Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2018 06.09.2000 yildagi PF-2712-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.09.2018
Hujjat 06.09.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TERRORChI GURUHLAR TARKIBIGA ADAShIB KIRIB QOLGAN OʻZBEKISTON FUQAROLARINI JINOIY JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PF-5542-sonli “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonga qoʻshni boʻlgan davlatlar hududidagi terrorchi guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan, ogʻir jinoyatlar sodir etmagan, Vataniga, ota-onasi bagʻriga qaytib, tinch hayot kechirishni niyat qilgan shaxslarga yana bir bor imkoniyat berish, ularning behuda qurbon boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida hamda gumanistik tuygʻu va intilishlardan kelib chiqqan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Turli xil ekstremistik oqimlar taʼsirida chet ellarga ketib, terrorchi guruhlarga qoʻshilib qolgan, qoʻli qonga botmagan, oʻz qilmishidan nadomat chekib, pushaymon boʻlib bosh egib kelgan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Farmon mazkur shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi uchun huquqiy asos boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi ushbu Farmon talablaridan kelib chiqib, terrorchilik, bosqinchilik bilan bogʻliq xavf-xatarlarning oldini olish, xalqimizning tinch hayotini taʼminlash maqsadida oʻz faoliyatini yanada kuchaytirsin. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, mahalliy hokimiyatlar, mahalla faollari hushyorlik va ogohlikni oshirish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borishga jiddiy eʼtibor qaratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi M. Rahmonqulov va Prezidentning Davlat maslahatchisi Oʻ. Komilov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 6-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2712-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 9-10-son, 268-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)