“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi birja faoliyatini (valyuta birjalari faoliyati bundan mustasno) tartibga soluvchi vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi birja faoliyatini amalga oshirayotgan tashkilotlarni 2003-yil 1-aprelgacha mazkur qaror talablariga muvofiq litsenziyalasin.
Belgilab qo‘yilsinki, 2003-yil 1-aprelgacha tegishli litsenziya olmagan birjalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq birja faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ikki hafta muddatda litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiya to‘g‘risidagi nizomni hamda ekspert komissiyaning shaxsiy tarkibini tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi markaziy apparati tuzilmasida xodimlarning belgilangan soni doirasida xodimlarining cheklangan soni 3 nafardan iborat Birja faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish bo‘limi tashkil etilsin, unga quyidagi funksiyalar yuklansin:
litsenziya talabgorlarining arizalarini qabul qilish, litsenziyalarni rasmiylashtirish va berish, litsenziya bitimlari tuzish;
birjalar tomonidan birja faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, birja savdolari qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
Belgilab qo‘yilsinki, Birja faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish bo‘limi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berish (amal qilish muddatini uzaytirish) to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqqanlik uchun undiriladigan yig‘imlar, Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan jarimalarning 15 foizi miqdoridagi mablag‘lar va yetmagan qismi xususiylashtirishdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida birja faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Birja faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi (keyingi o‘rinlarda matnda “litsenziyalovchi organ” deb yuritiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
3. Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish, litsenziyalar muddatini uzaytirish, ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi to‘g‘risidagi Nizom va komissiyaning tarkibi litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlisi bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Birja faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati — 5 yil. Litsenziya talabgorning arizasiga ko‘ra besh yildan kam muddatga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 364-modda)
v) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav fondining eng kam miqdori bo‘yicha talablarga muvofiqlik;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan beriladigan birja savdosining professional qatnashchilari shahodatnomasiga ega bo‘lgan birja a’zolarining birja savdolariga qo‘yilishi (fond birjalaridan va boshqa birjalarning fond bo‘limlaridan tashqarida);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya institutlari sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan birja a’zolarining fond birjasida (boshqa birjalarning fond bo‘limlarida) birja savdolariga qo‘yilishi;
(6-bandining “e” kichik bandi ikkinchi va uchinchi xatboshlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 364-modda)
birjada narxlar bilan manipulatsiya qilish va maxfiy axborotdan noqonuniy foydalanishning oldi olinishi to‘g‘risidagi qoidalar mavjudligi;
Oldingi tahrirga qarang.
j) birja savdolarida faqat oldindan e’lon qilinadigan, iste’molchilar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar keng tanishishi mumkin bo‘lgan birja byulleteniga kiritilgan tovarlarni sotish, ayni paytda oldindan e’lon qilinadigan birja byulleteniga kiritilmagan tovarlarni sotish taqiqlanadi;
(6-bandining “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 364-modda)
z) filiallar mavjud bo‘lgan taqdirda, birjaning barcha a’zolariga ushbu savdolarda bir vaqtning o‘zida qatnashish imkoniyatini bergan holda, markazlashtirilgan birja savdolari o‘tkazish;
l) litsenziyalovchi organning talabiga ko‘ra birja faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq axborotni taqdim etish.
Oldingi tahrirga qarang.
m) birja savdolarini faqat O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha birja a’zolari bir paytda va teng kirishini ta’minlovchi elektron tizimda o‘tkazish;
n) birja savdolarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda tuziladigan hamda tovar nomi, o‘lchov birligi, lotlar soni, operatsiya turi, tovarning savdoga qo‘yilgan narxi va bitishuv ro‘yxatdan o‘tkazilgan narx, Incoterms qoidalariga muvofiq tovarni yetkazib berishning bazis shartlari, bitishuv tomonlari, bitishuv amalga oshirilgan aniq vaqt ko‘rsatilgan, elektron protokollar tarzida kiritilgan bitishuvlar to‘g‘risidagi axborotni uch yil mobaynida saqlash;
o) birja byulletenlariga faqat bir xil standartga, bir turdagi xossalarga ega bo‘lgan, ulgurji turkumlar bilan sotiladigan hamda oldindan ko‘zdan kechirishni talab qilmaydigan birja tovarlarini kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-son qaroriga muvofiq “m” — “r” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 364-modda)
7. Birja faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqami — yuridik shaxs uchun;
litsenziya talabgori amalga oshirishni mo‘ljallayotgan litsenziyalanadigan faoliyat turi hamda ko‘rsatilgan faoliyat turi amalga oshiriladigan muddat;
Keyingi tahrirga qarang.
b) litsenziya talabgorining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) litsenziya talabgori joylashgan joydagi soliq organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot sanasidagi buxgalteriya balansi nusxasi (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
e) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining litsenziya talabgori tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi to‘g‘risidagi xulosasi (fond birjalari va boshqa birjalarning fond bo‘limi uchun).
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgoridan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organning tarkibiy bo‘linmasi (Birja faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish bo‘limi) mas’ul shaxsi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda arizachiga yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
9. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
10. Birja faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
11. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinadi.
12. Barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi ular olingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
Ekspert komissiya ariza olingan kundan boshlab yigirma kundan oshmaydigan muddatda hujjatlarni ko‘rib chiqadi, ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
13. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiya xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida uch kun muddatda qaror qabul qiladi.
14. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida yig‘im undiriladi, yig‘im litsenziyalovchi hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda jo‘natiladi (taqdim etiladi).
16. Litsenziya bitimi litsenziyalovchi organ va litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishining litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilinishi tartibi;
Litsenziya bitimi ikki nusxada tuziladi, bir nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi, ikkinchisi esa litsenziya bilan birgalikda litsenziatga beriladi.
17. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziya blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi. Birja faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish bo‘limi rahbari litsenziya blankalarini hisobga olish, saqlash va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
19. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
20. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
21. Litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
22. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Bunda takroran taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
Ekspert komissiya yetti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
23. Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
26. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziat tomonidan litsenziya shartlari va talablariga rioya etilishini nazorat qilish litsenziyalovchi organ tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
30. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
32. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organning qarori sud tomonidan asossiz deb e’tirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat oldida uning ko‘rgan zarari miqdorida javob beradi.
34. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va amal qilishini tiklashning asoslari va sanasi;
35. Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumotlar manfaatdor shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va ularning yozma so‘roviga muvofiq reyestrdan ko‘chirma tarzida berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Litsenziyalar reyestridan bir litsenziatga nisbatan ma’lumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida to‘lov undiriladi.
37. Reyestrdan ma’lumot berilganligi uchun to‘lov litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Reyestrdan ma’lumot berish muddati tegishli ariza berilgan sanadan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmasligi kerak (ma’lumot berilganligi uchun to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan taqdirda).
Keyingi tahrirga qarang.
39. Birja faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.