LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mahsulotlarni sotishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, markazlashtirilgan taqsimlash tizimini tugatish, mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnika resurslari olishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish, bozor narxlari shakllantirilishi mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
respublika iste’molchilari o‘rtasida limitlarni taqsimlash tugatiladigan mahsulotlar turlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
maxsus belgilanadigan tartib bo‘yicha sotiladigan moddiy-texnika resurslarining strategik turlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Moddiy-texnika resurslarining strategik turlarini sotishning maxsus tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Mahsulotlarni sotishning bozor mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Paxta tolasini bozor talablaridan kelib chiqib sotish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarori bilan belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
1 va 2-ilovalarga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan jadvallarga muvofiq tegishli moddiy balanslarda ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq yil davomida teng ravishda amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48-50-son, 481-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
birjalar 1 va 2-ilovalarga muvofiq sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha birja narxi kotirovkalarini, kimoshdi savdolarida shakllangan narxlarni esa — savdo yakunlariga ko‘ra har haftada ochiq matbuotda va Internet tarmoqlaridagi o‘z sahifalarida e’lon qilishlari shart;
Oldingi tahrirga qarang.
monopolist korxonalarning 1 va 2-ilovaga kiritilgan mahsulotlari ichki bozorda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotilishi mumkin. Bunda mahsulotlar (davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaxiralarini to‘ldirish va yangilash, davlat buyurtmasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning ichki tarmoq ehtiyojlari uchun, limitlar bo‘yicha iste’molchilarning alohida toifalariga sotiladigan mahsulotlar, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin bundan mustasno) to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha oxirgi sanada e’lon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotiladi;
moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qo‘yilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotilishi mumkin;
(2-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48-50-son, 481-modda)
monopolist korxonalar tomonidan monopol mahsulotlar birja savdolari va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotilgan taqdirda e’lon qilingan cheklangan narxni oshirib yuborganliklari uchun ularga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jazolar qo‘llanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Birja savdolarida (kimoshdi savdolarida) va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotib olingan 1 va 2-ilovalarga muvofiq mahsulotlarga (elektr energiyasi va tabiiy gaz bundan mustasno) shartnomalar haqini oldindan to‘liq to‘lash yoki tovarlarning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qo‘yish shartlarida tuziladi. Bunda birja bitishuvlari sotuvchi va xaridor tomonidan tegishli ravishda birja savdosiga qo‘yilgan tovar umumiy qiymatining va mo‘ljallanayotgan bitishuv hajmining10 foizigacha miqdorda garov ta’minoti to‘langan holda, hisob-kitoblarni hisob-kitob-kliring palatasi orqali o‘tkazib amalga oshiriladi.
(2-bandining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-oktabrdagi 222-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 43-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tabiiy gaz iste’molchilari (aholi, budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, va 5-ilovaga muvofiq korxonalardan tashqari) tuzilgan shartnomalarga muvofiq berilgan tabiiy gaz haqini to‘liq to‘lagan holda, navbatdagi kalendar oy boshlangunga qadar shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 30 foizi uchun avans tariqasida haq to‘laydilar;
budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, va 5-ilovaga muvofiq korxonalar tuzilgan shartnomalarga muvofiq olingan resurslar haqini to‘liq to‘lagan holda, navbatdagi kalendar oy boshlangunga qadar shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 15 foizi uchun avans tariqasida haq to‘laydilar;
( 3-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
aholi iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun oy tugagandan keyin 10 kun mobaynida, hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha yoki belgilangan normativlar bo‘yicha haq to‘laydi.
