O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirishni yanada takomillashtirish va tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tashqi savdo kontraktlarini vakolatli banklarda hisobga qo‘yish tartiboti 2014-yil 1-sentabrdan boshlab bekor qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, tashqi savdo kontraktlarini vakolatli banklarda hisobga qo‘yish tartibotining bekor qilinishi munosabati bilan:
tadbirkorlik faoliyati subyektlari tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kiritadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlari yuzasidan monitoring valyuta nazorati organlari va vakolatli banklar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
2014-yil 1-sentabrgacha vakolatli banklarda hisobga qo‘yilgan kontraktlar vakolatli banklarda hisobdan chiqarilishi, ko‘rsatib o‘tilgan kontraktlar bo‘yicha ma’lumotlar ayni bir vaqtda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tashqi savdo faoliyati subyektlariga kontraktlar bo‘yicha ma’lumotlarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda Internet tarmog‘i orqali kiritish imkoniyatini berish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalari yuzasidan monitoringni ushbu tizim orqali amalga oshirish bo‘yicha talablarni hisobga olgan holda 2014-yil 1-sentabrgacha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi takomillashtirilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda kontraktlar bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish imkoniyatini beruvchi tashqi savdo faoliyati subyektlari uchun interaktiv xizmatning 2014-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda joriy etilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish ustidan nazoratni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-martdagi 95-son qarorida:
Keyingi tahrirga qarang.
“2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi savdo kontraktlari ustidan nazorat qilish va monitoring olib borish valyuta nazorati organlari va vakolatli banklar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “eksport-import kontrakt (shartnoma)larini hisobga olish va ularni bajarish ustidan nazorat qilish” so‘zlari “tashqi savdo kontraktlari ustidan nazorat qilish va monitoring olib borish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kontraktlarni mustaqil ekspertiza qilish va import qilinadigan tovarlarni jo‘natishdan oldin nazoratdan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 3-dekabrdagi 534-son qarorining 5-bandida:
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovarlarni eksportga tovar-xomashyo birjalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga sotish tartibida:
“7. Birjalarda xorijiy valyutada tuzilgan eksport kontraktlari birjalarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi va belgilangan tartibda bojxona organlarida hisobga qo‘yilishi kerak”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“6. Vakolatli banklarga ushbu Nizomga muvofiq o‘z mijozlarini banklararo valyuta savdolarida (savdo sessiyalarida) so‘mlarni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilishga ruxsat berish yuzasidan huquq va javobgarlik yuklanadi”;
b) 10-bandning birinchi xatboshidagi “Banklararo valyuta savdolari” so‘zlari “Banklararo savdolar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Banklararo valyuta bitishuvlari O‘zbekiston respublika valyuta birjasining (keyingi o‘rinlarda valyuta birjasi deb ataladi) bir haftada kamida ikki marta o‘tkaziladigan banklararo savdo sessiyalarida amalga oshiriladi”;
“Savdo qatnashchilarining operatsiyalarini o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari banklararo savdo sessiyalari boshlangungacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi maxsus hisob raqamlariga deponentga qo‘yiladi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutadagi pul mablag‘larini oldindan depozitga qo‘ymasdan banklararo savdo sessiyalarida ishtirok etadi”;
“Savdo boshlanguniga qadar savdo tizimida xorijiy valyutani xarid qilish va sotishga tushgan buyurtmanomalar bo‘yicha axborot aks ettiriladi”;
“Vakolatli banklar valyuta birjasi bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari savdolar o‘tkaziladigan kun tamom bo‘lguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi maxsus hisob raqamlariga o‘tkazilishini ta’minlashi shart.
Vakolatli banklar bilan valyuta birjasi o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar savdolar o‘tkazilgandan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi.
Valyuta birjasi bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o‘z vaqtida pul mablag‘lari bilan ta’minlanmagan xorijiy valyutani xarid qilish bo‘yicha bitishuvlarning bir qismi valyuta birjasi qoidalariga muvofiq bekor qilinadi. Vakolatli banklar tomonidan sotib olinmagan xorijiy valyuta O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan sotib olinadi.
Valyuta birjasi bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lari o‘z vaqtida o‘tkazilishini ta’minlamagan vakolatli banklarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va valyuta birjasi tomonidan belgilangan tartibda jarima jazolari qo‘llaniladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Eksport va import operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 92-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “import kontraktlarini vakolatli banklarda hisobga qo‘yish” so‘zlari “import kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1. Ushbu Nizom (keyingi o‘rinlarda matnda Nizom deb yuritiladi) “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-sentabrdagi PF–3321-son, “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son farmonlariga hamda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari va banklarida tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibini belgilab beradi.
