Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini Jumhuriyatdan chetga chiqarish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 29-iyundagi 180-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini jumhuriyatdan chetga chiqarish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 29-iyundagi 180-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi “va 1991-yil 20-iyuldagi 196-son qaroriga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Rais I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 1-avgust,
202-son