Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 29.11.1991 yildagi PF-295-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKADA DEHQON (FERMER) XOʻJALIKLARINI YaNADA MUSTAHKAMLASh VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT YOʻLI BILAN QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni va aholiga xizmat koʻrsatishni kengaytirish, bozor iqtisodiyotining xoʻjalik tarmoqlari majmuini jadal shakllantirish, dehqon (fermer) xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish va fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun qoʻshimcha sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar uyushmasining, dehqonlar ittifoqining respublikada 1992-yilda dehqon (fermer) xoʻjaliklarini rivojlantirish uchun yer fondini vujudga keltirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari 1991-yilning 20-dekabrigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududlarida paxta va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlari maydonini kamaytirish hisobiga shu maqsadlar uchun ajratiladigan sugʻorma yerlar miqdori toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari dehqon (fermer) xoʻjaliklari va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarni barpo etish uchun fuqarolarga ajratib berilgan qishloq xoʻjalik yerlarini roʻyxatga olishlari, shu maqsadlarda foydalanilmayotgan uchastkalarni olib qoʻyishlari va mazkur fondga topshirishlari zarur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi 1992-yilning 1-yanvariga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat ijroiya qoʻmitalari ishtirokida mazkur masala yuzasidan zarur qarorlarni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun dehqon (fermer) xoʻjaliklariga beriladigan yer uchastkalarining miqdorlarini xalq deputatlari rayon Kengashlari yoki ularning topshirigʻiga binoan rayon ijroiya qoʻmitalari belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon (fermer) xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer uchastkalari kamida 10 yil muddat bilan ijaraga topshiriladi va ijara muddatini yana uzaytirish huquqi beriladi, bunda yerlar birinchi navbatda chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika jamgʻarmasiga hamda erkin sotish uchun oziq-ovqat va boshqa qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetkazib berayotgan, shuningdek yerdan va olingan kreditlardan samarali foydalanayotgan dehqon (fermer) xoʻjaliklarga mazkur jamgʻarmadan birinchi navbatda qoʻshimcha yer uchastkalari beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilayotgan mahsulotning kamida 50 foizini shartnomaviy narxlarda respublika jamgʻarmasiga yetkazib berganlik uchun muqobil tarzda sotish yoʻli bilan dehqon (fermer) xoʻjaliklarini qishloq xoʻjalik texnikasi yoqilgʻi-moylash materiallari, yem-xashak va boshqa resurslar bilan taʼminlash vazifasi iqtisodiyot qoʻmitasi bilan moddiy-texnika taʼminoti organlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon (fermer) xoʻjaliklari yetishtirilayotgan mahsulotning qolgan qismini mustaqil tasarruf etish huquqiga ega va oʻzlarining ishlab chiqarish faoliyati uchun ulgurji va chakana savdoda, davlat va shirkat korxonalari hamda tashkilotlaridan, shuningdek jamoa xoʻjaliklari va davlat xoʻjaliklaridan moddiy-texnikaviy resurslarni monesiz sotib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moddiy-texnika taʼminoti davlat kooperativ qoʻmitasi, “Uzselxozsnabremont”, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni joylarda dehqon (fermer) xoʻjaliklari uchun qishloq xoʻjalik mashinalarini, anjomlar va asbob-uskunalarni ijaraga beruvchi, agroximiya va veterinariya xizmati koʻrsatuvchi davlat-kooperativ punktlarini barpo etishlari, zotli chorva mollarni, koʻp yillik oʻsimliklarning urugʻlari, koʻchatlarini sotib olishda koʻmaklashishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Uzkoopzagottorg”, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni dehqon (fermer) xoʻjaliklarida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qabul qilib olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari, ular bilan oldindan uzoq muddatli oʻzaro manfaatli shartnomalar tuzishlari, tayyorlov punktlari bilan firma doʻkonlari tarmogʻini kengaytirishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dehqon (fermer) xoʻjaliklarini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirayotgan jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari bilan ularning rahbarlarini shaxsan va xizmatda foydalanish maqsadida sotib olish uchun navbatdan tashqari yengil avtomashinalar va mototsikllar ajratib berish, pul va qimmatli sovgʻalar bilan mukofotlash orqali moddiy ragʻbatlantirish tartibini amalda joriy etish zarur deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki dehqon (fermer) xoʻjaliklari va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalariga chorva, parranda, yem-xashak va binokorlik materiallari sotib olish uchun naqd pul bilan kreditlar berish zarur. Naqd pul bilan kredit berish tartibi toʻgʻrisida uch kun muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va tarmoq boshqaruvining