Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Oʻzavtosanoat” AKning Toshkent shahridagi maʼmuriy binolar va inshootlar majmuasini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Oʻzavtosanoat” AK tomonidan maʼmuriy binolar va inshootlar majmuasini qurish va rekonstruksiya qilish xarajatlarini optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Tashgiprogor” OAJ bosh loyihalash tashkilotining “Foton” OAJ yordamchi sexlari binolarining zilzilabardoshlik boʻyicha meʼyoriy talablarga mos kelmasligi va uni mustahkamlash xarajatlarining iqtisodiy jihatdan samarasizligi sababli buzish toʻgʻrisidagi xulosasi;
“Oʻzbekenergo” DAKning “ToshGorPES” OAJning qurilayotgan majmuani zarur hajmlarda elektr taʼminoti bilan taʼminlash uchun “Foton” OAJning mavjud podstansiyasi oʻrniga yangi transformator podstansiyasini qurish toʻgʻrisidagi texnik shartlari.
2. Quyidagilar:
“Tashgiprogor” OAJ, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, “Oʻzavtosanoat” AK va “Foton” OAJning — “Foton” OAJning yordamchi sexlar binolari va transformator podstansiyasini “Oʻzbekgidroenergoqurilish” OAJning “ToshIESqurilish” shoʻba korxonasi bosh pudrat tashkiloti kuchlari bilan ushbu binolarni balans qiymati boʻyicha sotish yoʻli orqali buzish toʻgʻrisidagi takliflariga;
“Oʻzbekenergo” DAK va “Foton” AJning — “Foton” AJga tegishli transformator podstansiyasi uskunalarini belgilangan tartibda “TashGorPES” AJga bepul topshirish;
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va “Foton” AJning — asosiy korpusni oʻz mablagʻlari hisobidan rekonstruksiya qilish, uni qurilayotgan maʼmuriy majmuaning yagona meʼmoriy uslubiga moslashtirish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-dekabr,
319-son