20.08.2013 yildagi 229-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2019
Hujjat 26.08.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmonini bajarish yuzasidan, normativ-huquqiy bazani turkumlashtirish, qurilish jarayoni barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bir-birini takrorlashining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish va monitoringini olib borish bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etilsin.
shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsatnomalar berish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Shaharsozlik kodeksiga muvofiq yer uchastkalari ajratish, shuningdek qurilishga ruxsatnoma berish tartibotlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
2. Ishchi guruh (Zakirov) 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tuzilmaga va tadbirlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti bosqichma-bosqich shakllantirilishini va yangilab borilishini, shu jumladan obyektlar qurilishiga majburiy normativ va texnik talablarni, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibi takomillashtirilishini, shuningdek vakolatli organlar va hamda qurilish jarayoni boshqa subyektlarining samarali o‘zaro hamkorligini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Yagona qurilish reglamentining
tarkibi
Ishlab
chiqish muddatlari
Kelishish uchun Ishchi guruhga kiritish
muddati
Mas’ul bajaruvchilar

II qism. “Shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ baza”

Tashkiliy-metodik normalar, shu jumladan loyihalash va qurish uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni bajarish, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini va texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlash.

2013-yil
avgust

2014-yil 1-yanvar

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
loyihalash tashkilotlari

Zamin va poydevorlarni, binolar va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini, shuningdek muhandislik uskunalari tarmoqlari va tizimlarini loyihalashning texnik normalari.

2013-yil
sentyabr
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
loyihalash tashkilotlari

Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish qoidalari va texnologiyasi, qurilish yo‘nalishlari va turlari bo‘yicha ajratgan holda.

2013-yil
oktyabr
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi,
loyihalash tashkilotlari

Smeta normativlari, shu jumladan qurilishda va qurilish mashinalari, mexanizmlari va asbob-uskunalaridan foydalanishda smeta normalarining resurs elementlari.

2013-yil
noyabr
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiy
islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi

Qurilishda ishlarni amalga oshirishda texnik xavfsizlik qoidalari. Qurilishni tashkil etish va ishlarni amalga oshirish loyihalarini ishlab chiqish qoidalari.

2013-yil
dekabr
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Sanoatgeokontexnazorat”
DI, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qurilish xodimlari kasaba uyushmasi

III qism. “Xo‘jalik-huquqiy munosabatlar va qurilish sohasida davlat tomonidan tartibga solish”

Qurilish jarayoni subyektlarining tadbirkorlik munosabatlari, tadbirkorlik, investitsiya faoliyati va iqtisodiy faoliyat boshqa turlari erkinligining qonun hujjatlarida berilgan kafolatlarini hisobga olgan holda.

2014-yil
fevral

2014-yil 1-iyul

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi

Soliq ma’muriyatchiligi, narxlarni shakllantirish, raqobatni rivojlantirish, qurilish mahsuloti sifati talablariga rioya qilish, loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish va qurilish ishlarini amalga oshirishda davlat-texnika nazorati sohasida davlat tomonidan tartibga solish.

2014-yil
mart
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi,
Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zstandart”
agentligi, Savdo-sanoat palatasi

Mehnatga oid o‘zaro munosabatlar: ish beruvchilar bilan yollangan mehnat resurslari o‘rtasidagi munosabatlar, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan yollangan ishchilarni sug‘urta qilish.

2014-yil
aprel
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Tadbirkorlik subyektlari bilan bozor infratuzilmasi subyektlari, shu jumladan tovar-xomashyo, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjasi, sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar.

2014-yil
may
“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi,
O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo
birjasi, Fond birjasi,
Adliya vazirligi
3. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida va Shaharsozlik kodeksida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasiga muvofiq yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) ajratish tartibida amalga oshiriladi.
7. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent shahrida yer uchastkalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 22-avgustdagi 189-son qarori bilan tashkil etilgan Komissiya bilan kelishgan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari berish amaliyotini o‘rganish bo‘yicha Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent viloyati hududida yer uchastkalari berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qarori bilan tashkil etilgan Komissiya bilan kelishgan holda, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-fevraldagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari berish amaliyotini o‘rganish bo‘yicha Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq kelishilishi va ekologik ekspertizadan o‘tkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasiga muvofiq egalik qilinayotgan, ijaraga berilgan va mulk bo‘lgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) faqat ushbu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilgandan (sotib olingandan) so‘ng amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslardan yer uchastkalari yoxud ularning bir qismi olib qo‘yilgan taqdirda zararlarni qoplash, shuningdek buzilishi lozim bo‘lgan uylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar, inshootlar va ekinlar uchun hisob-kitob qilish “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash miqdorlarini va qoplash summasining hisob-kitobi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari chegaralarini naturaga ko‘chirishga doir ishlarni bajarish tartibi, muddatlari va qiymati ushbu Reglamentning 14-bandida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilanadi.
23. Loyiha-qidiruv ishlarini bajarishda subyektlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek boshqa qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Shaharsozlik kodeksining 27-moddasiga muvofiq obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Ushbu bandning birinchi xatboshi talablari tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan moliyalashtirishning boshqa manbalari ushbu qoidalardan istisno hisoblanadi.
47. Shaharsozlik kodeksining 54-moddasiga muvofiq obyektlarni qurishga ruxsatnoma “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining tegishli tarkibiy bo‘linmasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
53. Buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
57. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksida, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi.
58. O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksining 14-moddasiga muvofiq buyurtmachilar (quruvchilar) loyihalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirishga va qurilish sifati ustidan texnik nazorat qilishga, shuningdek shaharsozlik qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda obyektni qurish (rekonstruksiya qilish)ga doir shaharsozlik hujjatlarining amalda tatbiq etilishi yuzasidan mualliflik nazoratini ta’minlashga majbur.