LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 1998 — 2000-yillarga mo‘ljallangan Dasturiga muvofiq, shuningdek, kapital qurilishda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, qurilish sohasidagi boshqaruv tuzilmalarini monopoliyadan chiqarish va ixchamlashtirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish maqsadida:
1. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, tegishli qurilish korporatsiyasi, uyushmasi va birlashmasi muassislarining quyidagilarni tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ qurilish birlashmasi — “O‘zdehqonchilikqurilish”;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ korxonalari uyushmasi — “O‘zjamoaqurilish”.
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi ikki hafta muddatda “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasini, “O‘zdehqonchilikqurilish” birlashmasini va “O‘zjamoaqurilish” uyushmasini tugatish bo‘yicha belgilangan tartibda tugatuvchi komissiyalarni tuzsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, tugatilayotgan “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi, “O‘zdehqonchilikqurilish” birlashmasi va “O‘zjamoaqurilish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi pudrat qurilish trestlari, boshqarmalar, birlashmalar, sanoat va transport korxonalari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil yuridik shaxslar sifatida saqlab qolinadi va ular xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
3. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni o‘tkazilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tegishli hududiy komissiyalar bilan birga ikki hafta muddatda hududlar bo‘yicha qurilish tashkilotlari tizimi va tuzilmasini takomillashtirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda ortiqcha bo‘g‘inlar va bo‘linmalarni tugatishni, ishlab turgan pudrat qurilish tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini ma’qullangan namunaviy boshqaruv tuzilmasiga muvofiq holga keltirishni, keng ko‘lamda aksiyalashni ta’minlangan holda ularni tashkiliy-huquqiy shakllari bundan buyon ham o‘zgartirib borilishini nazarda tutsin.
tegishli loyiha hujjatlari bo‘lmagan va moliyalash manbalari tasdiqlanmagan obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘ymasinlar, qurilish qiymati oshib ketishiga olib keladigan unumsiz xarajatlarini keskin qisqartirish choralarini ko‘rsinlar;
obyektlar qurilishiga, shu jumladan obyektlarni to‘liq qurib topshirish sharti bilan, buyurtmalarni tender (tanlov) asosida joylashtirish tizimi keng joriy etilishini ta’minlasinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy qurilish firmalari, kichik pudrat qurilish tashkilotlari barpo etish va ularning faoliyat ko‘rsatishiga, pudrat ishlari bozori, qurilish mollari ulgurji bozorlarini shakllantirishga butun choralar bilan ko‘mak bersinlar.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi davlat korporatsiyasi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”)ni tashkil qilishi to‘g‘risida” 1992-yil 25-dekabrdagi PF-519-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.