23.05.2013 yildagi PQ-1971-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet tillarini o‘rganishni yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari uchun chet tillari yuqori malakali o‘qituvchilarini tayyorlash darajasi va sifatini yuksaltirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti chet tillari bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimining respublika bazaviy ta’lim va ilmiy-metodik muassasasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tillarini o‘rgatishning zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiyaviy texnologiyalariga ega bo‘lgan umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta’lim muassasalari uchun chet tillari bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchilarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat taqozo qilganda, xalqaro konsultantlarni jalb etgan holda butun uzluksiz ta’lim tizimi uchun chet tillari bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini, o‘quv hamda o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va doimiy tarzda takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzluksiz ta’lim tizimining barcha ta’lim muassasalarida, shuningdek chet tillari bo‘yicha malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash muassasalarida xalqaro tajribani o‘rganish asosida chet tillarini o‘qitishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avvalo pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi profilli oliy o‘quv yurtlari va muassasalarida chet tillari o‘qituvchilari va uslubchilarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-fevraldagi R-3971-sonli farmoyishi bilan tuzilgan Respublika komissiyasi (R.S. Azimov) Universitetga yuklatilgan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda shu yilning 1-avgustigacha Universitetning rahbar kadrlar va professor-o‘qituvchilarini, attestatsiya qilinayotganlarning bilimlarini baholashda yuksak talabchanlik, prinsipiallik hamda xolislik sharoitida attestatsiyadan o‘tkazishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dars berish uchun chet tili mutaxassislarini jalb etishda, shuningdek chet tillari bo‘yicha o‘qituvchi va mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish uchun dunyoning yetakchi universitetlari bilan yaqin aloqani yo‘lga qo‘yishda doimiy asosda ko‘maklashsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yangi o‘quv-ma’muriy binosini va sport majmuasini qurish, shuningdek universitetning mavjud o‘quv binolarini, axborot-resurs markazi va ijtimoiy-maishiy infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011—2016-yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash Dasturiga tegishli tuzatishlar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha qaror qabul qilsin. Unda 2014-yilda yangi o‘quv-ma’muriy bino qurilishini boshlash ko‘zda tutilib, universitet obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi etib O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring kompaniyasi hamda bosh loyiha tashkiloti etib “O‘zog‘irsanoatloyiha” OAJ belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2013-yil va kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlari doirasida maqsadli mablag‘lar, shu jumladan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida qurilish-tiklash va ta’mirlash ishlariga, moddiy-texnik jihozlashga, shuningdek chet tillardagi adabiyotlarni sotib olishga, jurnallar va boshqa davriy nashrlar hamda elektron axborot-kutubxona resurslariga obuna bo‘lishga zarur kapital mablag‘lar limitini ajratishni nazarda tutsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chet tillarni o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida davlat ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan kompyuter texnikasi, maxsus asbob-uskuna va inventarlar istisno tariqasida, 2018-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod qilinsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi taklifni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikromov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1971-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 22-son, 279-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)