Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.12.2010 yildagi 290-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II faza” loyihasi doirasidagi kreditini samarali o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarni haydash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligi yerlarini ekish ishlariga tayyorlash, fermer xo‘jaliklarining mashina-traktor parklari, shu jumladan muqobil mashina-traktor parklarining yer haydash traktorlariga bo‘lgan ehtiyojini yanada to‘liq qondirish, shuningdek Xalqaro taraqqiyot uyushmasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II faza” loyihasi doirasidagi kreditidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II faza” loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot uyushmasi krediti (keyingi o‘rinlarda XTU krediti deb ataladi) hisobiga “O‘zKeysTraktor” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan 150 ta “New Nolland TS-6070” rusumli yer haydash traktorlari sotib olish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, yer haydash traktorlarini sotib olish “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash. II faza” loyihasini bajarishda qatnashuvchi tijorat banklari orqali milliy valyutada, “Agrobank” va “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banklariga kredit liniyalari doirasida XTU krediti hisobidan ajratilgan tegishli ravishda 3,0 mln AQSh dollari va 2,5 mln AQSh dollari miqdorida xorijiy valyutadagi limitlarni qayta taqsimlash hisobiga ular uchun milliy valyutadagi kredit mablag‘lari limitlarini ko‘paytirgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda 3,0 mln AQSh dollari va 2,5 mln AQSh dollariga teng ekvivalentdagi milliy valyutadagi mablag‘larning davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish uchun respublika budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag‘ ko‘chirilayotgan sanada amaldagi kursi bo‘yicha “Agrobank” va “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banklarining hisob raqamlariga o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agrobank” va “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banklaridan sotib olingan xorijiy valyutadagi jami 5,5 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larning, zarurat bo‘lganda, ulardan O‘zbekiston Respublikasining XTU krediti bo‘yicha tashqi majburiyatlariga xizmat ko‘rsatishda yetishmayotgan qismi uchun foydalanish huquqi bilan depozitga joylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriga “Agrobank” va “Mikrokreditbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banklari bilan tuzilgan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlarni O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-son