Belgilab qo‘yilsinki, 5-ilovaga muvofiq korxonalarga haqi to‘lanmaganligi uchun tabiiy gaz berishni qisqartirish belgilangan tartibda energiya bilan ta’minlashning texnologik va avariya broni darajasigacha, tabiiy gaz berishni to‘liq uzib qo‘yish esa — faqat sud qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki, iste’molchilar tomonidan 2-ilovaga kiritilgan, belgilanadigan narxlar bo‘yicha sotib olingan mahsulotdan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va ular qayta sotilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilanadigan narxlar bo‘yicha sotib olingan resurslar iste’molchilar tomonidan qayta sotilishi hollari aniqlangan taqdirda qayta sotishdan olingan daromad budjetga olib qo‘yiladi va olingan daromad summasining 50 foizi miqdorida jarima solinadi, jarimalar summasi budjetga o‘tkaziladi.
(4-bandning ikkinchi xat boshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Resurslarni qayta sotish hollariga yo‘l qo‘ygan korxonalar rahbarlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladilar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, “Ko‘mir” aksiyadorlik birlashmasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasi, “O‘zikkilamchiranglimetall” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zeltexsanoat” va “O‘zpaxtasanoat” uyushmalari, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda bir oy muddatda 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlarning har qaysi turi bo‘yicha mahsulotni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yish va sotishning puxtalashtirilgan tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. Bunda tartibda shartnoma majburiyatlari bajarilishi, o‘z vaqtida haq to‘lanishi va shartnoma intizomini buzganlik uchun jarima belgilanishi ustidan qat’iy nazorat qilish mexanizmi nazarda tutilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi litsenziya bitimlariga muvofiq birja kotirovkalari va kimoshdi savdolari narxlari har haftada ommaviy axborot vositalarida o‘z vaqtida e’lon qilinishi va ularning ishonchliligi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(11—14-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48—50-son, 481-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-sonli “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga saosan 2018-yil 1-yanvardan bekor qilingan.
1. Ushbu Nizom ro‘yxati qarorga 2-ilovada keltirilgan moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibini nazarda tutadi.
2. Moddiy-texnika resurslarining strategik turlaridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari belgilangan tartibga muvofiq tasdiqlanadigan moddiy balanslarda belgilanadi va ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yetkazib berish;
3. Davlat ehtiyojlari tarkibida, moddiy-texnika resurslari spetsifikasiga ko‘ra, budjet tashkilotlarining ularga ajratilgan budjet mablag‘lari doirasidagi ehtiyojlari, belgilangan normativlar va ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida davlat strategik zaxirasini to‘ldirish va yangilash, belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat buyurtmasi hajmlariga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish hisobga olinadi.
4. Mahsulotlar davlat ehtiyojlari, davlat strategik zaxirasi resurslarini to‘ldirish va yangilash, davlat buyurtmasiga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchilarning tarmoq ichidagi ehtiyojlari uchun, iste’molchilarning ayrim toifalariga limitlar bo‘yicha, elektr energiyasi, tabiiy gaz va aviakerosin esa – shuningdek iste’molchilar bilan tuziladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan (e’lon qilingan yoki belgilanadigan) narxlar bo‘yicha sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Amaldagi qonun hujjatlarida monopol mahsulot sifatida belgilangan mahsulotlarni birja (kimoshdi) savdolariga qo‘yish qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narx darajasidagi boshlang‘ich narx bilan amalga oshiriladi.
Mahsulotlar birja va kimoshdi savdolarida talab va taklifning bozor narxlari bo‘yicha sotiladi. Birjalar har haftada ochiq matbuotda va Internet tarmoqlaridagi o‘z sahifalarida sotilgan mahsulotning o‘rtacha birja narxi kotirovkalarini (kimoshdi savdosi narxlarini) e’lon qilishlari shart.
Mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolari orqali sotishda boshlang‘ich narxdan ortiqcha olingan pul mablag‘lari ishlab chiqaruvchi korxonalar tasarrufiga o‘tadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Monopolist korxonalarning mahsulotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek birja (kimoshdi) savdolarida sotiladi. Bunda mahsulotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha oxirgi sanada e’lon qilingan birja (kimoshdi) savdolari kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotiladi, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq sotiladigan mahsulotlar bundan mustasno.
