Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2000 15.04.1991 yildagi PF-196-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON SSR DEHQONChILIK-SANOAT KOMPLEKSINI MODDIY-TEXNiKAVIY TAʼMINLASh VA TEXNIKANI REMONT QILISh DAVLAT-KOOPERATIV KOMITETINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 31-oktabrdagi PF-2741-son “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasini “Oʻzagromashservis” uyushmasi etib oʻzgartirish toʻgʻrisida” Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kolxozlari, sovxozlari, dehqonchilik-sanoat kompleksi korxonalari va tashkilotlarini hamda shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar egalari uyushmalarining moddiy-texnika va muhandislik taʼminotini tubdan yaxshilash, bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri sharoitida xoʻjalik aloqalarini rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dehqonchilik-sanoat kompleksining Moddiy-texnikaviy va muhandislik taʼminoti bosh boshqarmasi, uning respublika, viloyat, rayonlararo va rayon boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston SSR Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani remont qilish davlat-kooperativ komiteti tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani remont qilish davlat-kooperativ komiteti faoliyati paychilarning yakka va jamoa aʼzoligi, kooperativ, davlat, qoʻshma, ijrochi, xususiy va jamoat tashkilotlari va korxonalari hamda respublika dehqonchilik-sanoat kompleksi sohasida yakka tartibda ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarning ixtiyoriy ishtiroki qoidalari asosida amalga oshiriladi, deb belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani remont qilish davlat-kooperativ komiteti ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida oʻzining toʻla mustaqilligi va huquqiy shaxs maqomini saqlab qolgan holda Ittifoq va respublika davlat, kooperativ va aralash birlashmalari hamda uyushmalariga qoʻshilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikani remont qilish davlat-kooperativ komiteti moliya-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyat bilan bogʻliq barcha masalalarni mustaqil hal qiladi, mahsulot yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar, pudratchilar, budjet bilan hisob-kitob ishlarini amalga oshirish uchun bank muassasalarida pul va xorijiy valyuta hisob varaqalari ochadi, qisqa muddatli va uzoq muddatli qarzdan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston SSR Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnika remonti davlat-kooperativ komiteti zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik-sanoat kompleksi isteʼmolchilarini ishlab chiqarish texnika uchun moʻljallangan mahsulotlar bilan taʼminlash, mahsulot yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar bilan ulgurji savdo va bevosita aloqalar yoʻli bilan sotiladigan mahsulotlarni yetkazib berishga doir ishlarni tashkil etish, shuningdek bitimlar, xoʻjalik shartnomalari hukumatlararo bitimlar asosida mahsulot yetkazib beruvchilar bilan isteʼmolchilar oʻrtasida vositachilik faoliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika dehqonchilik-sanoat kompleksining resurslari imkoniyatlaridan foydalanib, moddiy-texnika vositalarini almashtirish jamgʻarmasini barpo etish, zaxirani vujudga keltirish bozorni barqarorlashtirish fondini barpo etishda qatnashish, isteʼmolchilar bilan ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida tarkib topgan ishlab chiqarish va xoʻjalik aloqalarini quvvatlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik-sanoat kompleksi isteʼmol bozorining ishlab chiqarish texnika uchun moʻljallangan mollar bilan toʻldirilishiga, savdo-vositachi va tijorat tashkilotlari barpo etishga, ulgurji yoyma bozorlar oʻtkazishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dehqonchilik-sanoat kompleksi korxonalari va tashkilotlarining qurilgan va yangilanayotgan inshootlarini zarur materiallar, butlovchi buyumlar va uskunalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma munosabatlari negizida kolxozlar, sovxozlar hamda dehqonchilik-sanoat kompleksi boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari va tashkilotlariga ishlab chiqarish sohasida xizmat koʻrsatishni, texnika va mashina-junalarni remont qilishni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Kabineti Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.X. Joʻrabekov Oʻzbekiston SSR Dehqonchilik-sanoat kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnika remonti davlat-kooperativ komiteti toʻgʻrisidagi qaror va Nizom loyihalarini tayyorlab, Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabinetiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-196-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 113-modda)