Iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning tarkibiy o‘zgartirilishi va bankrot bo‘lishi jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qarori asosida tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalar, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalar o‘z balansidagi:
Keyingi tahrirga qarang.
turar joylar, yotoqxonalar, bolalar bog‘chalari va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlarini — o‘zlari joylashgan joy bo‘yicha shaharlar va tumanlar hokimliklari balansiga;
umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini (elektr tarmog‘i xo‘jaligi, suv ta’minoti obyektlari, transport kommunikatsiyalari va hokazolar) — funksional mansubliligiga ko‘ra tegishli xo‘jalik birlashmalarining korxonalari balansiga joriy holati bo‘yicha belgilangan tartibda beradilar.
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga muvofiq balansdan balansga berilayotgan umumiy foydalaniladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qiymati beruvchi tomon uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda va qabul qiluvchi tomon uchun daromad (foyda) solig‘ini hisoblash chog‘ida soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi shaharlar va tumanlar hokimliklari, iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari balansiga berilayotgan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalar bilan birgalikda berilayotgan obyektlarni puxta xatlovdan o‘tkazsinlar hamda ularni keyinchalik xususiylashtirish, mablag‘ bilan ta’minlash manbalari va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror tarkibiy o‘zgartirish yoki bankrotlik tartiboti amalga oshirish davrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-avgustdagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining hududiy organlari xulosalarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Bankrotlik va sanatsiya masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarni konservatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqishning cheklangan muddatlari ko‘pi bilan ikki hafta etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga ko‘ra tarkibiy o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning (mulkiy kompleksni va biznesni baholash ham shu jumlaga kiradi), shuningdek xo‘jalik sudining qarori bilan ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini xalqaro metodikaga muvofiq mol-mulkning real bozor, investitsiya va tugatish qiymatini hisobga oluvchi mustaqil baholovchilar tomonidan amalga oshirilgan baholash kimoshdi, birja savdolarida va oshkora taklif asosida mol-mulkni sotishda belgilangan tartibda boshlang‘ich baho sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sanatsiya jamg‘armasi mablag‘laridan yanada samarali foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasiga Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga ko‘ra Jamg‘arma mablag‘laridan:
tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya qilish muddati tugallangandan keyin sarflangan mablag‘lar qaytarilgan holda bozor istiqboliga ega bo‘lgan zarar ko‘rib ishlovchi, past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya qilish rejalarini ishlab chiqishda;
sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatiladigan rejimdagi korxonalarning boshqaruvchilari bo‘lgan shaxslarni, shuningdek ushbu lavozimlarga zaxirada turgan mutaxassislarni o‘qitishda;
bankrot korxonalarning mol-mulki sotilgandan keyin qaytargan holda bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash uchun;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan mulkida davlat ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarning mol-mulkini sotish to‘g‘risidagi reklama xizmatlariga va e’lonlarga haq to‘lash, ularning mol-mulkini sotish bo‘yicha oshkora savdolarni tashkil etish xarajatlarini qoplash, ularda bankrotlik tartiboti joriy etish va ishlab chiqarishni tugatishni yakunlash, bankrot korxonani tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ehtiyojlar uchun;
iqtisodiy nochor korxonalar ishlari organlarini rivojlantirish uchun Jamg‘armaga tushuvchi mablag‘larning 15 foizi miqdorida, shu jumladan kamida 10 foizi miqdorida — ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va zamonaviy ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirish uchun foydalanishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi 2003-yil mobaynida korporativ boshqaruvni takomillashtirish va moliyaviy nobarqaror korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish maqsadlari uchun Osiyo taraqqiyot bankining qarzini jalb etish masalasini ishlab chiqsinlar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi qaroriga ko‘ra tarkibiy o‘zgartirishni amalga oshiruvchi, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan xo‘jalik sudi