26.09.2012 yildagi 278-son
Hujjat 28.09.2015 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 5 ta mintaqaviy markazlarini (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy markaz deb ataladi) hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 15 ta tarmoq markazlarini (keyingi o‘rinlarda tarmoq markazi deb ataladi) tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi faoliyat ko‘rsatayotgan qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari va fakultetlarini tugatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat test markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim dasturlari fanlari bo‘yicha o‘qitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda talabalar bilimlari darajasini, shu jumladan o‘qituvchilar malakasini oshirish natijalariga bog‘liq holda baholash mezonlarini, test vazifalarining ma’lumotlar banki yaratilishini nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Mintaqaviy va tarmoq
markazining nomi

Qayta tayyorlash va malaka
oshirish yo‘nalishlari

Vazirliklar va
idoralarga mansubligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari

1.

Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki; filologiya va tillarni o‘qitish (qoraqalpoq tili).

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.

Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

4.

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5.

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi*

Mintaqaviy yo‘nalishda: Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari

1.

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Energetika; elektr energetikasi; elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari; metallurgiya; materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi; avtomobilsozlik va traktorsozlik; elektronika va asbobsozlik; metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti; texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish; texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari; konchilik ishi; noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish texnika va texnologiyasi; foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi; gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish; neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish; qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi; mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish; xizmatlar ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; texnologiya va jihozlar; neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi; neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi; tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi; havodagi harakatni boshqarish; aviasozlik va havo kemalaridan texnik foydalanish; hayotiy faoliyat xavfsizligi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti; informatika va axborot texnologiyalari; axborot xavfsizligi; kompyuter grafikasi va dizayn; telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”); televideniye, radioaloqa va radioeshittirish; televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”), maxsus yoritish texnologiyalari; pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment; radioelektron qurilmalar va tizimlar, audio-video texnologiyalar; kompyuter texnologiyalari va informatika; kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”); dasturiy injiniring.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

3.

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi*

Matematika; amaliy matematika; tabiiy fanlar; biologiya; fizika; mexanika; astronomiya; kimyo, geografiya; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish; gidrometeorologiya; geologiya; geofizika; tuproqshunoslik; gidrologiya; psixologiya; sotsiologiya; filosofiya; sharq falsafasi va madaniyati; dinshunoslik; jahon siyosati; jurnalistika; arxivshunoslik; tarix; arxeologiya; filologiya va tillarni o‘rganish (tillar bo‘yicha); ijtimoiy ishlar.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

4.

Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Agronomiya; agrokimyo va agrotuproqshunoslik; o‘simliklar himoyasi va karantini; qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi; dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi; zootexniya; yer tuzish va yer kadastri; ipakchilik; o‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish; meva-sabzavotchilik va uzumchilik; qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish; qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish; veterinariya; qishloq xo‘jaligida menejment.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

5.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Kimyoviy texnologiya; organik moddalar kimyoviy texnologiyasi; noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi; biotexnologiya; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi; oziq-ovqat texnologiyasi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi; matematika o‘qitish metodikasi; fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi; kimyo o‘qitish metodikasi; biologiya o‘qitish metodikasi; geografiya o‘qitish metodikasi; informatika o‘qitish metodikasi; tasviriy san’at va muhandislik grafikasi; pedagogika va psixologiya; musiqa ta’limi; o‘zbek tili va adabiyoti; ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha); chaqiriqqacha harbiy ta’lim; milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi; tarix o‘qitish metodikasi; boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish; maktabgacha ta’lim; defektologiya; pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

7.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi

Filologiya va tillarni o‘qitish; xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha); tarjima nazariyasi va amaliyoti.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

8.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi; tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi; matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

9.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Iqtisodiyot; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish;statistika; menejment; kadrlar menejmenti; ijtimoiy soha va inson resurslari menejmenti; marketing; moliya; baholash ishi; bank ishi; soliqlar va soliqqa tortish; buxgalteriya hisobi va audit; jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik; bojxona ishi; sug‘urta ishi; pensiya ishi; mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi; turizm;xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha); mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

10.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Arxitektura; dizayn (turlari bo‘yicha); bino va inshootlar qurilishi; shahar qurilishi va xo‘jaligi; muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji; gidrotexnika qurilishi; ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish; qiymat injiniringi; xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha); qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish; transport inshootlarining ekspluatatsiyasi; avtomobil yo‘llari va aerodromlar; qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish; geodeziya, kartografiya va kadastr.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

11.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika ishi, stomatologiya, farmatsiya (turlari bo‘yicha), san�at farmatsiyasi, oliy hamshiralik ishi, harbiy tibbiyot.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

12.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat; sport faoliyati.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

13.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Bastakorlik san’ati; san’atshunoslik; aktyorlik san’ati; rejissorlik; texnogen san’at; dirijyorlik; vokal va cholg‘u ijrochiligi; rangtasvir; dizayn; grafika; amaliy san’at; haykaltaroshlik; xoreografiya; kino-teleoperatorlik; xalq ijodiyoti; madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish; ijtimoiy-madaniy faoliyat.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

14.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish; suv xo‘jaligi va melioratsiya; suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish; gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

15.

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish fakulteti

Yurisprudensiya; huquqshunoslik.

Adliya vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.