Moddiy balanslarga muvofiq birja (kimoshdi) savdolarida sotishga mo‘ljallangan mahsulotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha faqat birja (kimoshdi) savdolariga qo‘yilgan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida sotilmagan hajmlarda oldingi haftadagi birja savdolarida vujudga kelgan birja savdolari o‘rtacha narxlari bo‘yicha sotilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-noyabrdagi 244-son qarori bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 48—50-son, 481-modda)
7. Monopol mahsulotni birja va kimoshdi savdolari orqali, shuningdek birja (kimoshdi savdolari) kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotadigan monopolist korxonalarga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan e’lon qilingan yoki belgilangan cheklangan narxlarni oshirib yuborganliklari uchun jazolar qo‘llanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Birja savdolarida (kim oshdi savdolarida) va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotib olingan mahsulotlar (elektr energiyasi va tabiiy gaz bundan mustasno) yuzasidan shartnomalar haqini oldindan to‘liq to‘lash yoki yetkazib beriladigan tovarlarning har bir turkumi uchun chaqirib olinmaydigan akkreditiv qo‘yish shartlari bilan tuziladi.
9. Qarorda belgilangan shartlarda haqini to‘lashni yoki akkreditiv qo‘yishni rad etish “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xaridor tomonidan sotuvchi foydasiga to‘lanadigan jarima jazolari qo‘llanishiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Elektr energiyasi (quvvati)ni iste’molchilarga yetkazib berish tuzilgan elektr ta’minoti shartnomalari asosida, elektr energiyasi uchun tegishli tariflar bo‘yicha, budjetdan moliyalashtiriladigan iste’molchilar uchun esa — ajratilgan budjet mablag‘lariga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
11. Elektr energiyasini iste’molchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Elektr energiyasini iste’molchilarning barcha toifalariga (aholidan tashqari) navbatdagi oy uchun yetkazib berish tegishli oy uchun shartnomada nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 30 foizi uchun haq avans tariqasida to‘langandan keyin amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Iste’molchining elektr energiyasi uchun qarzi mavjud bo‘lgan taqdirda uning avans to‘lovlari hisobiga o‘tkazgan mablag‘lari qarzni to‘lashga yo‘naltiriladi va avans to‘lovi sifatida hisobga olinmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Elektr energiyasi uchun to‘lov maishiy iste’molchi tomonidan har oyning 10 sanasigacha, aholidan to‘lovlarni qabul qiluvchi punktlar va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi.
Elektr energiyasi uchun oldindan haq to‘lash qurilmalari mavjud bo‘lgan, hisobga olish hisob-kitob priborlari o‘rnatilgan maishiy iste’molchilar elektr energiyasi uchun to‘lovni oldindan haq to‘lash tartibi bo‘yicha amalga oshiradilar.
Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish oldindan to‘langan haq doirasida amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Iste’molchining aybi bilan elektr energiyasi elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan hajmdan kam iste’mol qilingan taqdirda avans sifatida to‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi va elektr energiyasi uchun keyingi hisob-kitoblarda hisobga olinadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Elektr ta’minoti shartnomalarida (maishiy iste’molchilardan tashqari) hisob-kitob davrida elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilganidan 5 foizdan ortiq miqdorda iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun hududiy elektr tarmoqlari korxonalari foydasiga hisob-kitob davri uchun elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordan ortiqcha jami hajm uchun elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida jarima sanksiyalari to‘lash nazarda tutiladi.
Agar iste’molchining amaldagi yuklamasi yagona elektr energetikasi tizimining eng yuqori yuklamali soatlarida elektr ta’minoti shartnomasida nazarda tutilganidan 5 foizdan ortiq oshib ketsa hisob-kitob davri oxirida amaldagi yuklamaning ortib ketgan jami qismi uchun qayta hisob-kitob qilinadi va belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatilgan elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq to‘langan taqdirda nazarda tutilayotgan o‘zgarishlargacha (joriy oy tugagungacha) 10 kundan kech bo‘lmagan muddatda iste’molchining taklifiga ko‘ra elektr energiyasining shartnomadagi hajmlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda elektr energiyasi kam yoki ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi.