Birjalarda va yarmarkalarda tuzilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo kontraktlarini hisobga olish xususiyatlari birjalar va yarmarkalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
barter kontrakti — O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bilan norezidenti o‘rtasida barter asosida tovarlarni eksport qilish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) yuzasidan tuzilgan xo‘jalik shartnomasi;
tashqi savdo kontraktlari — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport, barter va import kontraktlari;
tovarlar importi — tovarlarni ularni qaytarib olib chiqish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
ishlar (xizmatlar) importi — xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektiga ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar;
import qiluvchilar — yuridik shaxslar — tovarlar, ishlar va xizmatlarni import qilishga O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bilan import kontraktlari tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
import kontrakti — tovarlar, ishlar va xizmatlar importiga import qiluvchi bilan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti o‘rtasida tuzilgan kontrakt;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar — O‘zbekiston Respublikasining eksport qiluvchilari va import qiluvchilari;
eksport qiluvchilar — yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar, — tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportiga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan eksport va barter kontraktlarini tuzgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari;
eksport kontrakti — tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportiga O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bilan norezidenti o‘rtasida tuzilgan xo‘jalik shartnomasi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar (barter kontraktlaridan tashqari);
ishlar (xizmatlar) eksporti — O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsiga ishlar bajarilishi (xizmatlar ko‘rsatilishi), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar;
tovarlar eksporti — agar qonunchilikda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni ularni qaytarib olib kirish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish.
3.1. Muqaddima. Kontraktning kirish qismida kontraktning tartib raqami, kontrakt tuzilgan joy va sana, yuridik shaxslarning to‘liq nomi, kontraktni tuzgan shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismi. Agar shaxs kontraktni ishonchnoma asosida tuzsa, bu kontraktning muqaddimasida ko‘rsatiladi.
3.2. Kontraktning mavzusi. Ushbu bo‘limda tovarlar, ishlar va xizmatlarning nomi, shuningdek bitishuv turi ko‘rsatiladi. Tovarning nomi bilan birgalikda uning tavsifi hamda miqdori va sifati bo‘yicha assortimenti ko‘rsatiladi.
Tovarning miqdori qabul qilingan o‘lchovlarning metrik tizimida xalqaro birliklarda ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan o‘lchov va og‘irliklar tizimi miqdorlarini belgilash tartibiga muvofiq o‘lchov birligini aniqlash mumkin.
Tovarning sifat tavsifi tovardan foydalanish uchun uning yaroqliligini aks ettiruvchi xossalar jamini belgilaydi. Shuningdek, TIF TN bo‘yicha tovarning kodiga havola ham zarur.
standart bo‘yicha: umumiy qabul qilingan xalqaro standartlar, O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi GOSTlar;
asosiy moddalar mavjudligi bo‘yicha: ko‘rsatkich-minimum, aralashmalar bo‘yicha — ko‘rsatkich-maksimum beriladi;
Mashinalar, asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish uchun kontraktda ularning yangiligi yoki ulardan foydalanganligi holati ko‘rsatiladi (foydalanilganlari uchun — eskirish foizi yoki foydalanish muddati).
3.3. Etkazib berishning bazis shartlari. Tovarni yetkazib berish bo‘yicha sotuvchi va xaridorning quyidagi asosiy majburiyatlari aniqlanadi (“Inkoterms” xalqaro qoidalari bo‘yicha):
tovarni yetkazib berish bo‘yicha kontraktni tuzuvchi tomonlarning majburiyatlari va xarajatlarni taqsimlash;
tovarning tasodifiy yo‘qolishi yoki shikastlanishi tavakkalchiligining sotuvchidan xaridorga o‘tishi.
“Inkoterms”dan foydalanilganda yetkazib berish joyi (temir yo‘l stansiyasi, port, aeroport va boshqalarning nomi) ko‘rsatilishi kerak (qisqartirilgan so‘zlarning bosh harflari bilan birgalikda).
3.4. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish muddati. Kontraktda tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish muddati yoki sanasi ko‘rsatiladi. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish muddati vaqtinchalik davrni anglatadi, bu davr mobaynida tovar (yoki uning turkumi) sotuvchi tomonidan ko‘rsatilgan joyga yetkazib berilishi, ko‘rsatilgan joyda ishlar va xizmatlar bajarilishi kerak.
Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish sanasi deyilganda sotuvchi tomonidan kontraktlarda ko‘rsatilgan tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish shartlariga muvofiq o‘z majburiyatlarining bajarilishi tushuniladi.
3.5. Kontraktning narxi va umumiy summasi. Tovarning narxini belgilashda kontraktda tovarning o‘lchov birligi, tovar birligi narxi va kontraktning umumiy summasi ko‘rsatiladi.
Kontraktning umumiy summasi sotilayotgan tovar, ishlar va xizmatlarning qiymatini anglatadi. Ishlarni bajarishga va xizmatlar ko‘rsatishga kontraktni tuzish paytida kontrakt summasini belgilash imkoni bo‘lmagan o‘ziga xos kontraktlar tuzilgan taqdirda kontraktning umumiy summasi ko‘rsatilmaydi.
Etkazib beruvchilar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishini, ular tomonidan xodimlarni o‘qitish xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishini, royalti to‘lanishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar, qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar xarid qilishga (sotishga) tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha kontraktlarda (spetsifikatsiyalarda) bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar va royalti summasi alohida ko‘rsatiladi.
3.6. To‘lov shartlari. Kontraktdagi to‘lov shartlarida valyuta, to‘lov shakli va muddati belgilanadi. Agar to‘lov valyutasi kontrakt valyutasidan farq qilsa, u holda valyutani qayta hisoblab chiqish kursi va ushbu kursni aniqlash manbai ko‘rsatiladi.
Tashqi savdo kontraktlarida to‘lov valyutasi xorijiy valyutada ko‘rsatiladi (qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno).
3.7. Tovarning kelib chiqishi, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish joyi. Kontraktda yetkazib berilayotgan tovar kelib chiqqan mamlakat va ishlab chiqaruvchi, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish joyi (mamlakati) ko‘rsatiladi.
3.8. Tomonlarning javobgarligi. Qabul qilingan majburiyatlarning tomonlar tomonidan bajarilishini ta’minlovchi shartlar sifatida kontraktda, qoidaga ko‘ra, kontrakt majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar to‘laydigan penya va/yoki jarima shaklidagi jazo nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar ko‘rgan tomonning talabiga ko‘ra unga neustoyka to‘lash majburiyati yuklanadi.
3.9. Tomonlarning rekvizitlari. Kontrakt matni tomonlarning rekvizitlarini ko‘rsatish bilan tugallanadi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank rekvizitlari va yuklab jo‘natish rekvizitlari ko‘rsatiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning imzolari kontraktda muhr bilan tasdiqlanadi.
3.10. Barter kontraktlarida import tovarlarni jadal yetkazib berishni yoki muqobil bank kafolatlari taqdim etishni nazarda tutuvchi shartlar majburiy tartibda hisobga olinadi.
3.11. Tashqi savdo kontraktining matni davlat tilida yoki rus tilida bayon qilinishi kerak. Agar kontrakt matni boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, kontrakt davlat tiliga yoki rus tiliga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
4. Kontrakt shartlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha bitim bilan qayd etilishi kerak hamda kontraktlar bilan bo‘lgani singari tartibda tizimga kiritiladi.
5. Ushbu bo‘lim talablariga rioya etilishi uchun mas’uliyat xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek kontrakt shartlarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan yuridik xulosa bergan shaxsga yuklanadi.
6. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tizimi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan tashqi savdo kontraktlari bajarilishi ustidan zarur nazoratni ta’minlash hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar, bojxona va soliq organlari, Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasida ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda TSOYEAT deb ataladi) orqali axborot ayirboshlash maqsadida joriy etiladi.
7. TSOYEAT real vaqt rejimida ishlaydi va unda ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ma’lumotlar mavjud bo‘ladi.
8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish maqsadida vakolatli banklar:
avans to‘lovlar (oldindan haq to‘lash) amalga oshirilishida yoki import kontraktlar bo‘yicha akkreditiv ochishda;
oldindan to‘langan haq (avans to‘lovi) tushganligi, akkreditiv ochilganligi, eksport kontraktini sug‘urtalash bo‘yicha bank kafolati va polis berilganligi to‘g‘risidagi belgilangan tartibda berilgan ma’lumotnomalarni TSOYEATda rasmiylashtirishda TSOYEATdagi ma’lumotlarni (shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan kontraktlar bo‘yicha kontrakt shartlariga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosasi mavjudligini) solishtiradilar.
