Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017 29.03.1999 yildagi PF-2276-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YaNGI TAShKIL ETILAYOTGAN XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLAR FAOLIYATI USTIDAN BANK VA SOLIQ NAZORATINI KUChAYTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PF-5055-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini avj oldirish, ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati uchun real shart-sharoitlarga ega bo‘lgan yangi tadbirkorlik tuzilmalari shakllantirilishini, shuningdek belgilangan hisob-kitob tartibiga rioya etilishini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki, 1999-yilning 1-aprelidan boshlab yuridik shaxs huquqlariga ega yangi tashkil etilayotgan savdo va savdo-vositachilik korxonalarini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar, shaharlar, tumanlarning hokimliklarida ro‘yxatdan o‘tkazish va soliq organlarida hisobga qo‘yish ularda o‘zlarining ustav faoliyatiga mos keladigan savdo maydonlari, omborxonalari hamda asbob-uskunalari, shu jumladan, chakana savdo korxonalari uchun — nazorat-kassa apparatlari yoki ularni xarid qilishga yoxud ijaraga olishga mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur tartibga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek Davlat soliq qo‘mitasining Raisi va hududiy soliq organlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 28-iyundagi 2331-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 6-son, 155-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga binoan, moliya-xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq pul operatsiyalarini bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirmayotgan yuridik shaxslarni belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlar reyestridan chiqarsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zining yuridik manzilgohi o‘zgargani haqida ro‘yxatga oluvchi organga va soliq xizmati organiga o‘n kun muddat ichida ma’lum qilmagan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxslariga soliq organlari tomonidan eng oz ish haqi miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha ma’muriy jarima solinishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi PF-1504-son Farmonining 8-bandi savdo va savdo vositachilik korxonalari uchun o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2276-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 80-modda; 6-son, 155-modda)