21.03.2000 yildagi PF-2564-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.09.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BANK TIZIMINI YANADA ERKINLASHTIRISH VA ISLOH QILISH BORASIDAGI CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklarining mustaqilligini oshirish hamda ularni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish, dehqon, fermer xoʻjaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini kreditlashni kengaytirish, banklarning omonatchilari manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek banklar bilan ularning mijozlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish, xorijiy banklar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
(Kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PF-5189-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xorijiy banklarning tajribasini hisobga olgan holda oʻz sarmoyasini va jalb etiladigan mablagʻlar hajmini muttasil koʻpaytirib borish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish, shuningdek iqtisodiyotning real tarmogʻi, avvalo, kichik biznesni kreditlash shakllari, turlari va miqdorlarini kengaytirish tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznesning rivojlanishini kreditlashga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlarini koʻpaytirish borasida tijorat banklarining faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 1-aprelidan boshlab Markaziy bankning oʻzgaruvchan qayta moliyalash stavkasini belgilash mexanizmini joriy etish, uni inflyatsiya darajasining surʼati, pul bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda oy sayin oʻzgartirib borish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi surʼatini hisobga olgan holda tijorat banklariga ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalariga beriladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarini kamaytirish tavsiya etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning jalb etiladigan muddatli omonatlari (depozitlari) boʻyicha Markaziy bankning qayta moliyalash boʻyicha amaldagi stavkasining kamida 75 foizi miqdorida, jismoniy shaxslarning depozitlari boʻyicha esa kamida 50 foizi miqdorida foiz stavkalarini belgilashlari maqsadga muvofiq deb hisoblansin, bunda oʻz vaqtida jalb etilgan depozitlar boʻyicha depozit bitimining amal qiladigan butun muddati mobaynida oʻzgarmas foiz stavkalari saqlab qolinishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga bir oy muddatda quyidagilar tavsiya etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning boʻsh mablagʻlari, shuningdek xorijiy banklar va moliya institutlarining mablagʻlari qoʻshimcha ravishda jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik va oʻrta korxonalarini kreditlashga yoʻnaltiriladigan oʻz mablagʻlarini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish maqsadida tijorat banklarining Markaziy bankdagi zaxiralaridan omilkorlik bilan hamda oqilona foydalanish mexanizmini ishlab chiqib, joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, respublikada tajriba tariqasida tijorat banklarining ishonchliligi va likvidligi darajasini reyting usulida baholashni joriy etish taklifini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Banklari uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Moliya vazirligi, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklarning respublikadagi vakolatxonalari bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga bank va moliyaviy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha xalqaro Markazni tashkil etish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va pul bozorlarining talab va takliflarini oʻrganish, pul muomalasining, milliy valyuta barqarorligining, moliya-bank tizimini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-bank tizimini isloh qilish siyosatini takomillashtirish, uning koʻproq ochiq-oydinligini taʼminlash, iqtisodiyotda toʻlovlar va hisob-kitoblar mexanizmini mustahkamlash, valyuta siyosatini erkinlashtirish, respublikada eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar va moliya institutlarining xalqaro mustaqil auditi natijalari asosida ishonchlilik, likvidlik, daromadlilik koʻrsatkichlari boʻyicha ularning muntazam reyting bahosi berib borilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kompaniyalar va banklarga Oʻzbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini investitsiyalash hamda ularning respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlari va istiqbollari boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklariga aholidan, dehqon va fermer xoʻjaliklaridan qishloq xoʻjalik mahsulotlari xarid qiluvchi tayyorlov tashkilotlariga mahsulot topshiruvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun tuzilgan shartnomalarda koʻzda tutilgan narxlarga va yetkazib berish muddatlariga muvofiq ulardan amalda xarid qilingan mahsulot hajmining 100 foizi miqdorida naqd pul mablagʻlari berishga ijozat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda tijorat banklari tomonidan tayyorlov tashkilotlariga naqd pul mablagʻlarini berish hamda ulardan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayyorlashning oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda aholidan, dehqon va fermer xoʻjaliklaridan xarid qilinadigan shunday mahsulotlar uchun hisob-kitob qilishda foydalanish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 29-sentabrdagi PF-3664-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 39-son, 295-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari aholidan dastlabki omonatni qabul qilgan bank filiali qayerda joylashganidan qatʼi nazar, shu bankning barcha filiallari tomonidan aholining omonatlari boʻyicha mijozning birinchi talabiga koʻra naqd pul mablagʻlari cheklanmagan tarzda berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Banklari uyushmasining “Omonat himoya” sugʻurta Jamgʻarmasi negizida aholi jamgʻarmalari jamoa sugʻurta Jamgʻarmasini tuzib, uning ustav sarmoyasini 500 million soʻmga qadar yetkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar aholi omonatlari jamoa sugʻurta Jamgʻarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining bank va moliya tizimiga ishonchini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omilkor va samarali sugʻurta tizimlarini ishlab chiqib, joriy etish negizida banklarning aholi omonatlari boʻyicha javobgarligining yetarli sugʻurta himoyasini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarni ishonchli yuqori likvidli davlat va korporativ qimmatli qogʻozlar hamda bank depozitlariga sarmoyalashning eng maqbul strategiyasini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki, Oʻzbekiston Banklari uyushmasi bir oy muddatda aholi omonatlari jamoa sugʻurta Jamgʻarmasining sarmoyasini shakllantirish tartibi va faoliyatini belgilab beruvchi meʼyoriy hujjatlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib, bunda jamoa sugʻurta Jamgʻarmasi “Omonat himoya” sugʻurta jamgʻarmasining mablagʻlari hamda tijorat banklarining qoʻshimcha badallari hisobiga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilishini belgilab qoʻysinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank aktivlari, shu jumladan kreditlar portfelini shakllantirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklar tadbirkorlikka oid tavakkallikka taalluqli boʻlib, ularni boshqarish tijorat banki rahbariyatining vakolatiga kiradi. Tijorat banklarining tavakkalchiliklarini boshqarish ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklaridagi omonatlarga jismoniy shaxslar tomonidan qoʻyiladigan mablagʻlarning manbalari deklaratsiya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirliklar va idopalap, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining tijorat banklari va ularning filiallari faoliyatiga, shu jumladan filiallarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishlari, bank mablagʻlari hisobidan turli xil toʻlovlar va badallarni talab qilishlari man etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza etuvchi organlarning bank-kredit portfeli va aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish boʻyicha banklarning faoliyatiga aralashishlari taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmonning ijrosi yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 21-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2564-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 110-modda; 2002-y., 4-5-son, 95-modda; 2002-y., 10-11-son, 189-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 172-modda; 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 39-son, 295-modda)