qaroriga ko‘ra bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash, boshlang‘ich (dastlabki) narxini aniqlash tartibini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi mulki bo‘lgan obyektlar bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirishda qo‘llanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomga muvofiq, kelgusida tarkibiy o‘zgartirish va bankrotlik tartibotini amalga oshirish rejalariga muvofiq sotiladigan mol-mulk baholanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Baholovchi va uning xizmatlari iste’molchisi (buyurtmachi) o‘rtasida qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan shartnoma baholashni o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizomga muvofiq, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxona yoki unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona baholash xizmatlarini amalga oshirishga buyurtmachi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Buyurtmachida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, baholashni o‘tkazish uchun xizmatlar qiymatini to‘lash hisobiga (shu jumladan avans to‘lovlari) pul mablag‘larining bir qismi buyurtmachiga Sanatsiyalash jamg‘armasi mablag‘laridan belgilangan tartibda berilishi mumkin, u kelgusida tarkibiy o‘zgartiriladigan korxona yoki unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonaning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Baholashni o‘tkazish uchun xizmatlar qiymatining qolgan qismini to‘lash baholangan obyekt sotilgan va korxona hisobiga pul mablag‘lari tushgandan keyin navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
5. Korxonani xatlovdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra baholanadigan mol-mulk tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
korxona balansida bo‘lgan, shu jumladan, texnik holatidan qat’i nazar, boshqa korxona va tashkilotlarga foydalanish uchun (ijaraga) berilgan ham ishlab turgan (shu jumladan vaqtinchalik mukammal ta’mirlashda va zamonaviylashtirishda bo‘lgan), ham konservatsiyada turgan asosiy vositalar;
Xatlovdan o‘tkazishda korxona mol-mulki balans (qoldiq) qiymati bo‘yicha baholanadi. Mol-mulkning balans (qoldiq) qiymatini baholash Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning sotiladigan mol-mulkini baholash maqsadida — vakolatli organning va unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning sotiladigan mol-mulkni baholash maqsadida — kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra baholash faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi bo‘lgan baholovchi jalb etiladi. Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun baholovchini jalb etish majburiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Baholashni o‘tkazishda, atamalar, tushunchalar va metodikalardan foydalanishda, shuningdek baholash bo‘yicha hisobot tuzishda baholovchi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi va mavjud baholash standartlariga amal qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalar mol-mulkini baholashda baholovchi tomonidan qiymatning quyidagi turlari aniqlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Korxonaning bozor qiymatini baholash baholovchi tomonidan korxonaning (mol-mulkning) balans (qoldiq) qiymatini, baholash sanasida mazkur mol-mulkka bo‘lgan aniq talabni, uning joylashgan joyini, uning tarkibida maxsus mol-mulkning, bozorda xaridorgirligi cheklangan mol-mulkning mavjudligini, shuningdek fizik va/yoki ma’naviy eskirgan mol-mulkni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona mol-mulkining bozor qiymatini baholash — kreditorlar majlisi qaroriga ko‘ra, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonaga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga ko‘ra savdolarda sotishning boshlang‘ich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshiriladi.
10. Korxonalar mol-mulkining tugatish qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatiga asoslanadi, bunda mol-mulkni majbur etuvchi holatlar mavjudligi tufayli qisqa muddatlarda sotish zarurligi faktori yuzasidan diskont qilish, shuningdek mazkur mol-mulkni saqlash va qo‘riqlash bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar hisobga olinadi.
Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona mol-mulkining tugatish qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra, savdolarda sotishning boshlang‘ich (dastlabki) narxi belgilangan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Mol-mulkning foydalaniladigan qilish qiymatini baholash baholash sanasida ma’naviy (funksional) eskirganligi yoki texnik holatiga ko‘ra belgilangan maqsadda foydalanilishi mumkin bo‘lmagan, faqat unda sotish uchun materiallar majmui mavjudligi tufayli qiziqish tug‘diradigan obyektlarga nisbatan qo‘llaniladi.