Elektr energiyasining shartnomadagi hajmlarini kamayish tomonga o‘zgartirishlar, oldindan haq to‘lanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 23-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 6-7-son, 53-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Alohida xavfli hamda elektr energiyasining uzib qo‘yilishi texnogen va avariyali oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan uzluksiz texnologik jarayonga ega bo‘lgan sanoat korxonalarida qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda haq to‘lanmaganligi uchun elektr energiyasi yetkazib berilishini cheklash belgilangan tartibda elektr ta’minotining avariya bronigacha, to‘liq uzib qo‘yish esa — faqat sud qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-apreldagi 66-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 14-15-son, 108-modda)
20. Iste’molchilarning barcha toifalariga tabiiy gaz yetkazib berish gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar bilan tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha iste’mol qilish limitlarini belgilamasdan iste’molchilarning buyurtmanomalari asosida, budjetdan moliyalashtiriladigan iste’molchilar uchun esa — ajratiladigan budjet mablag‘lariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Tabiiy gazni iste’molchilarning barcha toifalariga yetkazib berish belgilangan narxlarga muvofiq amalga oshiriladi.
22. Iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini o‘z vaqtida to‘laydigan aholiga tabiiy gaz yetkazib berish cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tabiiy gaz iste’molchilari (aholi, budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, va qarorga 5-ilovada ko‘rsatilgan korxonalardan tashqari) berilgan tabiiy gaz haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq to‘liq to‘lagan holda shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar hajmining kamida 30 foizining haqini navbatdagi kalendar oy boshlangungacha avans tariqasida to‘laydilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, va qarorga 5-ilovada ko‘rsatilgan korxonalar olingan resurslar haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq to‘liq to‘lagan holda shartnomalarda nazarda tutilgan resurslar, aholiga sotiladigan gaz hajmidan tashqari, hajmining kamida 15 foizining haqini navbatdagi kalendar oy boshlangungacha avans tariqasida to‘laydilar.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-oktabrdagi 213-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 414-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
25. Aholi iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmi haqini oy tugagandan keyin 10 kun mobaynida hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari va belgilangan normativlar bo‘yicha to‘laydi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tabiiy gaz iste’molchi aybi bilan shartnomada ko‘rsatilgan miqdordan kam iste’mol qilingan taqdirda avans tariqasida to‘langan mablag‘lar qaytarib berilmaydi, ular keyingi iste’mol qilishda hisobga olinadi.
27. Gaz iste’molchilar tomonidan yetkazib beruvchi bilan kelishib olmasdan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olinishi yetkazib beruvchiga ortiqcha olingan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan va shartnomalarda ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda oshirilgan haq to‘lanishiga olib keladi.
28. Iste’molchining taklifiga ko‘ra mo‘ljallanayotgan o‘zgartirishlargacha 10 kundan kech bo‘lmagan muddatda kiritilgan tabiiy gazning navbatdagi oy (chorak) uchun hajmlari o‘zgartirilishi tabiiy gazning ko‘rsatilgan hajmlari bo‘yicha ortiqcha olish deb hisoblanmaydi.
29. Tabiiy gaz shartnomadagi miqdordan kam berilgan taqdirda iste’molchilar va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar o‘rtasida shartnomalarda “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jarima jazolari nazarda tutiladi.
30. Iste’mol qilishning hisoblangan davri boshlangungacha oldindan haq to‘lashni ta’minlamagan yoki yakuniy hisob-kitob qilishni shartnomalarda belgilangan muddatlarda o‘z vaqtida amalga oshirmagan ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz berish to‘xtatiladi.
