O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Dehqonchilik sanoati kompleksi korxonalariga va tashkilotlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zdonmahsulot”, “O‘zdavpaxtasanoatsotish”, “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” tizimlari korxonalari va tashkilotlarining normal ishlashlari, ular moddiy-texnika va xom ashyo resurslarini yetkazib beruvchilar bilan o‘z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarar qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2 yil muddatga yiliga 5 foiz ushlab qolish sharti bilan Moliya vazirligiga aylanma mablag‘larni ko‘paytirish uchun 95,8 mlrd so‘m miqdorida maqsadli kredit resurslarini berish tavsiya qilinsin.
Moliya vazirligi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shartlarda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun “O‘zdonmahsulot” davlat konserniga –– 37,4 mlrd so‘m, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” davlat uyushmasiga –– 48,0 mlrd so‘m va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserniga –– 10,4 mlrd, so‘m kredit resurslarini bersin.
2. “O‘zdonmahsulot” davlat konserni, “O‘zdavpaxtasanoatsotish” davlat uyushmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat” konserni moddiy boyliklar uchun yetkazib beruvchilar bilan o‘z vaqtida hisob-kitoblarni amalga oshirishni taminlasinlar, tasarruflaridagi korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rsinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 1-oktabr,
479-son