Kontrakt bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan TSOYEATga kiritilgan ma’lumotlar o‘rtasida farqlar mavjud bo‘lmagan taqdirda banklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu kontrakt bo‘yicha bank operatsiyalarini amalga oshiradilar.
9. Mikrofirmalar va kichik korxonalarning eksport kontraktlarini hisobga qo‘yish (ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan xomashyo tovarlari eksporti bundan mustasno) davlat bojxona xizmati organlari tomonidan bojxona postlarida bevosita tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida amalga oshiriladi.
Qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (shu jumladan ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoni bilan tasdiqlangan xomashyo tovarlarini eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarning) kontraktlarini hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining valyuta nazorati bo‘limlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bo‘yicha amalga oshiriladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining bojxona postlari xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan TSOYEATga kiritilgan kontrakt ma’lumotlarini bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlari bilan solishtiradilar hamda farqlar mavjud bo‘lmaganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtiradilar.
ular bo‘yicha to‘lov import qiluvchining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ikki va undan ortiq import kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga;
bir xo‘jalik yurituvchining ikki va undan ortiq eksport kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
12. Tashqi savdo kontrakti bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan faqat, agar qonun hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, kontraktda va TSOYEATda ko‘rsatilgan uning O‘zbekiston Respublikasi vakolatli bankidagi hisob raqami orqali amalga oshirilishi mumkin.
13. Tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish yoki import kontraktlari bo‘yicha ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar doirasida tuzilgan kontraktlar bo‘yicha yoki kontraktlar Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida Boshqaruvchi qo‘mita tomonidan tasdiqlangan taqdirda — import kontraktlarida belgilangan muddatlardan;
boshqa import kontraktlari bo‘yicha — to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kalendar kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
paxta tolasini eksport qiluvchi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zmarkazimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi, “O‘zsanoatmashimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi, “Markazsanoateksport” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi, “O‘zinterimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi, “O‘ztashqitrans” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘rta Osiyo Trans” XAYuT davlat-aksiyadorlik kompaniyasi uchun tovarlar, ishlar va xizmatlarni amalda eksport qilish kunidan boshlab 90 kundan;
muassislar tomonidan chet eldagi korxonalarning (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shu’ba korxonalar, firma do‘konlar, dilerlik tarmoqlari va konsignatsion omborlar) manziliga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining a’zolari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Savdo-sanoat palatasining savdo-investitsiya uylari manziliga olib chiqiladigan tovarlarning amalda eksport qilingan kunidan boshlab 180 kundan;
belgilangan tartibda eksport kontrakti sug‘urtasi bo‘yicha polis mavjud bo‘lganda oldindan haq to‘lamasdan, akkreditiv ochmasdan yoki bank kafolatisiz xorijiy valyutaga tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun tovarlar, ishlar va xizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 180 kundan;
boshqa eksport qiluvchilar uchun — tovarlar, ishlar va xizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 60 kundan oshmasligi kerak.
15. Eksport kontraktlari bo‘yicha to‘lovlar vakil banklar orqali amalga oshirilgan va vakil bankning bank vositachilik haqi eksport qiluvchining hisob raqamiga tushuvchi mablag‘lar hisobiga to‘lanadigan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki eksport qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
Shuningdek, avans to‘lovlar bo‘yicha mablag‘lar qaytarib berilganda yoki vakil bankning bank vositachilik haqi import qiluvchining mablag‘lari hisobiga to‘langanda import kontraktlari bo‘yicha tovarlar to‘liq yetkazib berilmagan hollarda, u debitorlik qarz sifatida hisobga olinmasligi, balki import qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinishi kerak.
16. Xizmatlar eksportini amalga oshiruvchi va import qiluvchining mamlakatida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlardan (foydadan) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar to‘lagan eksport qiluvchilar o‘zining vakolatli bankiga ushbu soliqlar chet elda to‘langanligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani taqdim etadilar. Bunda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘langan summa kontrakt bo‘yicha debitorlik qarz sifatida hisobga olinmaydi.
Ushbu soliqlar asossiz to‘langanligi, ularning kamaytirilganligi yoki qaytarilganligi holatlari aniqlangan taqdirda kontrakt bo‘yicha debitorlik qarz tiklanishi kerak.
