O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
“Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ommaviy harakatlarning chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlar hamda chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlardan, nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi ko‘rsatilgan shaxslardan moliyaviy va o‘zgacha moddiy yordam olishi man etiladi. Bunday yordam olingan taqdirda mazkur mablag‘lar qaytarilishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim”.
“Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi”;
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 2000-yil 26-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 148-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
“Oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti bo‘lgan tovarlar, ishlar (xizmatlar), har qanday mol-mulkka, shu jumladan qimmatbaho qog‘ozlar, valyuta qimmatliklariga, elektr, issiqlik energiyasi va boshqa turdagi energiyaga, transport vositalariga, intellektual mulk obyektlariga nisbatan, tashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlanganlarini istisno etganda, tashqi iqtisodiy faoliyat amalga oshirilishi mumkin”;
Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatidir.
Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan ularni qayta olib kirish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib chiqib ketilishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, tovarlar eksportidir.
Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga ularni qayta olib chiqib ketish to‘g‘risidagi majburiyatni olmasdan olib kirilishi tovarlar importidir.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) eksportidir.
Xorijiy davlatning yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi uchun ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ularning bajarilish (ko‘rsatilish) joyidan qat’i nazar, ishlar (xizmatlar) importidir”;
Tovar importining ko‘payganligiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan muhofaza choralari qo‘llanilishi mumkin.
Demping narxlaridagi tovar importiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan antidemping bojlari qo‘llanilishi mumkin.
Subsidiya bilan ta’minlangan tovar importiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan kompensatsiya bojlari qo‘llanilishi mumkin.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 80-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda) 9-moddasining matnidagi “davlat va jamoat tashkilotlari” degan so‘zlar “davlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari” degan, “jamoat tashkilotlari, komissiyalari” degan so‘zlar “jamoat birlashmalari va komissiyalar” degan, “jamoat fondlari va boshqa” degan so‘zlar esa “hamda boshqa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 157-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 121-modda) 4-bandidagi “20” raqami “o‘n” degan so‘z bilan almashtirilsin.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) 35-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tabiatni muhofaza qilish jamoat fondlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va o‘z faoliyatini amalga oshiradi”.
VI. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 332-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 120-modda):
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar, 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) o‘zbekcha matnining 36-moddasi ikkinchi qismidagi “ishi to‘xtatilgan”, “ishini to‘xtatish” degan so‘zlar tegishincha “ishi tugatilgan”, “ishini tugatish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VIII. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 258-modda) 2-bandidagi “lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tilgan paytdan, ya’ni” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 75-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi.
Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan o‘tkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Fond qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan o‘z ustavida belgilangan maqsadlarga to‘g‘ri keladigan doirada shug‘ullanishi mumkin. Fondning tijorat tashkilotlari ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ishtiroki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning organlarini shakllantirish tartibi uning ustavida belgilanadi.
Jamoat fondining ustavida ushbu Kodeks 43-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilganidan tashqari quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak: fond organlarining tuzilishi, vakolatlari va shakllantirilish tartibi; fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash (saylash) va lavozimidan ozod qilish tartibi; fondning mol-mulkini shakllantirish manbalari; fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari; fond vakolatxonalarini ochish va filiallarini tashkil etish tartibi; fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi; fond tugatilgan taqdirda uning mol-mulkidan foydalanish tartibi; fond ustaviga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish tartibi.
Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham bo‘lishi mumkin.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 299-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘z partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlarning ta’sis yig‘ilishlarida tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va ta’sis hujjatlariga asosan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala bo‘yicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan so‘z berilishi;
tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeriga va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga so‘rov bilan murojaat etish;
Qonunchilik palatasining qo‘mitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish;
Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;
Qonunchilik palatasi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi tarkibiga kiradi.
Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy jihatdan va boshqa xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devoni tomonidan ta’minlanadi”;
Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, nashriyotlar, transport vositalari, shuningdek ustavida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boshqa mol-mulk siyosiy partiyalarning mulki bo‘lishi mumkin.
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalar faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Siyosiy partiyaning tadbirkorlik faoliyati natijalari uning moliyaviy hisobotida aks ettirilishi kerak.
Siyosiy partiyalarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari partiya a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas va ulardan faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Siyosiy partiyalar har yili barchaning e’tibori uchun o‘z budjetlarini e’lon qilib boradi va o‘z faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(XI bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 3-dekabrdagi 713-II-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(XII-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
“O‘zbekiston Respublikasida import boji, eksport boji, mavsumiy va alohida (maxsus, antidemping, kompensatsiya) boj qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 35-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 13-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ham ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 4-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 15-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yashash uchun yaroqli bo‘lgan turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 10-moddasi:
birinchi qismi “amalga oshirilishi mumkin” degan so‘zlardan keyin “xususiy korxonalar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 115-modda):
1) 1-moddasining matni “chet el” degan so‘zlardan oldin “xalqaro hamda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 8-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi “soliq” degan so‘zdan oldin “ro‘yxatdan o‘tkazuvchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir”;
Jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e’tirof etiladi.
