Oldingi tahrirga qarang.
Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklarining mustaqilligini oshirish hamda ularni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish, dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini kreditlashni kengaytirish, banklarning omonatchilari manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, shuningdek banklar bilan ularning mijozlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish, xorijiy banklar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida:
(Kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tijorat banklari o‘z foydasining 25 foizga qadar miqdorini ajratish yo‘li bilan banklarda ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarini, dehqon va fermer xo‘jaliklarini, yuqori texnologik va innovatsiya loyihalarini Imtiyozli kreditlash maxsus jamg‘armasini tuzish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Tijorat banklarining Imtiyozli kreditlash maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar berishdan oladigan daromadlari ana shu mablag‘lar mazkur Jamg‘armaning resurslarini ko‘paytirishga maqsadli yo‘naltirilgan taqdirda 5 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinsin.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda mazkur imtiyozli kreditlash maxsus jamg‘armalariga ajratmalarning eng yuqori ko‘rsatkichlarini, maxsus Jamg‘armadan kreditlash tartibini ishlab chiqib, tasdiqlasin, unda kredit tavakkalchiligining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan darajalarini, zaxiralarni shakllantirish tartibini, shuningdek kreditlanadigan loyihalarni tanlab olish mezonlarini ko‘zda tutsin.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom va Tijorat banklari tomonidan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan kredit berish tartibi to‘g‘risida Nizom.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy banklarning tajribasini hisobga olgan holda o‘z sarmoyasini va jalb etiladigan mablag‘lar hajmini muttasil ko‘paytirib borish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish, shuningdek iqtisodiyotning real tarmog‘i, avvalo, kichik biznesni kreditlash shakllari, turlari va miqdorlarini kengaytirish tijorat banklarining eng muhim vazifalari deb hisoblansin.
Kichik biznesning rivojlanishini kreditlashga yo‘naltiriladigan o‘z mablag‘larini ko‘paytirish borasida tijorat banklarining faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000-yil 1-aprelidan boshlab Markaziy bankning o‘zgaruvchan qayta moliyalash stavkasini belgilash mexanizmini joriy etish, uni inflyatsiya darajasining sur’ati, pul bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda oy sayin o‘zgartirib borish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin;
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi sur’atini hisobga olgan holda tijorat banklariga ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalariga beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini kamaytirish tavsiya etilsin;
tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning jalb etiladigan muddatli omonatlari (depozitlari) bo‘yicha Markaziy bankning qayta moliyalash bo‘yicha amaldagi stavkasining kamida 75 foizi miqdorida, jismoniy shaxslarning depozitlari bo‘yicha esa kamida 50 foizi miqdorida foiz stavkalarini belgilashlari maqsadga muvofiq deb hisoblansin, bunda o‘z vaqtida jalb etilgan depozitlar bo‘yicha depozit bitimining amal qiladigan butun muddati mobaynida o‘zgarmas foiz stavkalari saqlab qolinishi lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga bir oy muddatda quyidagilar tavsiya etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh mablag‘lari, shuningdek xorijiy banklar va moliya institutlarining mablag‘lari qo‘shimcha ravishda jalb etilishini rag‘batlantirishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
tijorat banklarining ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik va o‘rta korxonalarini kreditlashga yo‘naltiriladigan o‘z mablag‘larini ko‘paytirishni rag‘batlantirish maqsadida tijorat banklarining Markaziy bankdagi zaxiralaridan omilkorlik bilan hamda oqilona foydalanish mexanizmini ishlab chiqib, joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, respublikada tajriba tariqasida tijorat banklarining ishonchliligi va likvidligi darajasini reyting usulida baholashni joriy etish taklifini ishlab chiqish va tasdiqlash.
4. O‘zbekiston Banklari uyushmasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Moliya vazirligi, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklarning respublikadagi vakolatxonalari bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga bank va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro Markazni tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
moliya va pul bozorlarining talab va takliflarini o‘rganish, pul muomalasining, milliy valyuta barqarorligining, moliya-bank tizimini yanada rivojlantirishning dolzarb muammolari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish;
moliya-bank tizimini isloh qilish siyosatini takomillashtirish, uning ko‘proq ochiq-oydinligini ta’minlash, iqtisodiyotda to‘lovlar va hisob-kitoblar mexanizmini mustahkamlash, valyuta siyosatini erkinlashtirish, respublikada eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
banklar va moliya institutlarining xalqaro mustaqil auditi natijalari asosida ishonchlilik, likvidlik, daromadlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ularning muntazam reyting bahosi berib borilishini tashkil qilish;
xorijiy kompaniyalar va banklarga O‘zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarini investitsiyalash hamda ularning respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishda ishtirok etish imkoniyatlari va istiqbollari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish.
