Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 5 ta mintaqaviy markazlarini (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy markaz deb ataladi) hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 10 ta tarmoq markazlarini (keyingi o‘rinlarda tarmoq markazi deb ataladi) tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi faoliyat ko‘rsatayotgan qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari va fakultetlarini tugatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat test markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim dasturlari fanlari bo‘yicha o‘qitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda talabalar bilimlari darajasini, shu jumladan o‘qituvchilar malakasini oshirish natijalariga bog‘liq holda baholash mezonlarini, test vazifalarining ma’lumotlar banki yaratilishini nazarda tutsin;
T/rMintaqaviy va tarmoq markazi nomi Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari*Vazirliklar va idoralarga mansubligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari

1.

Qoraqalpog‘iston davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; atrof muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar
va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalish: qoraqalpoq filologiyasi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.

Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; atrof muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar
va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalishlar: kimyo va biologiya.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; atrof muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar
va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalishlar: tarix va falsafa.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

4.

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; atrof muhitni muhofaza qilish; ijtimoiy-gumanitar
va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalishlar: filologiya va ma’naviyat asoslari.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5.

O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi

Gumanitar fanlar; matematika; tabiiy fanlar; sotsiologiya va
psixologiya; huquq; jurnalistika va axborot; atrof muhitni muhofaza
qilish; ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-matematika bloklari fanlari.
Oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari, kasbiy ko‘nikmalar va pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari bo‘yicha malaka oshirish kurslari va boshqa maxsus kurslar.
Asosiy yo‘nalishlar: matematika va fizika.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari
1.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Iqtisodiyot, menejment, marketing, xorijiy davlatlar iqtisodiyoti
va mamlakatshunoslik, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
munosabatlar, statistika, bojxona ishi, mehnat iqtisodiyoti va
sotsiologiyasi, xizmatlar sohasi, mehmonxona xo‘jaligini tashkil
etish va boshqarish, turizm, moliya, bank ishi, soliqlar va soliq solish, buxgalteriya hisobi va audit, pensiya ishi, baholash ishi va sug‘urta ishi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2.

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Muhandislik ishi, sanoat, energetika, kon ishi, geologiya, neft-gaz ishi, kimyo texnologiyalari, zamonaviy ishlab chiqarishlar texnologiyasi, transport, hayot faoliyati xavfsizligi, xizmatlar
ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi, ekologiya

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Qurilish, arxitektura, kommunal xo‘jaligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

4.

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Pedagogika

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

5.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

To‘qimachilik va yengil sanoat

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

6.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Sog‘liqni �aqlash

Sog‘liqni saqlash vazirligi

7.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Jismoniy tarbiya, sport faoliyati

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

8.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

San’at va madaniyat

Madaniyat va sport ishlari vazirligi

9.

Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi, fermer xo‘jaligini boshqarish va yuritish, qishloq xo‘jaligi texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

10.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Kompyuter texnologiyalari va informatika; radioelektron asbob-uskunalar va tizimlar; televideniye, radioaloqa va radioeshittirish, telekommunikatsiyalar, aloqaning mobil tizimlari

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi