26.11.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2530
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining qarori, 26.11.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2530
Кучга кириш санаси
02.12.2013
Hujjat 07.12.2017 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 17-son, 209-modda), O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 6-son, 247-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Havo kemalarida pochtani tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ushbu Qoidalar Umumjahon pochta konvensiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 17-son, 209-modda) va O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi va ichki hamda xalqaro havo liniyalari orqali fuqaro havo kemalarida pochta tashish tartibini, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va aviakompaniyalarning huquqlari va majburiyatlarini belgilaydi.
19. Qoplarga joylanmagan holda, shu jumladan, kombinatsiyalangan usulda jo‘natishga qabul qilingan, Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 16-son, 167-modda) qat’iy muvofiq holda o‘rovlangan aviaposilkalarni havo kemalarida jo‘natish uchun qabul qilishga ruxsat etiladi:
20. Ushbu Qoidalar 19-bandining “g” kichik bandida ko‘rsatilgan, shu jumladan, kombinatsiyalangan usulda jo‘natish uchun qabul qilingan aviaposilkalar qutilarga joylashdan tashqari, bir xil mato bilan qoplab tikilishi kerak.
g) ushbu Qoidalarning 19-bandida ko‘rsatilgan posilkalardan tashqari, mato bilan o‘rab tikilmagan, ochiq holatda jo‘natiladigan aviaposilkalarni;
28. Pochtani topshirish ushbu Qoidalarning 1, 2, 3-ilovalaridagi shakllarga muvofiq jo‘natilgan aviapochta uchun yukxatlar bilan rasmiylashtiriladi.
45. Ushbu Qoidalarning 5-ilovasidagi shakl bo‘yicha idoralararo dalolatnoma yoki Cargo-Damage Report (bundan buyon matnda CDR deb yuritiladi), Irregularity Report (bundan buyon matnda IRP deb yuritiladi), ushbu Qoidalarning 6 va 7-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha quyidagi hollarda tuziladi:
51. O‘zbekiston Respublikasi hududining tashqarisiga yuboriladigan va uning hududiga keladigan xalqaro pochta Umumjahon pochta konvensiyasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining boshqa mamlakatlar operatorlari bilan tuziladigan ikki tomonlama kelishuvlari talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan holda, havo transportida tashish uchun topshirilishi kerak.
Xalqaro reyslarda qoplarga joylanmasdan ochiq holatda ushbu Qoidalarning 19-bandida ko‘rsatilgan barcha pochta jo‘natmalari jo‘natilishi mumkin.
55. Xalqaro pochta joylangan qoplar uchun ushbu Qoidalarning 8, 9 va 10-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha quyidagi turdagi CN 35, 36, CP 84 yorliqlar qo‘llaniladi:
58. Xalqaro pochtani topshirish ushbu Qoidalarning 11, 12 va 13-ilovalaridagi shakllar bo‘yicha CN 38, CN 41, CN 47 topshirish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi.
Ikkita nusxasi ushbu Qoidalarning 14-ilovasidagi shakl bo‘yicha CN 45 yukxatlarini berish konvertiga solinadi, bu konvert aviakompaniyaga topshiriladi va reys hujjatlari paketiga solib qo‘yiladi. Pochta tushirish aeroportiga kelishi bilan pochta olinganligi to‘g‘risidagi imzo qo‘yilgan birinchi nusxa depeshalarni tashiydigan aviakompaniyada qoladi. Ikkinchi nusxa pochta bilan birga yukxat yo‘llangan xalqaro pochta almashuv muassasasigacha keladi.
81. Aviakompaniya pochtaning yo‘qolishi, buzilishi (shikastlanishi) uchun Umumjahon pochta konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilgan pochta aloqasi operatorlari, provayderlarining jo‘natuvchilar yoki adresatlar oldidagi javobgarligi miqdorida pochta aloqasi operatorlari, provayderlari oldida javobgar bo‘ladi.
85. Ushbu Qoidalarning 82 va 84-bandlarida belgilangan buzilishlar uchun jarimaga tortish tartibi va uning miqdori qonun hujjatlari va tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
91. Ushbu Qoidalarning 90-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmasdan taqdim etilgan da’vo uni qaytarish sabablari ko‘rsatilgan ilova qilingan hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab o‘n kun muddatda arizachiga qaytariladi. Tegishli hujjatlarsiz taqdim etilgan da’volar da’vo qilish uchun belgilangan muddatni to‘xtatmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
93. Agar da’vo rad etilsa yoki javob ushbu Qoidalarning 92-bandida belgilangan muddatda olinmasa, manfaatdor tomon javob olingan kundan boshlab bir oy ichida yoki shikoyatga javob qaytarish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab, qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudga da’vo qilish huquqiga ega.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2017-yil 28-noyabrdagi 159-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2530-1, 06.12.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 10/17/2530-1/0388-son)
Keyingi tahrirga qarang.

52-sh

DALOLATNOMA

_______________________________________________________________
_______________________________________________________________

(sana, vaqt)

(aeroport nomi)

Ushbu dalolatnoma______________________________________da____

(pochta aloqasi obyekti nomi)

__________________________________________________

ishtirokida

(vakilning familiyasi va lavozimi, aeroport nomi)
20___ y ______________da aviakompaniya tomonidan quyidagilarda (buzilishning aniq

(sana)

xarakteri, havo kemasi raqami, reys raqami, buzilish sanasi va h. k. ko‘rsating) ________

_______________________________________________________________
_______________________________________________________________
_______________________________________________________________

________________________________________________________________________ aks etgan havo transportida pochtani tashish uchun shartnomada belgilang�n talablarning buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida tuzilgan.

Dalolatnoma tekshirish, choralar ko‘rish uchun tuzilgan va moddiy zarar o‘rnini qoplash uchun asos bo‘ladi.

Almashuv punktining smena
boshlig‘i
Aeroport yuk tashish xizmatining smena (dispetcher) boshlig‘i

_________________________

_________________________

(familiyasi, imzo)

(familiyasi, imzo)

Brigadir______________Pochtani qabul-qilish

(imzo)

topshirishga javobgar agent

_________________________

(familiyasi, imzo)

(pochta aloqasi obyekti
taqvim shtempeli yoki
pochta aloqasi operatori, provayderiga berilgan muhr
izi)

(aeroport yuk tashish
xizmati agentining shtamp izi)