12. Investitsiya qiymatini baholash mol-mulkning bozor qiymatini baholashga asoslanadi va ikki qismga — badal to‘loviga hamda sotib olinayotgan mol-mulkdan foydalangan holda biznes tashkil etish uchun zarur bo‘lgan investitsiya majburiyatlariga bo‘linadi.
Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona mol-mulkining investitsiya qiymatini baholash kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarga nisbatan esa — vakolatli organ qaroriga ko‘ra savdolarda korxona (yoki uning bir qismi) mol-mulk kompleksi yoki biznes sifatida sotilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni investitsiya qiymati bo‘yicha sotishda savdolarning majburiy shartlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
badal to‘lovini to‘lash summasi va muddatlari (qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzilgandan keyin ayni bir vaqtda);
investitsiya majburiyatlarini bajarish, shu jumladan bankrot korxonaning qolgan kreditorlik qarzini to‘lash summasi va to‘lash muddatlari (qoidaga ko‘ra, shartnoma tuzilgandan keyin bir yil mobaynida).
Keyingi tahrirga qarang.
Badal to‘lovlari va investitsiya majburiyatlari miqdorlari nisbati savdolar shartlarida belgilab qo‘yiladi va kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qarori bilan tasdiqlanadi, mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha esa — shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda va vakolatli organ qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalar mol-mulkini sotish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Korxonalarning davlatga qisman yoki to‘liq tegishli bo‘lgan mol-mulki savdolarini o‘tkazish shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Unga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxona mol-mulkini sotish hollarida (tugatish ishlaridan tashqari) savdolar tashkilotchisiga (ixtisoslashtirilgan tashkilotga) quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
muassislar (qatnashchilar)ning vakolatli organi yoki mulkdorning belgilangan tartibdagi qarori protokoli;
baholovchi tomonidan baholangan mol-mulkni sotishning dastlabki narxini belgilash to‘g‘risidagi hujjat.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Korxona mol-mulkini sotishda tugatish ishlarini o‘tkazish davomida bankrotlik tartibotini o‘tkazish uchun xo‘jalik sudi tasdiqlagan shaxs savdolar tashkilotchisiga belgilangan shakl bo‘yicha quyidagi hujjatlar paketi bilan birga buyurtmanoma beradi:
sotilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan ko‘chmas mulk obyektlari uchun kadastr hujjati;
sotuvga qo‘yilayotgan mol-mulk ro‘yxati, unda baholovchi tomonidan baholangan har bir obyektning dastlabki narxi ko‘rsatilgan bo‘ladi;
17. Savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish va manfaatdor shaxslarni sotiladigan obyektlar hamda savdolar shartlari bilan tanishtirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Dastlabki savdolarda sotilmagan mol-mulk takroriy savdolarga qo‘yiladi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llanilgan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi takroriy savdolarda kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisi qaroriga ko‘ra, tarkibiy o‘zgartiriladigan korxonalarning oldingi savdolarda sotilmagan mol-mulki narxi esa — vakolatli organ qaroriga ko‘ra pasaytirilishi mumkin.
Korxona mol-mulki takroriy savdolarda bir oy mobaynida sotilmagan taqdirda hujjatlar belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi asosida sotish uchun sotuvchiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Kreditorlar (kreditorlar qo‘mitasi) majlisining roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda, bankrotlik tartibotini o‘tkazish uchun xo‘jalik sudi tasdiqlagan shaxs takroriy savdolar o‘tkazmasdan, korxonani mulkiy kompleks sifatida oshkora oferta shartlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida sotishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Korxonaning mol-mulki tugatish ishlari davomida oxirgi oshkora savdolar o‘tkazilgandan keyin uch oy mobaynida oldi-sotdi shartnomasi asosida sotilmagan taqdirda bankrotlik tartibotini o‘tkazish uchun xo‘jalik sudi tasdiqlagan shaxs mol-mulkni kreditorlarga qarzlarni uzish hisobiga tavsiya etadi. Kreditorlar mol-mulkni rad etgan taqdirda (rad etish yozma shaklda rasmiylashtiriladi) mol-mulk bir oy mobaynida mulkdorga beriladi. Mulkdor joylashgan joy aniqlanmagan taqdirda mazkur mol-mulk qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat organlariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Tugatish ishlari tartibotida turgan korxonalar mol-mulki qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Mol-mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish bankrotlik tartibotini o‘tkazish uchun xo‘jalik sudi tasdiqlagan shaxs tomonidan, kreditorlar (qo‘mitasi) majlisi bilan kelishuv bo‘yicha va sotib oluvchi tomonidan unga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli kafolatnomasi taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xo‘jalik sudi mol-mulkni uning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Mol-mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotish oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi, shartnoma u tuzilgan paytdan boshlab o‘n kun mobaynida dastlabki badal to‘lanishini nazarda tutadi. Bunda dastlabki badal miqdori mol-mulk qiymatining kamida 15 foizini tashkil qilishi kerak.
