Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2007 30.03.1998 yildagi PF-1982-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.06.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKADA PILLAChILIK SOHASINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-iyundagi PF-3885-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada pillachilik sohasini boshqarishni takomillashtirish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish hamda soha korxonalarining eksport salohiyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, shuningdek, ipakchilik sohasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Pilla” uyushmasini, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasining “Andijon ipagi”, “Xon atlas” va “Kumush tola” aksiyadorlik kompaniyalarini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shoyi” aksiyadorlik kompaniyasi hamda “Pilla-xolding” xolding kompaniyasini oʻz ichiga oladigan “Oʻzbekipagi” mustaqil uyushmasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipakli va aralash gazlamalar ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish korxonalari, shuningdek tabiiy shoyi ishlab chiqarish va qayta ishlash boʻyicha markaziy ilmiy-tadqiqot institutini oʻz ichiga oladigan “Shoyi” aksiyadorlik kompaniyasini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibiga pilla xomashyosi va ipakli kalava ishlab chiqaradigan shoyi toʻqish sanoati, ipak qurti urugʻi tayyorlaydigan zavodlar, xom pillani qabul qilish va dastlabki ishlov berish korxonalari, tutchilik xoʻjaliklari, ipak qurti naslchilik stansiyalari va avtotransport korxonalari, shuningdek, bevosita kompaniyaga boʻysundiriladigan Oʻzbekiston Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti kiradigan “Pilla-xolding” xolding kompaniyasi va uning hududiy aksiyadorlik birlashmalarini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbek ipagi” uyushmasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pilla-xolding” xolding kompaniyasi va “Shoyi” aksiyadorlik kompaniyasining sifatli quruq pilla, pilla xomashyosi va ipak kalava, jahon bozorida raqobatbardosh boʻlgan tabiiy va aralash shoyi gazlamalari ishlab chiqarishning yagona texnologik jarayonini taʼminlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma tarkibiga kiradigan kompaniyalarning korxona va tashkilotlari oʻrtasidagi xoʻjalik va texnologik aloqalarni shartnoma munosabatlari tizimini takomillashtirish yoʻli bilan mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pillachilik sohasida xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish hamda agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyasining yangi tashkiliy shakllarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatli urugʻ va pilla tayyorlash, pillakashlik, ipak yigirish, shoyi toʻqish sohalari boʻyicha ishlab chiqarishga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish borasida yagona texnikaviy va investitsion siyosat yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pillachilik sohasiga, jumladan, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar barpo etish yoʻli bilan, xorijiy sarmoyalar jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipakchilik mahsulotlarini eksport qilish hajmini koʻpaytirish uchun ichki va tashqi bozorning marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, respublika ipakchilik sanoati korxonalari mahsulotlarining jahon bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yangi tutzorlar barpo etilgan maydonlar 3 yil muhlatga yer soligʻidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida mazkur Farmonning bajarilishi boʻyicha qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1982-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 63-modda)