Jamoat fondiga uning muassislari (muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan o‘tkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari (muassisi) yoki fond vasiyatnoma bo‘yicha tashkil etilganida vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, fond esa muassislarning (muassisning) yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Jamoat fondining mol-mulkidan fond ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish hamda ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi”;
to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin va undagi “ustav maqsadlariga” degan so‘zlar “ustavda belgilangan maqsadlarga hamda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun vakolatxona yoki filialning asosiy maqsadlari hamda faoliyat ko‘rsatish muddati, shuningdek xodimlarining soni chegarasi ham ko‘rsatilgan ariza ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etiladi. Arizaga asosiy tashkilotning rahbarlik qiluvchi markaziy organi tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar ikki nusxada ilova qilinadi:
asosiy tashkilotni tuzish maqsadlari va vazifalari ko‘rsatilgan holda ustavning hamda ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning belgilangan tartibda legallashtirilgan nusxalari;
asosiy tashkilotning O‘zbekiston Respublikasida vakolatxona ochish yoki filial tashkil etish to‘g‘risidagi qarori (bayonnomasi), unda vakolatxona ochishga (filial tashkil etishga), uning nizomini tasdiqlashga, rahbarini (rahbarlarini) tayinlashga oid belgilangan tartibda legallashtirilgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak;
vakolatxona yoki filial to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan, uni ochishdan (tashkil etishdan) ko‘zlangan maqsadlar va vazifalar ham ko‘rsatilgan, o‘zbek va rus tillaridagi nizom (ustav);
asosiy tashkilot tomonidan vakolatxona yoki filial rahbariga berilgan belgilangan tartibda legallashtirilgan ishonchnoma;
ijaraga beruvchining tegishli binolarni vakolatxona yoki filialga berish to‘g‘risidagi rozilik xati;
vakolatxona yoki filialning rahbari hamda xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, kasbi, yashash joyi hamda telefon raqami ko‘rsatilgan holda;
vakolatxona yoki filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida belgilangan shakldagi deklaratsiya”;
“Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari hamda bunday vakolatxonalarning (filiallarning) xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida biron bir siyosiy faoliyatda va vakolatxona yoki filialning ustavda belgilangan maqsadlariga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa faoliyatda ishtirok etishga haqli emas. Ularning siyosiy partiyalar hamda ommaviy harakatlar tomonidan o‘tkaziladigan amaliy harakatlar va tadbirlarni moliyalashtirishiga, shuningdek bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishiga hamda shunday tashkilotlar tuzishni qo‘llab-quvvatlashiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
8) 33-moddasida “statistika va soliq” degan so‘zlar “ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, soliq va statistika” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyundagi O‘RQ-252-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 24-25-son, 192-modda)
XX. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 217-modda):
1) 9-moddasining ikkinchi qismidagi va 17-moddasining birinchi qismidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitaning” degan so‘zlar “Milliy xavfsizlik xizmatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 25-moddasining ikkinchi qismidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 26-moddasining matni “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlardan oldin “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 28-moddasining to‘rtinchi xatboshisi “vazirliklar” degan so‘zdan keyin “davlat qo‘mitalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;
Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasida boshqa davlatlarning tegishli chegara idoralari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashga doir qismini shakllantirish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi;
XXI. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda):
birinchi qismi “amalga oshirilishi mumkin” degan so‘zlardan keyin “xususiy korxonalar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
XXII. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 15-modda):
1) 8-moddasining birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish yo‘li bilan terrorizmga, shu jumladan xalqaro terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
terrorchilar, terrorchilik guruhlari va terrorchilik tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni to‘playdi hamda tahlil qiladi, ulardan kelib chiqayotgan tahdidning milliy xavfsizlikka qay darajada xavfli ekanligini baholaydi, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga zarur axborotlar taqdim etadi;
terrorchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegarasining himoya qilinishi va qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, o‘q-dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish maqsadida ishlatilishi mumkin bo‘lgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib o‘tilishi oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;
chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlaydi, zararsizlantiradi, qarshilik ko‘rsatilgan taqdirda esa ularni yo‘q qilish choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining alohida muhim va kategoriyalangan obyektlarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat muassasalarini, ushbu muassasalarning xodimlari hamda ularning oila a’zolarini himoya qilishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqlari va xalqaro tashkilot rahbarlarining xavfsizligi hamda qo‘riqlanishini ta’minlaydi;
xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida chet el davlatlarining tegishli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
terrorchilikka qarshi kurashuvchi bo‘linmalarning terrorchilarni, terrorchilik guruhlarini aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish hamda terrorchilik tashkilotlarini tugatish ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
XXIII. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 21-modda):
1) 2-moddasining matnidagi “qurilish va binokorlik materiallari sanoati sohasidagi” degan so‘zlar “loyihalash va qurilish, shuningdek binokorlik materiallari ishlab chiqarish sohasidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 3-moddasining birinchi qismidagi “hududida joylashgan loyihalash, qurilish-montaj ishlarini bajaruvchi” degan so‘zlar “hududida loyihalash, qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Obyektlarni davlat ekspertizasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlari, jumladan ish hujjatlari xususida berilgan ijobiy xulosasiz, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari ro‘yxatidan o‘tkazmasdan va ularning ruxsatnomasisiz qurish —
XXIV. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 11-mayda qabul qilingan “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 82-modda) 12-moddasining ikkinchi qismidagi “Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita bilan” degan so‘zlar “Milliy xavfsizlik xizmati bilan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XXV. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 180-modda) 5- va 8-moddalaridagi “Bosh arxiv boshqarmasi”, “Bosh arxiv boshqarmasining” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “O‘zarxiv” agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXVI. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi va tamg‘alanishi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 17-modda) 7-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (bundan buyon matnda Asillik darajasini belgilash palatasi deb yuritiladi) qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasini aniqlash va tamg‘alash sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Asillik darajasini belgilash palatasi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XXVII. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 63-modda):
1) 14-moddasi uchinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi bo‘yicha mualliflik nazorati olib borilishini ta’minlashlari;
asos bo‘luvchi va ruxsat beruvchi hujjatlar o‘z vaqtida tayyorlanishini va shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanishini ta’minlashlari shart”;
2) 15-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
o‘zlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishib olishlari shart.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin”;
“yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga, belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, davlat standartlariga, qurilish ishlari, binokorlik materiallari va buyumlari sifati hamda texnologiyalariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi”.