25. Mol-mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotishning umumiy muddati bir yildan oshmasligi kerak. Mol-mulk qiymatiga ko‘ra uni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining yuz baravariga teng bo‘lganda — uch oygacha;
mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha teng bo‘lganda — uch oydan olti oygacha;
mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining to‘rt yuz baravaridan ming baravarigacha teng bo‘lganda — olti oydan to‘qqiz oygacha;
mol-mulkning qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining ming baravaridan yuqori bo‘lganda — to‘qqiz oydan bir yilgacha.
qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotiladigan mol-mulk qiymatini to‘lash oldi-sotdi shartnomasiga ilova qilinadigan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Sotuvchida shartnomada belgilangan summani muddatidan oldin to‘liq hajmda to‘lash huquqi saqlanib qoladi.
26. Bankrot korxonaning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotilgan mol-mulkini sotib oluvchi tomonidan sotib olish muddati oldi-sotdi shartnomasi shartlariga muvofiq tugatish ishlari muddatidan oshgan taqdirda bankrotlik tartibotini o‘tkazish uchun xo‘jalik sudi tasdiqlagan shaxs tugatish ishlarini tugallashni va bankrot korxonani reyestrdan chiqarishni tugatish ishlarini tashkil etish, o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar majburiy to‘langandan va bankrot korxonaning “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 83-moddasida belgilangan majburiyatlari birinchi navbatda bajarilgandan keyin amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Sotuv summasi navbatda turgan barcha kreditorlarning talablarini to‘liq qondirish uchun yetishmagan taqdirda ikkinchi va keyingi navbatdagi qarzlarini uzish jadvali “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 83-moddasining to‘qqizinchi qismiga muvofiq tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Bankrot korxonaning ikkinchi va undan keyingi navbatdagi kreditorlar talablarini qondirish sotib oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 322-moddasiga muvofiq bevosita ularning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga amalga oshiriladi.
29. Dastlabki badal to‘langandan keyin mol-mulk sotib oluvchiga beriladi. Ishonchli shaxs tomonidan mol-mulkni berish va uni sotib oluvchi tomonidan qabul qilib olish tomonlar imzolaydigan topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Sotib oluvchida mulk egasi huquqi mol-mulk qiymati to‘liq to‘langandan keyin tuzilgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomaga muvofiq, zarur hollarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Mol-mulkning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda oldi-sotdi shartnomasi imzolangan paytdan boshlab ishonchli shaxsning kreditorlar bilan o‘zaro munosabatlari, ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan hollarda alohida shartnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda kelgusidagi xarajatlar (shu jumladan ishonchli shaxsning haqi) miqdori, ularni to‘lash tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi, keyinchalik u xo‘jalik sudi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Mulkni qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda sotishdan olingan mablag‘lar tugatish hisob raqamiga tushganda ishonchli shaxs bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan navbat bo‘yicha kreditorlar talablarini qondiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Mol-mulkning qiymati bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan holda oldi-sotdi shartnomasi sotib oluvchining tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda mol-mulk belgilangan tartibda qaytariladi. Bunda sotib oluvchi ushbu shartnomaning bekor qilinishi oqibatida ko‘rilgan zararlarni qonun hujjatlariga muvofiq to‘lashi shart.
