorlik mavjud bo‘lgan jamiyat bilan bitishuv tuzish to‘g‘risidagi qaror ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan, bitishuvdan manfaatdor bo‘lmagan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida quyidagi hollarda: 1) agar bitishuv bo‘yicha to‘lov summasi va bitishuv mavzusi bo‘lgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lsa; 2) agar bitishuv va (yoki) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha bitishuv jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq bo‘lgan miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish hisoblansa qabul qilinadi”;
“a”, “b”, “v”, “d”, “r” kichik bandlarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha qarorlar Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlar to‘rtdan uch qismining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi”;
“Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida aksiyadorlar ro‘yxatiga kiritilgan, Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar, ularning vakolatli vakillari, jamiyat auditori, jamiyat Kuzatuvchi kengashi va ijro etuvchi organlari a’zolari, jamiyat taftish komissiyasi a’zolari hozir bo‘lish huquqiga ega bo‘ladilar (Kuzatuvchi kengashni va jamiyat nazorat organlarini saylash bo‘yicha ovoz berish byulleteniga kiritilgan nomzodlarni, shuningdek yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbarini tayinlash bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni ham taklif etish tavsiya etiladi)”;
4.2-bandning birinchi xatboshidan “olinganligi albatta tasdiqlanadigan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4.4-bandning birinchi xatboshiga “jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati yillik tekshirish natijalari bo‘yicha xulosasi” so‘zlaridan keyin “yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ bilan tuzilgan shartnomalarni uzaytirish mumkinligi yoki to‘xtatish to‘g‘risida Kuzatuvchi kengashning xulosasi” so‘zlari qo‘shilsin;
4.6-band va 4.7-bandning ikkinchi xatboshidagi “Taftish komissiyasiga” so‘zlaridan keyin “(taftishchiga)” so‘zi qo‘shilsin;
“— aksiyador (aksiyadorlar) mazkur Nizomning 4.6-bandida nazarda tutilgan jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari miqdoriga egalik qilmaydi”;
4.10 va 4.11-bandlardagi “Taftish komissiyasiga” so‘zlaridan keyin “(taftishchiga)” so‘zi qo‘shilsin;
6.5-banddagi “aksiyadorlar umumiy sonining kamida 60 foizi” so‘zlari “jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami bo‘lib kamida 60 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (ularning vakillari)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7.2-bandning ikkinchi gapi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Bunda Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi prezidiumi tarkibiga lavozimiga ko‘ra Kuzatuvchi kengash raisi kiradi”;
“7.7. Sanoq komissiyasi tarkibi uch kishidan kam bo‘lishi mumkin emas. Sanoq komissiyasiga jamiyat Kuzatuvchi kengashi a’zolari, jamiyat Taftish komissiyasi a’zolari, kollegial ijro etuvchi organ a’zolari, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, teng ravishda boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shuningdek nomzodlar tomonidan ushbu lavozimlarga ko‘rsatiladigan shaxslar kirishi mumkin emas.”;
“Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra ijro etuvchi organ vakolatlari shartnoma bo‘yicha, shu jumladan tanlov asosida tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Agar jamiyat ustavida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma shartlari Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi”;
“2.2. Aksiyadorlik jamiyatining Ijro etuvchi organi rahbari va uning shaxsiy tarkibi, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat Kuzatuvchi kengashi vakolatiga tegishli deb topilmagan bo‘lsa, jamiyat Aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi (tayinlanadi, yollanadi va hokazo). Jamiyat ustaviga muvofiq yoki tegishli ravishda Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki jamiyat Kuzatuvchi kengashining qaroriga ko‘ra yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari tanlov asosida tayinlanishi mumkin”;
2.3-bandga “oddiy ko‘pchilik ovoz bilan” so‘zlaridan keyin “Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki” so‘zlari qo‘shilsin;
“Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladi. Ijro etuvchi organ a’zoligiga nomzod jamiyatga o‘zining jinoiy javobgarlikka tortilganligi faktlari to‘g‘risida ma’lum qilishi shart”;
2.5-bandga “ko‘rib chiqilayotganda” so‘zlaridan keyin “aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki” so‘zlari qo‘shilsin”.
“2.6. Ijro etuvchi organ tarkibiga taklif qilingan nomzodlar Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan ma’qullangandan keyin yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organning rahbari va har bir a’zosi bilan tegishli lavozim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan kontrakt tuziladi. Yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ va kollegial ijro etuvchi organning rahbari bilan kontrakt uni uzaytirish mumkinligi yoki to‘xtatish to‘g‘risida har yili qaror qabul qilingan holda bir yil muddatga tuziladi. Shartnomani jamiyat nomidan Kuzatuvchi kengash raisi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan vakil qilingan shaxs imzolaydi”;
birinchi xatboshidagi “ko‘pchilik ovoz bilan Kuzatuvchi kengash tomonidan” so‘zlari “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki agar jamiyat ustavida unga bunday huquq ko‘pchilik ovoz bilan berilgan bo‘lsa, Kuzatuvchi kengash tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Kuzatuvchi kengash yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbari bilan tuzilgan shartnomalarni ular tomonidan qo‘pol buzilishlarga yo‘l qo‘yilganda yoki jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi barbod qilinganda muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga egadir”;
“Yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organni, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbari va a’zolarini moddiy rag‘batlantirish jamiyat faoliyati samaradorligiga qarab amalga oshiriladi”;
“Ijro etuvchi organning rahbari yilning har choragida yillik biznes-rejaning bajarilishi to‘g‘risida Kuzatuvchi kengashga hisobot beradi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 42-son, 417-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 5-iyuldagi 257-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 35-modda):
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-2002-yillarda xorijiy investorlarni jalb etgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2001-yil 9-martdagi 119-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 17-modda):
“3. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga tovar-xomashyo birjalarining hisob-kitob-kliring palatalari va “O‘zko‘rgazmasavdo” aksiyadorlik jamiyati hisob raqamlaridagi, respublikaning vakolatli banklarida ochilgan chet el banklarining “Loro” korrespondentlik hisob raqamlaridagi, birjalarning hisob-kitob-kliring palatalaridagi maxsus hisob raqamlaridagi milliy valyutadagi mablag‘laridan:
ham birlamchi, ham ikkilamchi bozorlarda mamlakatimiz emitentlarining aksiyalarini sotib olish uchun foydalanishga ruxsat berilsin”;
Keyingi tahrirga qarang.