17. Chet eldan valyuta tushumi 30 bank kunidan ortiq kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksport qiluvchilar (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun — 60 bank kuni) belgilangan muddatlar tamom bo‘lgandan keyin:
valyuta tushumi belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablag‘lari summasining 10 foiziga teng;
valyuta tushumi belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — qo‘shimcha ravishda tushmagan valyuta mablag‘lari summasining 20 foiziga teng;
valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechikkanda — qo‘shimcha ravishda tushmagan valyuta mablag‘lari summasining 70 foiziga teng jarima to‘laydilar.
18. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar, vakolatli banklar va davlat bojxona xizmati organlari tegishli axborot TSOYEATga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishi uchun javob beradilar.
tovarlarning miqdori va sifati bo‘yicha amaldagi tavsiflar va assortiment TSOYEATda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiqligi ustidan nazorat qiladilar:
tovarlarning kelib tushishi yoki yuklab jo‘natilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning TSOYEATga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritilishi uchun javob beradilar, ilovalar bilan birgalikda bojxona yuk deklaratsiyalari asosida ma’lumotlarning statistika elektron bazasini tuzadilar, tovarlarni olib kirish va olib chiqish bo‘yicha ma’lumotlarni hamda ular bo‘yicha amalga oshirilgan bojxona to‘lovlarini tahlil etadilar, shuningdek ma’lumotlarning elektron bazasi TSOYEATga o‘z vaqtida qo‘shilishini ta’minlaydilar;
kontrabanda operatsiyalari amalga oshirilishi yo‘llari va mexanizmlarini aniqlash, tovarlar va boshqa moddiy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirilishi hollariga barham berish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi boshqa jinoyatlarni ochish bo‘yicha tezkor-tahliliy va qidiruv chora-tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlaydilar.
20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan tovarlarga narx belgilanishi tendensiyasi ustidan doimiy monitoring olib boradilar. Monitoring natijalari bo‘yicha TSOYEAT ma’lumotlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy saytida elektron shaklda joylashtiriladigan muqobil manbalardan olingan ma’lumotlar asosida import qilinadigan tovarlarga narx ma’lumotlari byulleteni tuziladi.
Import tovarlarning narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning muqobil manbalari sifatida ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki yetkazib beruvchilarning rasmiy e’lon qilinadigan ma’lumotnomalari, byulletenlari, birja kotirovkalari, prays-varaqlardan, ular uyushmalari yoki birlashmalarining yig‘ma narx ma’lumotnomalaridan, tovarlarni ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarining, ularning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan dilerlari yoki distribyutorlarining ma’lumotlaridan, shuningdek narxlar konyunkturasini xolis shakllantiradigan umumiy foydalaniladigan narx to‘g‘risidagi ma’lumotlarning boshqa ishonchli manbalaridan foydalanish mumkin.
21. Byulleten tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining import qilinadigan tovarlarga narx hosil bo‘lishida shakllanayotgan tendensiyalardan xabardorligini oshirish, shuningdek ularni bojxonada rasmiylashtirish tartib-qoidalarini samaraliroq va xolisona amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Byulleten ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilishi kerak.
Byulletendan bojxona organlari baholashda va bojxona qiymatini nazorat qilishda “Bojxona tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda foydalanadi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi o‘zining barcha hududiy bo‘limlari va bojxona postlarini bosma nusxalar bilan, TSOYEATga ulangan taqdirda esa — shuningdek byulletenning elektron versiyalari bilan muntazam ta’minlaydi.
23. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushum qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tushmaganligi yoki to‘liq tushmaganligi yoxud import bo‘yicha tovarlar to‘liq tushmaganligi (ishlar va xizmatlar bajarilmaganligi) (avans to‘lovi qaytarilganligi) holatlari to‘g‘risidagi axborot TSOYEATda shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun TSOYEAT ma’lumotlaridan foydalanadi.
olib kirilayotgan tovarlar bojxona rasmiylashtiriluvidan o‘tkazilishida tovar bojxona qiymatining eksport qiluvchi mamlakatida qayd etilgan tovar qiymatiga nisbatan asossiz oshirilishi maqsadida ishonchsiz ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar bojxona organlariga taqdim etilishi;
tovarlar eksporti oldindan haq to‘lanmasdan, akkreditiv ochilmasdan, xaridorning banki kafolati olinmasdan yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug‘urta qilish polisi rasmiylashtirilmasdan amalga oshirilishi;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda qonun hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda surishtiruv olib boradilar va qonun hujjatlarida belgilangan tegishli chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hududiy bojxona boshqarmalari har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha xo‘jalik yurituvchi subyekt ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha soliq xizmati hududiy boshqarmalarining valyuta va eksport-import operatsiyalari ustidan nazorat qilish bo‘limlari (sho‘balari)ga va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar va ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida axborot taqdim etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunigacha ko‘rsatib o‘tilgan holatlar va ular bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqidagi yig‘ma axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuboradi.
