Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2018 19.03.1999 yildagi PF-2270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TURKISTON-PRESS” NODAVLAT AXBOROT AGENTLIGINI QOʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi 2018-yil 7-avgustdagi PF-5504-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlarini kengaytirish va erkinligini taʼminlash, ularni bozor iqtisodiyoti hamda demokratik tamoyillar asosida isloh etishni kuchaytirish, shuningdek, Oʻzbekistonning jahon axborot bozoridan oʻziga mos oʻrinni egallashiga erishish, respublika hayoti haqida xolis axborotni dunyoga tezkor tarqatish tizimini yaratish, aholining jahon miqyosidagi axborotlarga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻlaroq qondirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekistonning hukumatga qarashli boʻlmagan ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlaridan iborat tashabbuskor guruhning “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligini tashkil etganliklari maʼqullansin. Agentlikning nizomi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtganligi eʼtiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (E. Gʻaniyev) va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Z. Mirxoʻjayev) “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Agentlikning tegishli hisob raqamlarini ochsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov) Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun 50 million soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agentlik, uning boʻlimlari, filiallari va uning tuzilmasiga kiruvchi korxonalar boʻsh qolgan mablagʻlarni oʻz moddiy-texnika bazasini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirishga va Agentlik xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirish sharti bilan barcha turdagi davlat soliqlaridan, bojxona boji hamda davlat budjetiga oʻtkaziladigan boshqa majburiy toʻlovlardan, shuningdek, valyuta tushumining bir qismini majburiy tarzda sotishdan uch yil muddatga ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligi (K. Toʻlaganov) 1998-yil 1-yanvar holatidagi balans qiymati boʻyicha Toshkent shahri, Xorazm koʻchasi, 51-uy binosidan “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligining ehtiyojiga muvofiq qismini bir oy muddat ichida ajratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, qarorlar va boshqa hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari hamda rasmiy statistik toʻplamlari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligini belgilangan tartibda shahar va hukumat telefonlari, boshqa zarur aloqa kanallari va vositalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maʼlumotlar uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha “UzPAK” korxonasi “Turkiston-press” nodavlat axborot agentligini shartnoma asosida zarur texnika jihozlari bilan taʼminlashda, “Internet”, boshqa tarmoqlar va agentliklar, shu jumladan xorijiy tarmoqlar va axborot agentliklari bilan ulanish, axborotlarni taqdim ztish va xarid qilishida yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2270-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 3-son, 73-modda)