oʻzga organlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijroiya qoʻmitalari mehnatkashlarning tadbirkorlik faoliyatida, oʻzlarining xoʻjalik sohasidagi tashabbusini ruyobga chiqarishda faol ishtirok etishlariga butun choralar bilan koʻmaklashishlari, Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasi hamda uning tashkilotlariga oʻzlarining Nizomdagi vazifalarini amalga oshirishlarida ularni qoʻllab-quvvatlashlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tadbirkorlik faoliyatini qaror toptirish va rivojlantirishda amaliy jihatdan moddiy hamda moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmani tuzishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan 2 million soʻm mablagʻ ajratib berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasining ishtiroki bilan bir hafta muddat ichida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi qoidani ishlab chiqib, tasdiqlashi, xoʻjalik faoliyatining mazkur shaklini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, mablagʻlar tushishi manbalari hamda ulardan foydalanish tartibini belgilashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasining, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining, “El” xalqaro uyushmasining, madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar Xalq akademiyasining, Toshkent Iqtisodiyot dorilfununining, “Toshkent” respublika universal birjasining hamda boshqa tashkilotlarning yosh tadbirkorlarga koʻmaklashuvchi Oʻzbekiston respublika uyushmasini tashkil qilish borasidagi tashabbusi maʼqullansin. Bu uyushma yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bilan birlik, tashkiliy, huquqiy, axborot-maslahat masalalari hamda boshqa masalalarni hal qilishga koʻmaklashishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyundagi PF–3760-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 23-son, 201-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shu narsa belgilab qoʻyilsinki, tashqi iqtisodiy ishlar, shu jumladan tovar ayirboshlashga doir ishlar boʻyicha jami hisob-kitoblar Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki orqali yoki buning uchun vakil qilingan respublikaning boshqa banklari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlar chet ellardagi sheriklari bilan oʻzaro manfaatli shirkatchilik aloqalarini oʻrnatishlarida, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotni chetga sotishda, xalq isteʼmoli mollarini, oʻz ehtiyojlari uchun texnika va texnologiya uskunalarini chetdan xarid qilishda ularga koʻmaklashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlar uyushmasiga belgilangan miqdor asosida savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish huquqi berilsin, buning uchun belgilangan tartibda xoʻjalik hisobidagi tashqi savdo tashkiloti barpo etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Davlat bankiga, Oʻzbekiston sanoat-qurilish bankiga, Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat bankiga, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Tadbirkorlar uyushmasi ishlab chiqqan va respublika Hukumati maʼqullagan aniq maqsadni koʻzlovchi dasturlar majmuini roʻyobga chiqarish uchun imtiyozli shartlar bilan kreditlar berish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik korxonalarni barpo etish, ularning faoliyati va davlat tomonidan roʻyxatga olish tartibi haqidagi va xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi Nizomni bir hafta mobaynida tasdiqlasin. Bunda tadbirkorlik faoliyatiga asoslangan korxonalarni roʻyxatga olishning jun tartibi belgilanib, ariza berilgan kundan boshlab 10 kundan kechikmay roʻyxatga olinadigan boʻlsin va bunda zarur hujjatlar ilova qilinsin. Yuridik shaxs maqomini rasmiylashtirmay qonunda taqiqlanmagan yakka tartibdagi tadbirkorlikning barcha turlari bilan shugʻullanish huquqi kengaytirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqon (fermer) xoʻjaliklarini va tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish uchun huquqiy negizni taʼminlaydigan zarur meʼyoriy hujjatlarni yigirma kun muddat ichida ishlab chiqib, tasdiqlashi, eskirib qolgan qoidalarni qaytadan koʻrib chiqishi, soliq solish, bank va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi, korxonalar va kooperatsiya toʻgʻrisidagi respublika qonunlariga qoʻshimchalar kiritish hamda oʻzgartirish yuzasidan takliflar tayyorlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasining Prokuraturasi, Oliy sudi, Oliy hakamlik sudi boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi, mulk egalarining huquqlarini cheklovchi qoidalarni amaldagi qonunlardan chiqarib tashlash toʻgʻrisida bir oy muddat ichida takliflar kiritishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni amalga oshirishga doir aniq ravshan tashkiliy chora-tadbirlarni koʻzda tutuvchi qarorni bir hafta muddat ichida qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 29-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-295-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 9-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 201-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda)