Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.05.1996 07.01.1992 yildagi PF-309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.05.1996
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TELEVIDENIYE VA RADIOEShITTIRISh DAVLAT KOMITETINI OʻZBEKISTON DAVLAT TELERADIOEShITTIRISh KOMPANIYASIGA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 7-may PF-1462-sonli “Oʻzbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” va “Ommaviy axborot vositalari haqida” Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Televideniye va radioeshittirish davlat komitetini qayta tashkil etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Televideniye va radioeshittirish davlat komiteti Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasiga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi Televideniye va radioeshittirish davlat komitetining huquqiy vorisi deb hisoblansin hamda yangi faoliyatining quyidagi asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatini targʻib qilish, bunyodkorlik, respublikaning kelajagi manfaatlarini koʻzlab, uning shitob bilan rivojlanishi va ravnaq topishi uchun jamiyatdagi barcha sogʻlom, ijodiy kuchlarni safarbar etish va birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— haqiqat va adolat tantanasini quvvatlash, Oʻzbekistondagi har bir fuqaroning shaʼni, qadr-qimmatini, qonuniy huquqlari hamda erkinligini himoya qilish, millatlararo munosabatlarda osoyishtalik, hamjihatlikni taʼminlashga, doʻstlik va tinchlikni mustahkamlashga xizmat qilish, millatidan, irqiy mansubligidan, gʻoyaviy va diniy eʼtiqodlaridan qatʼi nazar, kishilarni bir-biriga nisbatan teng, hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— milliy-tarixiy anʼanalarni haqqoniy va xolisona yoritish, respublika aholisini va ayniqsa oʻsib kelayotgan avlodni maʼrifatparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat, taʼlimga, madaniyat va huquqiy bilimdonlikka ishtiyoq ruhida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublikaning iqtisodiy va madaniy turmushidagi voqealarni, muammolarni amaliy tarzda tahlil etish, kamchiliklarni tanqid qilish, ilgʻorlar tajribasini qoʻllab-quvvatlash va ommalashtirish, intizom va tartibni mustahkamlashga, ishlab chiqarishda ijodiy tashabbuskorlikni keng yoyishga, fan va texnika sohasida taraqqiyotni jadallashtirishga, xoʻjalik yuritishning yangi iqtisodiy usullarini joriy etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xalqaro hayotni yoritish, davlatlararo va tashqi iqtisodiy aloqalarni, shuningdek xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash, yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatish ishida faollik koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiy manfaatdorlikni oshirish, ijodiy raqobatni qaror toptirish maqsadida Oʻzbekiston Davlat televideniyesida tijorat asosida ishlaydigan ikkinchi umumrespublika kanali ochilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan bir oy muddat ichida tegishli qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-309-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 93-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 81-modda)