Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017 04.05.2000 yildagi PF-2599-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.04.2017
Hujjat 04.05.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SUDYALARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BOʻYIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-apreldagi PF-5007-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlash, sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlarini yanada takomillashtirish, sudyalik lavozimlariga yetuk, bilimdon va pok mutaxassislarni tavsiya etishda qonunchilik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka Komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uning tarkibi va Nizomi 1*, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan farmon va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning asosiy vazifalari sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning demokratik asoslarini takomillashtirish, sudyalarni lavozimlarga tayinlash masalalarini hal etish chogʻida qonunchilik va ijtimoiy adolat kafolatlarini, shuningdek sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlashdan iborat deb belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Farmon qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 30-iyuldagi F-1038-sonli Farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2599-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-may PF-2599-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining faoliyatini tartibga soladi va sud islohotini yanada rivojlantirish hamda demokratik oʻzgarishlarni chuqurlashtirish sohasidagi asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Komissiya respublikada sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish prinsiplarini yanada demokratlashtirish borasidagi siyosatni amalga oshirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi organ hisoblanadi va u sudyalik lavozimiga nomzodlarning munosibligi masalalari yuzasidan xulosalar berish vakolatiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan farmon va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. KOMISSIYANING MAQSAD VA VAZIFALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyaning asosiy maqsadi sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning demokratik asoslarini takomillashtirish, sudyalarni lavozimga tayinlash (ozod qilish) masalalarini hal etish chogʻida qonunchilik va ijtimoiy adolat kafolatlarini, shuningdek sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlarning xoʻjalik sudlari sudyaligi lavozimlariga taqdim etilgan nomzodlarning munosibligini tekshiradi hamda ularning siyosiy, maʼnaviy tayyorgarligini va kasb mahorati darajasini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Komissiya sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari toʻxtatish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqadi. Kadrlarni tanlash boʻyicha ishlar tahlilini umumlashtirish maqsadida sudyalik lavozimlarida ishlagan shaxslarni yangi muddatga taqdim etmaslik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi va Adliya vazirligining xulosalarini oʻrganib, tegishli baho beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KOMISSIYA IShINI TAShKIL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan besh yil muddatga toʻqqiz kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Komissiya raisi komissiyaning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va komissiya zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi boʻlmagan taqdirda, uning vazifasini oʻrinbosari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Ushbu komissiya huquqshunoslik sohasidagi yuqori malakali mutaxassislardan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Komissiya faoliyati komissiya aʼzolarining teng huquqliligi, masalalarni hal etish va xulosalarni qabul qilishda kollegiallik, komissiya vakolatiga kiruvchi masalalarning har tomonlama toʻliq va xolisona hal etilishini taʼminlash prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Komissiya majlislari uning vakolatiga kiruvchi masalalarning tayyorlanishiga qarab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Xizmatining tashabbusi bilan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etgan taqdirda komissiyaning majlisi muxtor huquqli deb, hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisining bayonnomasini huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi tomonidan tayinlanadigan komissiyaning masʼul kotibi olib boradi va komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisida sudyalik lavozimiga nomzod bilan suhbatlashish, taqdim etilgan materiallarni oʻrganish yoʻli bilan uning kasbga munosiblik darajasi, bilim saviyasi, maʼnaviy yetukligi, ichki dunyoqarashi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalani xolisona hal etish maqsadida komissiya zarur hollarda majlisga Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi va Sudyalar uyushmasi vakillarini taklif qilish hamda koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha ularning fikrini eshitishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Qaror komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlarning sudyalik lavozimlariga munosibligi toʻgʻrisidagi komissiyaning qarori xulosa tarzida rasmiylashtirilib, majlisda qatnashgan komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan komissiya aʼzolari xulosani imzolaydi, ularning alohida fikri majlis bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Komissiyaning xulosasi farmoyish loyihasi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Agar komissiya nomzodni sudyalik lavozimida ishlashga yetarlicha tayyor emas, degan xulosaga kelgan hollarda bir yil muddat oʻtgandan keyin nomzod qayta tavsiya etilgan taqdirda ushbu masalani takroran koʻrib chiqishiga yoʻl qoʻyiladi. Bu toʻgʻrisida xulosaga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Komissiyaning xulosasida komissiyaning nomi, tarkibi va majlisning vaqti, masalasi koʻrib chiqilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda unga xos boshqa maʼlumotlar, taqdimnomani kiritgan organning nomi, shuningdek komissiya qabul qilgan qaror koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. KOMISSIYANING VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya quyidagi vakolatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish hamda sudya kadrlarni tarbiyalash borasidagi ishlarni yaxshilash boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimiga taqdim etilgan nomzodning munosibligi toʻgʻrisida xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni oʻrganishning turli usullaridan foydalanadi (suhbatlashish, mustaqil ekspertlar tomonidan sinab koʻrish, topshirilgan muammo boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlash, tezkor savol-javoblar oʻtkazish va hokazolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalikka nomzodlarni tanlab olishning huquqiy negizini takomillashtirish, ularning kasb tayyorgarligini oshirish boʻyicha takliflar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarni tanlash va tayinlash borasida xorijiy ijobiy tajribalarni oʻrganadi hamda komissiyaning ish amaliyotiga tadbiq qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hal etiladigan vazifalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Sudyalar uyushmasi hamda respublikaning huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zimmaga yuklangan vazifalarni amalga oshirish chogʻida adliya, sud hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari (birlashmalari)dan, shuningdek mansabdor shaxslardan zarur qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar toʻliq boʻlmagan hollarda, masalani xolisona echish maqsadida taqdimnomani koʻrib chiqishni keyinga qoldirish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 163-modda; 2001-y., 4-son, 62-modda)