Tabiiy gazni, shu jumladan aholiga berishni to‘xtatish shartlari shartnomalar tuzishda nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Iste’molchilar bilan neft bazalari o‘rtasidagi shartnomalarga binoan tartibga solinadigan belgilangan narxlar bo‘yicha:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi ajratilgan limitlarga muvofiq, shuningdek davlat strategik zaxirasini to‘ldirish va yangilash uchun haqi oldindan 100 foiz to‘langan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi uchun qishloq xo‘jaligi iste’molchilariga dizel yonilg‘isi, yetkazib berilgan resurslar haqi 60 kun mobaynida to‘liq to‘langan holda, 60 foizining haqini oldindan to‘lash sharti bilan sotiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13martdagi 42-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 10-11-son, 63-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, shahar yo‘lovchi tashish korxonalariga (avtobuslarda yo‘lovchi tashish uchun) “O‘zbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi tomonidan sotish haqini 100 foiz oldindan to‘lagan holda yoki chaqirib olinmaydigan akkredetiv ostida belgilangan narxlar bo‘yicha buyurtma berilgan ehtiyojga muvofiq neft bazalari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
33. Neft mahsulotlari eksportga, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan balanslarda tasdiqlangan hajmlar doirasida sotiladi.
34. Avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi, mazkur Nizomning 31—33-bandlarida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, yopiq (bozor fondi) va ochiq birja savdolari orqali sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Avtomobil benzini va dizel yonilg‘isiga yopiq birja savdolari O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida tashkil etiladi. Bozor fondi resurslari “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari tomonidan ularning o‘zlarining brokerlik o‘rinlari orqali savdoga qo‘yiladi. Tegishli litsenziyalarga ega bo‘lgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari xaridorlar hisoblanadi.
Yopiq birja savdolarida boshlang‘ich narx neft bazalarining e’lon qilinadigan cheklangan ustamalari qo‘shilgan holda neftni qayta ishlash zavodlarining e’lon qilingan cheklangan narxlari darajasida belgilanadi. Savdo natijalari bo‘yicha shartnomalar neft bazalari va avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari o‘rtasida haqi 100% oldindan to‘lanishi shartlari bilan tuziladi.
Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini aholiga belgilangan narxlar bo‘yicha naqd pulga sotadi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi resurslari tovar-xomashyo birjalarining ochiq birja savdolariga “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari tomonidan ularning o‘zlarining brokerlik o‘rinlari orqali qo‘yiladi. Ochiq birja savdolarida avtomobil benzini va dizel yonilg‘isini xarid qilish respublika iste’molchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali amalga oshiriladi.
Ochiq birja savdolaridagi boshlang‘ich narx neft bazalarining cheklangan ustamalari hisobga olingan holda neftni qayta ishlash zavodlarining e’lon qilinadigan cheklangan narxlari darajasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ochiq birja savdolari natijalari bo‘yicha shartnomalar neft bazalari va bevosita iste’molchilar o‘rtasida haqi 100% oldindan to‘lanishi shartlari bilan tuziladi hamda yetkazib berish va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish shartlarini o‘z ichiga oladi.
Ochiq birja savdolarida sotib olingan avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi qayta sotilishi mumkin emas.
37. Yoqilg‘i mazuti davlat budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga, “Issiqlik manbai” mintaqaviy ishlab chiqarish birlashmalariga, “Toshissiqlikmarkaz” birlashmasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilgan resurslar uchun 60 kun mobaynida to‘liq haq to‘langan holda 30 foizi oldindan to‘lanadigan belgilanadigan narxlar bo‘yicha sotiladi.
38. Respublika iste’molchilari uchun balansda nazarda tutilgan hajmlarda yoqilg‘i mazuti, mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, iste’molchilarga birja savdolari orqali sotiladi. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining neft bazalari savdolardagi sotuvchilar hisoblanadi. Birja savdolarida yoqiladigan mazut respublika iste’molchilarining barcha toifalari tomonidan tegishli brokerlar orqali sotib olinadi.
Birja savdolariga qo‘yiladigan yoqilg‘i mazutining boshlang‘ich narxi e’lon qilinadigan narx darajasida belgilanadi.
