Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1992 17.05.1991 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.1992
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chinni buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekchinni” Oʻzbekiston davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-noyabrdagi 558-sonli “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Engil sanoat birlashmalari va korxonalarini boshqarishni takomillashtirish hamda ularning faoliyati samaradorligini oshirish, xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish maqsadida va Oʻzbekiston SSJ Prezidentining 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tarkibida Toshkent, Quvasoy va Samarqand chinni zavodlari boʻlgan chinni buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekchinni” Oʻzbekiston davlat konserni tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekchinni” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyati Oʻzbekiston SSJning amaldagi qonunlariga, korxonalarning oʻzining va jumhuriyatning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa konsernlar va uyushmalarda qatnashish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Oʻzbekchinni” konserni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ishlab chiqarish-xoʻjalik kompleksi hisoblanadi, yengil sanoat mollari ishlab chiqarish “Oʻzbekyengilsanoat” Oʻzbekiston davlat uyushmasi tarkibiga kiradi. Konsern va uyushma aʼzolari oldida oʻz majburiyatlari va funksiyalarini bajarish yuzasidan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasalarida yigʻma balanslarga, hisob-kitob va boshqa schyotlarga ega boʻladi, ularning huquqiy maqomini belgilovchi “Oʻzbekiston SSJda korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuniga hamda boshqa qonunchilik va normativ aktlarga, shuningdek Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uyushma Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Ustavga muvofiq toʻla xoʻjalik hisobi prinsiplari asosida faoliyat koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi tomonidan unga ajratiladigan xomashyo va moddiy resurslarning fond saqlovchisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konsernga taʼsischilari tomonidan berilgan vakolatlarga muvofiq quyidagilar uning faoliyatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol bozorining talablarini hisobga olgan holda konsernning joriy dasturlarini hamda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini ishlab chiqish, maqsadli kompleks ilmiy-texnikaviy dasturlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratilgan ishlab chiqarish potensialidan foydalanish samaradorligini, ishlab chiqarish texnologiyasi darajasi, mahsulotning sifatini va texnik darajasini oshirish, korxonalarni xususiylashtirish, ijara va kichik korxonalar, firma savdosi tashkil etish asosida xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va koʻpaytirish hamda aholining ularga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar bilan birgalikda moliya mablagʻlaridan, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bozor munosabatlari sharoitida barqaror zararsiz ishlashni taʼminlash boʻyicha amaliy yordam berish. Korxonalarning shartnoma va moliya intizomiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashmalar va korxonalar oʻrtasidagi tarmoq ichida kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishni rivojlantirish, tayyor mahsulotni sotishni muvofiqlashtirish va bunga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va belgilangan tartibda qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqda ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarning kompleks hal etilishini taʼminlash, kadrlar siyosatini olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlari va boshqa organlarda oʻz tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qatnashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xoʻjalik hisobi daromadi (foyda) va nomenklaturadagi mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi birlashmalar va korxonalar faoliyatini baholashning asosiy koʻrsatkichlari deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekchinni” konserni tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar jumhuriyat, oʻz mehnat jamoalari manfaatlaridan va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq isteʼmolchilarining, savdo tashkilotlarining buyurtmalari boʻyicha tegishli mahsulotlar va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydilar, firma magazinlarining tavsiyalaridan foydalangan holda ularni yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar koʻrsatish xarajatlarini, olinadigan foyda miqdorini belgilaydilar, Oʻzbekiston SSJ qonunlari bilan belgilangan normativlar, shuningdek, boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjet bilan hisob-kitoblar qilingandan keyin undan foydalanish masalasini mustaqil ravishda hal etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern kengashi tomonidan belgilagan normativlarga muvofiq foydadan ular bajaradigan funksiyalar uchun, shuningdek markazlashgan rezerv (ehtiyot) jamgʻarmasini tashkil etishga mablagʻlar ajratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxonalar va tashkilotlar vakillarining yigʻilishi (konferensiyasi) “Oʻzbekchinni” konsernini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi, unda konsern Kengashi saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern Kengashiga birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek boshqaruv aʼzolari kiradilar. Kengash boshqaruvni, uning raisi va rais oʻrinbosarlarini saylaydi. Boshqaruv raisi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, shuningdek konsern taftish komissiyasining aʼzolari va uning raisi konsern Kengashi taqdimnomasiga koʻra “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekchinni” konserniga unga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hisobga olgan holda, konsern Kengashi bilan kelishuv boʻyicha oʻzining tuzilmasini, xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasini mustaqil belgilashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. OʻzSSJ Moliya vazirligi, Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki, OʻzSSJ Davlat narxlar qoʻmitasi va “Oʻzbekchinni” konserni bir oy muddat ichida korxonalarning moliyaviy ahvolini tahlil qilsinlar va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, OʻzSSJ Moliya vazirligi, “Oʻzglavlegsnabsbit” “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga “Oʻzbekchinni” konserni uchun oʻzlari taqsimlaydigan nomenklatura boʻyicha konsern korxonalarining rivojlanishi va ishlashi uchun moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslarni ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkil etilayotgan “Oʻzbekchinni” konsernining apparati Paradlar xiyoboni koʻchasi, 5-uydagi OʻzSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “Oʻzbekchinni” konserni birlashmalari va korxonalariga koʻmaklashsinlar hamda ularning rivojlanishi va faoliyatiga doir oʻz vakolatlariga kiruvchi masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 17-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son