11.12.2013 yildagi 21-son
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida konstitutsiyaviy normalarga muvofiq bolaning oilada tarbiyalanishi oila qonunchiligining ustuvor tamoyillaridan biri sifatida tan olingan.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Oila kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi va sudlar tomonidan mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda kelib chiqayotgan savollarni tushuntirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-sentabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi nizomga (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) muvofiq voyaga yetmaganlarga nisbatan vasiylik va homiylik funksiyalarining amalga oshirilishi tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu’balariga yuklatilganligini inobatga olib, farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyati aynan shu organning zimmasiga yuklatilishini nazarda tutish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qonun bilan himoyalangan farzandlikka olishning sir saqlanishini ta’minlash (Oila kodeksi 153-moddasi) maqsadida sudlarning e’tibori mazkur toifadagi ishlar, shu jumladan farzandlikka olishni bekor qilish va haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlar ham, yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishiga va bu masala ishni sudda ko‘rishga tayinlash haqidagi ajrim bilan hal etilishi lozimligiga qaratilsin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ularga ma’lum bo‘lgan farzandlikka olish bilan bog‘liq ma’lumotlarni sir saqlashlari zarurligi, shuningdek farzandlikka olish sirini farzandlikka bola oluvchilarning yoki vasiylik va homiylik organining erkiga qarshi oshkor qilganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 125-moddasiga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirilishlari lozim. Bu harakatlar sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi va mazkur shaxslar tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi. Fuqarolik ishi yopiq sud majlisida ko‘rilishi to‘g‘risida sud majlisi bayonnomasida va hal qiluv qarorida ko‘rsatiladi.
8. Oila kodeksining 167-moddasiga muvofiq farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishini qayd etish daftariga zarur o‘zgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning vujudga kelgan vaqti hisoblanishi sababli bolaning mulkiy huquqlarini (hadya, meros tariqasida yoki xususiylashtirish natijasida vujudga kelgan mulkiy huquqlar va h.k.) himoya qilish to‘g‘risidagi talablar farzandlikka olish haqidagi ariza bilan birgalikda ko‘rilishi mumkin emasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
9. Tushuntirilsinki, Oila kodeksining 159-moddasiga muvofiq bolani farzandlikka olish uchun bola ota-onasining roziligi talab etiladi. Ota-ona bolaning muayyan bir shaxs (shaxslar) tomonidan farzandlikka olinishiga rozilik bildirilishi yoki farzandlikka oluvchilarni tanlash ixtiyorini vasiylik va homiylik organiga havola qilishlari mumkin.
Oila kodeksining 72-moddasiga ko‘ra voyaga yetmagan ota-ona o‘n olti yoshga to‘lishlari bilan ota-onalik huquqlarini mustaqil amalga oshirishga haqli ekanliklarini inobatga olgan holda o‘n olti yoshga to‘lmagan ota-onaning bolasi farzandlikka olinayotganda ularning roziligidan tashqari ota-ona qonuniy vakillarining, qonuniy vakillar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa vasiylik va homiylik organining ham roziligi talab etiladi, Oila kodeksining 160-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Farzandlikka olish to‘g‘risida qaror chiqarilgunga qadar ota-ona o‘z roziligini qaytarib olishga haqli ekanligini inobatga olib, rozilik Oila kodeksi 159-moddasining 3-qismida belgilangan tartibda tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo‘lsa, ularning bolani farzandlikka olinishiga roziligini qayta aniqlash talab etilmaydi. Shu bilan birgalikda, sud ishni ko‘rish vaqtida ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olgan-olmaganligini aniqlamog‘i lozim.
Oila kodeksining 158-moddasiga asosan vasiylik yoki homiylikdagi bolani farzandlikka olish, agar uning ota-onasidan rozilik talab qilinmaydigan bo‘lsa, vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Shu bilan birgalikda sudlar Oila kodeksining 160-moddasida belgilangan hollardagina farzandlikka olishga ota-onaning roziligisiz yo‘l qo‘yilishini inobatga olishlari lozim.
11. Tushuntirilsinki, Oila kodeksi 157-moddasining 1-qismiga muvofiq, agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan bo‘lsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi. Bunday rozilik er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan va er(xotin)ning turar joyi noma’lum bo‘lgan hollardagina talab qilinmaydi.
12. Oila kodeksining 155-moddasi talabiga muvofiq o‘n yoshga to‘lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab etiladi va bunday rozilik berilganligi vasiylik va homiylik organi yoki ishni ko‘rish vaqtida sud tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda, sud bolaga farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari (qarindoshlari bilan ko‘rishish, mulkiy va boshqa nizolar), uning familiyasi, ismi va ota ismi tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlarning o‘zgarishi tushunarli holda bayon qilingan bo‘lishi lozimligiga e’tibor qaratishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
hayotga, sog‘liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar, jinoiy yo‘l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o‘tkazish, tijoratda pora evaziga og‘dirib olish yoxud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oila kodeksi 151-moddasining 1-qismiga muvofiq farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolaning manfaatlarinigina ko‘zlab yo‘l qo‘yilishidan kelib chiqqan holda sudlar, turar joyidan qat’i nazar, farzandlikka olinuvchining qarindoshlari, farzandlikka olinuvchi bola oilasida yashayotgan shaxs, aka-uka, opa-singillarni ular o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar, o‘gay ota va o‘gay ona, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar farzandlikka olishda ustun huquqqa ega ekanliklarini inobatga olishlari lozim.
16. Nazarda tutmoq lozimki, Nizom talablariga muvofiq farzandlikka oluvchilar bo‘lish imkoniyati to‘g‘risida xulosa tayyorlash uchun vasiylik va homiylik organi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma boshqa zarur hujjatlar bilan birga ariza beruvchilarni farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qo‘yish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy Reglamentiga muvofiq xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) ishtirokchilari bo‘lgan davlat fuqarolarining hujjatlari legallashtirilishi talab etilmasligi, balki vakolatli davlat organlari hujjatni imzolagan sifatida ish ko‘rgan shaxsning imzosi haqiqiyligi va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligi tasdiqlanishi kifoya qilishini inobatga olish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oila kodeksining 238-moddasiga muvofiq sud chet el oila huquqining normalarini qo‘llashda mazkur normalarining mazmunini ularning tegishli chet el davlatida rasmiy sharhlanishi va amaliyotda qo‘llanilishiga muvofiq tarzda aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shu bilan birgalikda, farzandlikka olinayotgan bolaning vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolingan hollarda (Oila kodeksi 165-moddasining 3-qismi) ota-onaning aliment to‘lash majburiyatlari tugatilmaydi. Bunday hollarda aliment miqdorini o‘zgartirish, uni to‘lashdan ozod qilish masalalari manfaatdor shaxslarning arizalariga asosan da’vo ish yuritishi tartibida hal etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi Qonuniga muvofiq Oila kodeksi farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish asoslarini nazarda tutmaydi.
Shu bilan birgalikda sudlar, FK 4-moddasining 1-qismiga ko‘ra fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emasligi va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishini nazarda tutmoqlari lozim.
32. Sud tomonidan farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish Oila kodeksining O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi qonuni bilan kuchini yo‘qotgan 168-moddasida ko‘rsatilgan hollarda va faqat shu vaqtga qadar farzandlikka olinganlarga nisbatan: farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qalbaki hujjatlarga asoslangan bo‘lsa; farzandlikka olish soxta bo‘lsa; voyaga yetgan shaxs farzandlikka olingan bo‘lsa; farzandlikka oluvchi shaxs Oila kodeksining 152-moddasiga muvofiq farzandlikka olish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lsa va boshqa hollarda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.