qaytarilgan mol-mulk ishonchli shaxs tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda qaytadan savdolarga qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Savdolar qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish shartlari va savdolarni yuritish qoidalari, tuzilgan bitishuvlar bo‘yicha zakalatlar miqdorlari, tuzilgan shartnomalar (kontraktlar)ni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek savdolar qatnashchilarining javobgarlik shartlari hamda belgilangan qoidalar va majburiyatlarning qatnashchilar tomonidan buzilganligi uchun neustoykalar (jarimalar, penyalar) miqdorlari savdolarning tashkilotchilari tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda):
1-ilovaning 14-bandi ikkinchi xatboshida “5 foizidan ortiq bo‘lmagan” so‘zlari “15 foizidan ortiq bo‘lmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
“sanatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish rejimidagi korxonalarni boshqaruvchi shaxslarni, shuningdek ushbu lavozimlarga zaxirada turgan mutaxassislarni ta’lim beruvchi tashkilotlar bilan tuziladigan shartnoma asosida o‘qitish;
tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya muddati tugallangandan keyin sarflangan mablag‘larni qaytargan holda bozor istiqboliga ega bo‘lgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlovchi va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va sanatsiya qilish rejalarini korxonalarning rahbarlari buyurtmanomalari asosida ishlab chiqish;
bankrot korxonalarning mol-mulki sotilgandan keyin ularni qaytargan holda ishonchli shaxslarning buyurtmanomalari bo‘yicha bankrot korxonalarga baholash, kadastr va auditorlik tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga haq to‘lash;
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan mulkida davlat ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarining mol-mulkini sotish to‘g‘risidagi reklama va e’lonlar uchun haq to‘lash, ularning mol-mulkini sotish bo‘yicha ommaviy savdolarni tashkil etish xarajatlari, ularda bankrotlik tartibotlarini joriy etish va tugatishni yakunlash xarajatlari, bankrot korxonalarni tugatish bilan bog‘liq boshqa ehtiyojlarga haq to‘lash;
iqtisodiy nochor korxonalar ishlari organlarini rivojlantirish — Jamg‘armaga tushuvchi mablag‘larning 15 foizi miqdorida, shu jumladan kamida 10 foizi — ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va zamonaviy ma’lumotlarning axborot bazasini shakllantirishga”;
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “qurilishi tugallanmagan obyektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha to‘xtatib qo‘yish va qaytadan boshlash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 20-avgustdagi 397-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 8-son, 48-modda) ilovada:
“tarkibiy o‘zgartirishni amalga oshiruvchi iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlovchi va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlari bo‘yicha”;
6-bandning ikkinchi xatboshiga “mablag‘ bilan ta’minlovchi banklar” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining hududiy organlari bilan kelishgan holda tarkibiy o‘zgartirishni amalga oshiruvchi korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llaniladigan korxonalar bo‘yicha Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi” so‘zlari qo‘shilsin;
“7. Tarkibiy o‘zgartirishni amalga oshiruvchi korxonalar va ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qo‘llaniladigan korxonalarning tugallanmagan qurilish obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda kiritilgan iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining hududiy organlari tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Iltimosnomaga konservatsiya qilish zarurligini asoslovchi hujjatlar (hisob-kitoblar) hamda konservatsiya qilinadigan tugallanmagan qurilish obyektlari va (yoki) asosiy fondlar ro‘yxati ilova qilinadi, bunda muddatlari tamom bo‘lgan tugallanmagan qurilish obyektlari va ular bo‘yicha eskirish to‘liq hisoblangan asosiy fondlar alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Konservatsiya qilish Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining taklifiga ko‘ra tarkibiy o‘zgartirish yoki bankrotlik tartiboti davri uchun amalga oshiriladi”;