25. Davlat soliq xizmati organlari TSOYEATdan va davlat bojxona xizmati organlaridan olingan axborotni tahlil qiladi hamda pul mablag‘larini chet elga asossiz ravishda o‘tkazish alomatlari aniqlangan taqdirda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining mintaqaviy bo‘linmalariga ushbu kontraktni tuzgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini tekshirishni eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini va soliq haqidagi qonunlarga rioya qilinishini tekshirish uchun navbatdagi yil choragi jadvaliga kiritish to‘g‘risida buyurtmanomalar beradi. Zarurat bo‘lganda tekshirish davlat bojxona xizmati organlari bilan birgalikda o‘tkaziladi.
Huquqni buzish sodir etilganligi holati tasdiqlangan taqdirda soliq organlari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar ko‘riladi va tekshirish materiallari zarur choralar ko‘rish uchun belgilangan tartibda tegishli organlarga beriladi.
26. Davlat bojxona xizmati organlari, vakolatli banklar va TSOYEATga ulangan boshqa idoralar o‘z vakolatlari doirasida tizimdagi mavjud axborotni ruxsat berilmagan foydalanishdan, ma’lumotlarni buzishdan yoki tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak.
Davlat bojxona xizmati organlari, vakolatli banklar va TSOYEATdagi mavjud ma’lumotlardan foydalanadigan boshqa idoralarning rahbarlari va boshqa xodimlari mazkur ma’lumotlarni oshkor qilish, ulardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanish, shuningdek shu jumladan axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalarini buzish oqibatida uchinchi shaxslarning ma’lumotlarni olishiga imkoniyat yaratish huquqiga ega bo‘lmaydilar.
TSOYEATdagi mavjud axborotni himoya qilishning belgilangan qoidalari buzilganligi, ulardan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yoki davlatga zarar yetkazilishiga olib kelgan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanganligi uchun idoralarning aybdor rahbarlari yoki boshqa xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
TSOYEATni texnik qo‘llab-quvvatlash va undan foydalanishni moliyalashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshiradi.
Idoraning — TSOYEATdan foydalanuvchining tashabbusi yoki taklifi bilan TSOYEATni dasturiy ta’minlashga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lgan taqdirda TSOYEATni dasturiy ta’minlashga o‘zgartirishlar kiritishni moliyalashtirish dasturiy ta’minlashga o‘zgartirishlar kiritishning tashabbuskori bo‘lgan idoraning mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
akkreditiv ochish sanasi, tartib raqami, summasi va muddati hamda uning bajarilishi to‘g‘risidagi axborot;
berilgan kafolatning sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, kafilning nomi va kafolat bajarilganligi to‘g‘risidagi axborot;
berilgan sug‘urta polisining sanasi, tartib raqami, summasi va muddati, sug‘urta kompaniyasining nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshidan va 5-bandning yettinchi xatboshidan “vakolatli bankda va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi, 2010-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlarni, shuningdek komponentlar, xomashyo va materiallarni mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarishda texnologik jarayonda foydalaniladiganlar toifasiga kiritish to‘g‘risida xulosalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandi yettinchi xatboshidan “belgilangan tartibda vakolatli bankda hisobga qo‘yilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-dekabrdagi 341-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 95-modda) bilan tasdiqlangan “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida alohida valyuta rejimi faoliyati tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
16. “Navoiy” EIIZ qatnashchilarining eksport va import kontraktlari monitoringini olib borish Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
17. “Navoiy” EIIZ qatnashchilari eksport qilinadigan (import qilinadigan) tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun haq to‘lash va hisob-kitoblarning ular uchun qulay shartlari va shakllaridan foydalanishga haqlidir.
18. “Navoiy” EIIZ qatnashchilarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Eksport qiluvchilar yuklab jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xorijiy valyutadagi tushum ularning hisob raqamlariga o‘z vaqtida va to‘liq tushmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar”.