O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibidagi o‘zgarish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibidagi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori lavozimi qisqartirilsin.
2. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori lavozimi kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 27-yanvar,
36-son