39. Balansdagi tasdiqlangan hajmlarga muvofiq ko‘mir sotish budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarga, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga yetkazib berilgan ko‘mir uchun 60 kun mobaynida to‘liq haq to‘langan holda haqi 30% oldindan to‘lanishi sharti bilan boshqariladigan narxlar bo‘yicha ko‘mir sotadigan tashkilotlar bilan tuziladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Ko‘mir, mazkur Nizomning 39-bandida nazarda tutilgan hajmlardan tashqari, tuzilgan shartnomaga muvofiq haqi 100% oldindan to‘langan holda birja savdolari orqali sotiladi. Birja savdolarida ko‘mir qazib oluvchi korxonalar sotuvchilar, viloyat ko‘mir sotish tashkilotlari (aholiga sotish uchun) va respublikaning boshqa iste’molchilari xaridorlar hisoblanadi.
Ko‘mirni birja savdolariga qo‘yishda uning boshlang‘ich narxi belgilangan narx darajasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Paxta linti eksportga tashqi savdo kompaniyalari tomonidan balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-martdagi 79-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 8-9-son, 69-modda)
43. Paxta linti Ko‘rlar jamiyati korxonalariga, Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasiga balanslarda nazarda tutilgan hajmlarga muvofiq, haqi kamida 30% miqdorida oldindan to‘langan va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida to‘liq to‘langan holda preyskurant narxlardan 5% ortiq bo‘lgan narxlar bo‘yicha sotiladi.
44. Paxta linti respublika iste’molchilariga O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali kimoshdi savdolari orqali milliy valyutaga sotiladi. Kimoshdi savdolarida paxta lintining boshlang‘ich narxi preyskurant narxdan past bo‘lmagan darajada belgilanadi.
45. Paxta linti respublika korxonalariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar, ham kimoshdi savdosi natijalari bo‘yicha kamida 30 foizi miqdorida oldindan haqini to‘lash va yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida to‘liq haq to‘lash sharti bilan sotiladi.
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarishi uchun — “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali:
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan mahsulotlar yetishtirish uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga — “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari orqali bevosita birja savdolarida birja narxlari bo‘yicha va mineral o‘g‘itlarni birja savdolarida sotib oluvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji korxonalarga haqi 100% oldindan to‘langan holda sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mineral o‘g‘itlarni sotishning mazkur tartibi davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olinmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotishga tatbiq etilmaydi.
(46-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-apreldagi 204-son qarori bilan to‘rtinchi xatboshi kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 200-modda)
47. Davlat ehtiyojlari uchun shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalariga mineral o‘g‘itlar sotish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari o‘zlarining tumanlararo va tuman filiallari orqali hudud bo‘yicha real talabni o‘rganadilar, buyurtmanomalar to‘playdilar va mineral o‘g‘itlarning aniq turlarini yetkazib berish uchun pirovard iste’molchilar — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalar tuzadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
b) “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining buyurtmanomalarini umumlashtirish asosida har yili, 1-oktabrdan kechikmay respublika viloyatlari bo‘yicha mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyoj prognozini tuzadilar va uni mamlakatimizning ishlab chiqaruvchi korxonalarida mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha kelgusi yilga dasturni o‘z vaqtida tayyorlash uchun “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga taqdim etadilar;
Keyingi tahrirga qarang.
