Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
ROʻZA HAYITNI DAM OLISh KUNI DEB EʼLON QILISh TOʻGʻRISIDA
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar oʻrtasida mehr-oqibatni barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram — Roʻza hayit (“Iyd al-Fitr”)ni bu yil 4-aprel kuni va keyingi yillarda esa Roʻza hayitning birinchi kuni dam olish kuni deb tayinlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 27-mart,
PF-368-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 5-son, 227-modda)