29.05.2013 yildagi 146-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.06.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mis xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash hamda ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli, yuqori qoʻshilgan qiymatli, sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlarida barqaror ravishda talab qilinadigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qayd etilsinki, “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida loyihaning kapital qoʻyilmalar hajmi 35,48 mln AQSH dollariga teng boʻlgan miqdordagi texnik-iqtisodiy asoslashi ishlab chiqilgan va u vakolatli organlarda belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanishga topshirish muddati 2013-yilning IV choragi etib belgilangan “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslashining asosiy texnik parametrlari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar loyihani moliyalashtirishning manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” OAJning 10,28 mln AQSH dollariga teng summadagi oʻz mablagʻlari, jumladan maxsus investitsiya hisob raqamlari mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipoteka bank” ATIBning 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yildan iborat imtiyozli davrga, 6,0 yillik foiz stavkasi bilan berilayotgan 12,27 mln AQSH dollari summasidagi krediti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipoteka bank” ATIBning 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yildan iborat imtiyozli davrga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha berilayotgan 12,93 mln AQSH dollariga teng summada milliy valyutadagi krediti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasi amalga oshirilishini taʼminlash uchun “Olmaliq KMK” OAJ tomonidan quyidagi kompaniyalar bilan:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jiangsu Xingrong Nigh Tech Co., Ltd” (XXR) bilan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 19-iyundagi F–3858-son farmoyishiga muvofiq, umumiy qiymati 9,67 mln AQSH dollari boʻlgan texnologik asbob-uskunalarni yetkazib berish va yigʻish, shef-montaj hamda ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TOSHELECTROAPPARAT” MCHJ XK bilan — umumiy qiymati 3,79 mln AQSH dollariga teng boʻlgan, foydalanishga tayyor holda topshirish shartlari bilan loyihalash, qurish, montaj qilish, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajargan holda elektrotexnika asbob-uskunalarini tayyorlash va yetkazib berish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SAM Bouilding Contracting LLC” (BAA) bilan — umumiy qiymati 5,57 mln AQSH dollari boʻlgan ishlab chiqarish binosining metall va devor konstruksiyalarini, uning uchun asbob-uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish hamda ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish yuzasidan kontraktlar tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Ipoteka bank” ATIBga loyihani amalga oshirish doirasida “Olmaliq KMK” OAJ bilan umumiy summasi 25,20 mln AQSH dollariga teng boʻlgan kredit shartnomalarini bir nafar qarz oluvchi yoki oʻzaro bogʻliq boʻlgan qarz oluvchilar guruhi uchun maksimal tavakkalchilik boʻyicha normativni qoʻllamasdan tuzishga istisno tartibida ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Olmaliq KMK” OAJning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida vujudga kelgan mulkiy kompleks negizida mustaqil yuridik shaxs maqomi bilan “Angren quvur zavodi” unitar korxonasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilayotgan “Angren quvur zavodi” korxonasining ustav fondini unga vujudga kelgan mulkiy kompleksni va “Olmaliq KMK” OAJ tomonidan boshlangʻich aylanma mablagʻlar berish hisobiga shakllantirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Olmaliq KMK” OAJ Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda “Angren quvur zavodi” unitar korxonasining Ustavini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” OAJ “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish, jalb etilayotgan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanilishi uchun masʼul boʻlgan qarz oluvchi va ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jalb etilayotgan kreditni qaytarish va unga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar yangidan tashkil etilayotgan “Angren quvur zavodi” unitar korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga, u davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, “Olmaliq KMK” OAJ hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda “Angren quvur zavodi” unitar korxonasiga mis mahsulotini “Olmaliq KMK” OAJ bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha realizatsiya qilish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Olmaliq KMK” OAJga, istisno tartibida, “Angren” MIZ hududida turli diametrli mis quvurlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 30-sentabrgacha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, subpudrat ishlarini bajarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida respublikaning ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj va boshqa tashkilotlarini jalb etgan holda qurilish-montaj ishlarini oʻz kuchlari bilan amalga oshirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin va koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” OAJning buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalarining rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Olmaliq KMK” OAJning buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarning vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik propiskadan oʻtkazilishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “Olmaliq KMK” OAJning buyurtmanomalariga binoan, koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etish yuzasidan ruxsatnomalarning belgilangan tartibda berilishini (ularning muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 22-son, 284-modda; 2017-y., 15-son, 250-modda)