v) ishlab chiqaruvchi korxonalardan mineral o‘g‘itlarni xarid qilish “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan har yili o‘tkaziladigan yarmarka savdolarida ishlab chiqaruvchi korxonalarning e’lon qilingan narxlari bo‘yicha amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
g) mineral o‘g‘itlar yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomaga mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda mahsulotning yetkazib beriladigan har bir turkumi uchun oldindan 30% haq to‘lash shartlarida yetkazib berishning oyma-oy jadvali ilova qilinadi;
d) “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari mineral o‘g‘itlarni pirovard iste’molchilarga — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga yetkazib berishni shartnomalarning ajralmas qismi hisoblangan yetkazib berishning oylik jadvallari asosida amalga oshiradilar. Etkazib berish mahsulot uchun yetkazib berilgandan keyin 60 kun mobaynida uzil-kesil hisob-kitob qilgan holda yetkazib beriladigan mahsulotning har bir turkumi uchun oldindan 30 foiz haqini to‘lash shartlarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Avans to‘lovi va (yoki) yetkazib berilgan mineral o‘g‘itlar uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish kechikishining barcha hollarida mineral o‘g‘itlarni keyingi yetkazib berish qarz to‘liq to‘langungacha to‘xtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bilan qamrab olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga ammiakli selitra sotish “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan, yarmarka savdolari o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi.
(47-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 30-apreldagi 204-son qarori bilan xatboshi kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 200-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
48. Mineral o‘g‘itlar eksportga, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tasdiqlangan balanslardagi hajmlar doirasida sotiladi.
49. Texnologiya ehtiyojlariga mo‘ljallangan mineral o‘g‘itlar balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tuzilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, 100% miqdorida oldindan haq to‘langan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar bo‘yicha sotiladi.
50. Mazkur Nizomning 47, 48, 49-bandlarida sanab o‘tilganlardan tashqari mineral o‘g‘itlar hajmi birja savdolarida 100% oldindan haq to‘langan holda sotiladi.
Mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqaruvchi zavodlar birja savdolarida sotuvchilar sifatida ish ko‘radi. “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari xo‘jaliklarning barcha toifalariga kiruvchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun mineral o‘g‘itlar sotuvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji korxonalar birja savdolarida xaridorlar sifatida ish ko‘radi. Mineral o‘g‘itlarni birja savdolariga qo‘yishdagi boshlang‘ich narx belgilangan (e’lon qilinadigan) narx darajasida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Belgilangan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga ko‘ra xarid qilingan mineral o‘g‘itlar resurslari qayta sotilishi mumkin emas.
Birja savdolarida sotib olingan mineral o‘g‘itlar resurslaridan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.
52. Balansda ajratilgan limitlar bo‘yicha qora metallar prokatini sotish tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun, shu jumladan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar qurish uchun saqlab qolinadi.
Iste’molchilarning ushbu toifalariga qora metallar prokati 100% oldindan haq to‘lagan holda qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan belgilangan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga ko‘ra sotiladi.
Belgilangan narxlar bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga ko‘ra xarid qilingan qora metallar prokati qayta sotilishi mumkin emas.
53. Qora metallar prokati respublikaning boshqa iste’molchilariga birja savdolari (kimoshdi savdolari) orqali balanslarda nazarda tutilgan hajmlarda, shuningdek 100% haqi oldindan to‘langan holda birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari)ning o‘rtacha narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga ko‘ra sotiladi. Qora metallar prokatini birja va kimoshdi savdolariga qo‘yishda boshlang‘ich narx belgilangan (e’lon qilingan yoki qayd etilgan) narx darajasida belgilanadi.
Birja savdolarida sotib olingan qora metallar prokatidan faqat respublika hududida foydalaniladi va ular eksportga yetkazib berilishi mumkin emas.
54. Qora metallar prokati eksportga, qoidaga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan balanslarda tasdiqlanadigan hajmlarda sotiladi.
I. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘yicha | |
1. | Navoiy GRESi |
2. | Sirdaryo GRESi |
3. | Toshkent GRESi |
4. | Yangi Angren GRESi |
5. | Toshkent IEMi |
6. | “Toshissiqlikmarkaz” ishlab chiqarish birlashmasi |
7. | Farg‘ona IEMi |
8. | Talimarjon GRESi |
9. | Muborak IEMi |
10. | Taxiatosh GRESi |
II. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bo‘yicha | |
1. | “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi |
2. | Chirchiq “Elektrkimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasi |
3. | Farg‘ona “Azot” ishlab chiqarish birlashmasi |
Keyingi tahrirga qarang.