LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida:
2010-yil 28-avgust shanba va 29-avgust yakshanba dam olish kunlari 2010-yil 30-avgust dushanba va 31-avgust seshanba kunlariga ko‘chirilsin.