Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.08.2004 yildagi 380-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil hosili paxta xomashyosi yig‘im-terimini o‘tkazishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil hosili paxta xomashyosi yig‘im-terimini o‘z vaqtida va uyushqoqlik bilan o‘tkazish, tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini ta’minlash, yetishtirilgan paxta xomashyosi yig‘im-terimini qisqa muddatlarda o‘tkazganlik uchun qishloq xo‘jaligi korxonalarini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son Farmonini bajarish yuzasidan paxta tolasi uchun jahon bozorida vujudga kelgan narxlar konyunkturasini hisobga olgan holda bir hafta muddatda 2004-yil hosili paxta xomashyosi uchun xarid narxlarini belgilasinlar hamda xarid narxlari preyskurantini va hisob-kitob qilish tartibini paxtachilik xo‘jaliklariga yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalarining paxta xomashyosi yetishtirishni ko‘paytirishdan manfaatdorligini rag‘batlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtirishda bozor prinsiplarini amalga oshirish va uni yetishtirishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-fevraldagi 93-son qarori bilan prognozda belgilangan hajmlardan ortiqcha yetishtirilgan paxta xomashyosi uchun joriy hisob-kitoblar shartnomaviy narxlar bo‘yicha, yagona xarid narxlaridan 20 foiz ortiq bo‘lgan narxlarda amalga oshiriladigan tartib tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2004-yil hosilining ham qo‘lda, ham mashinada terilgan paxta xomashyosi uchun to‘lov miqdori o‘tgan yilgi hosil terimi uchun to‘lov darajasidan kamida 15 foiz yuqori bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagromashservis” uyushmasi paxta xomashyosi terimi uchun tariflarni belgilashda mashina terimini ko‘paytirishni rag‘batlantirishni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalari texnologiya kartalariga muvofiq paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini hisobga olgan holda, shuningdek paxta hosildorligiga hamda moliyaviy imkoniyatlarga qarab terimchilarga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan eng kam narxlardan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan holda haq to‘lanishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zpaxtasanoat” va “O‘zagromashservis” uyushmalari, “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda 2004-yil paxta hosili yig‘im-terimining o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishiga qaratilgan kompleks tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasinlar. Shu yilning 15-avgustiga qadar buning uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy-texnik baza tayyorlanishini tugallasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zkimyosanoat” kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda g‘o‘zani defolatsiya qilishni o‘z vaqtida o‘tkazish uchun defoliantlar bilan ta’minlashda, texnik vositalarni tayyorlashda va zarur miqdordagi samolyotlar ajratishda paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilg‘i-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsinlar va ularning qishloq xo‘jaligi korxonalari, mashina-traktor parklari hamda paxta terimida, paxta xomashyosini transportda tashish va unga ishlov berishda band bo‘lgan boshqa tashkilotlarga ko‘rsatib o‘tilgan ishlarni bajarish uchun zarur hajmlarda uzluksiz yetkazib berilishini belgilangan tartibda tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 10-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380-son