O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Yangi yil bayrami munosabati bilan dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yangi yil bayrami munosabati bilan aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
2012-yil 29-dekabr shanba va 30-dekabr yakshanba dam olish kunlari mos ravishda 2012-yil 31-dekabr dushanba va 2013-yil 2-yanvar chorshanba kunlariga ko‘chirilsin;
2012-yil 29-dekabr shanba va 30-dekabr yakshanba kunlari ish kunlari deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 24-dekabr,
PQ-1886-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 12-son, 370-modda)