Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 05.05.2010 yildagi PF-4216-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuziladigan bitimlarning qonuniyligini taʼminlashga va nizoli holatlarni kelib chiqishidan taraflarni himoya qilishga qaratilgan notariat instituti fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasida alohida oʻrin egallaydi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda notariat faoliyatining zarur normativ-huquqiy bazasi va tegishli huquqni qoʻllash amaliyoti shakllantirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, davlat notariuslari bilan bir qatorda xususiy notariuslarning ham faoliyat koʻrsatishini nazarda tutuvchi amaldagi notariat tizimi ularga yuklatilgan vazifalarni toʻlaqonli amalga oshirilishiga imkon bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy notariuslar faoliyatini oʻrganish va tahlil qilish natijalari notariat institutining obroʻsiga putur yetkazadigan salbiy tendensiyani aniqlab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash joizki, xususiy notariuslar faoliyatini tekshirish jarayonida ular tomonidan qonun bilan belgilangan normalarni jiddiy buzish, shuningdek xizmat vakolatlaridan gʻaraz maqsadlarda foydalanib, suiisteʼmol qilish holatlari aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqatgina foyda olish maqsadini koʻzlash amaliyotda ayrim hollarda xususiy notarial idoralar atrofida kriminogen vaziyatning paydo boʻlishiga olib keldi. Xususiy notariuslar va koʻchmas mulk boʻyicha dallollar, avtotransport dilyerlari oʻrtasida oʻzaro til biriktirish bitimlarning ancha qismini xususiy notariuslarda jamlanishiga, nazorat qilib boʻlmaydigan vositachilik faoliyatining amalga oshirilishiga sharoit yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, faqatgina oxirgi ikki yil davomida yoʻl qoʻygan qonunbuzilishlari uchun 110 nafar xususiy notariuslar turli xil javobgarlikka tortildi. Xususan, 49 nafar xususiy notariusning litsenziyasini amal qilishi toʻxtatildi va tugatildi, 61 nafar xususiy notarius intizomiy va jinoiy javobgarlikka tortildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariat institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi uning rolini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar tizimi 2010-yil 15-maydan eʼtiboran tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning ish yurituvlari va arxivlarini saqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda notarial okrugda notariuslarning sonini aniqlash tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial idoralarning samarali tarmogʻini tuzish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining notariat toʻgʻrisidagi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4216-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 18-19-son, 137-modda)