Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslarni Qurolli Kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlar saflaridan zaxiraga boʻshatish va fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga navbatdagi chaqirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida” va “Muqobil xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1 . Harbiy va muqobil xizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari, chegara va ichki qoʻshinlari saflaridan zaxiraga boʻshatilsin.
2. 1967 — 1975-yillarda tugʻilgan, chaqiriq muddatini uzaytirish huquqiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1994-yilning may-iyun oylarida muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-aprel,
220-son