O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Dengiz kemachiligi xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘ayriqonuniy aktlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyaga ushbu Konvensiya 6-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan barcha hollarda Konvensiyaning 3-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlar ustidan O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasini o‘rnatgan holda qo‘shilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
132-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 224-modda)