08.12.1992 yildagi 725-XII-son
Hujjat 27.12.1996 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
4. Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyatining joylardagi vakillik, ijroiya va boshqaruv organlari o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chiqarilgan qonun hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.
5. Sudlar, prokuratura organlari va davlatning boshqa organlari o‘z vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar chiqarilgan qonun hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid kelmaydigan qismiga asosan amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirishga doir ishlarni tashkil etish tartibini belgilasin. Konstitutsiyada nazarda tutilgan barcha qonunlar kelgusi ikki yildan kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Oliy Kengash Rayosati 1993-yil mobaynida Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘risidagi Qonun loyihasini tayyorlasin va uni umumxalq muhokamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 283-I-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 146-modda)