5. Tijorat banklariga aholidan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarid qiluvchi tayyorlov tashkilotlariga mahsulot topshiruvchilar bilan hisob-kitob qilish uchun tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilgan narxlarga va yetkazib berish muddatlariga muvofiq ulardan amalda xarid qilingan mahsulot hajmining 100 foizi miqdorida naqd pul mablag‘lari berishga ijozat etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda tijorat banklari tomonidan tayyorlov tashkilotlariga naqd pul mablag‘larini berish hamda ulardan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlashning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda aholidan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan xarid qilinadigan shunday mahsulotlar uchun hisob-kitob qilishda foydalanish tartibini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan tayyorlov tashkilotlariga naqd pul berish va ulardan aholidan, dehqon va fermer xo‘jaliklaridan xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun hisob-kitob qilishda foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 2-oktabrdagi PF-3143-sonli Farmoniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 10-11-son, 189-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsni tashkil etmagan holda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan, o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotni va xizmatlarni naqd pulsiz hisob-kitob evaziga yetkazib berayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tegishli yil choragi mobaynidagi oborot miqdorida o‘zlarining bank hisob varaqlaridan naqd pul mablag‘larini olish huquqiga egadirlar.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-maydagi PF-3077-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 95-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Tijorat banklari aholidan dastlabki omonatni qabul qilgan bank filiali qayerda joylashganidan qat’i nazar, shu bankning barcha filiallari tomonidan aholining omonatlari bo‘yicha mijozning birinchi talabiga ko‘ra naqd pul mablag‘lari cheklanmagan tarzda berilishini ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining O‘zbekiston Banklari uyushmasining “Omonat himoya” sug‘urta Jamg‘armasi negizida aholi jamg‘armalari jamoa sug‘urta Jamg‘armasini tuzib, uning ustav sarmoyasini 500 million so‘mga qadar yetkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
omilkor va samarali sug‘urta tizimlarini ishlab chiqib, joriy etish negizida banklarning aholi omonatlari bo‘yicha javobgarligining yetarli sug‘urta himoyasini ta’minlash;
mablag‘larni ishonchli yuqori likvidli davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlar hamda bank depozitlariga sarmoyalashning eng maqbul strategiyasini amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki, O‘zbekiston Banklari uyushmasi bir oy muddatda aholi omonatlari jamoa sug‘urta Jamg‘armasining sarmoyasini shakllantirish tartibi va faoliyatini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib, bunda jamoa sug‘urta Jamg‘armasi “Omonat himoya” sug‘urta jamg‘armasining mablag‘lari hamda tijorat banklarining qo‘shimcha badallari hisobiga qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilishini belgilab qo‘ysinlar.
bank aktivlari, shu jumladan kreditlar portfelini shakllantirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklar tadbirkorlikka oid tavakkallikka taalluqli bo‘lib, ularni boshqarish tijorat banki rahbariyatining vakolatiga kiradi. Tijorat banklarining tavakkalchiliklarini boshqarish ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki amalga oshiradi;
tijorat banklaridagi omonatlarga jismoniy shaxslar tomonidan qo‘yiladigan mablag‘larning manbalari deklaratsiya qilinmaydi.
10. Vazirliklar va idopalap, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining tijorat banklari va ularning filiallari faoliyatiga, shu jumladan filiallarning rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishlari, bank mablag‘lari hisobidan turli xil to‘lovlar va badallarni talab qilishlari man etilsin;
nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza etuvchi organlarning bank-kredit portfeli va aktivlarini shakllantirish bilan bog‘liq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish bo‘yicha banklarning faoliyatiga aralashishlari taqiqlansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda mazkur Farmonning ijrosi yuzasidan qaror qabul qilsin.
13. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.