Mintaqaviy va tarmoq | Qayta tayyorlash va malaka | Vazirliklar va | |
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlari | |||
1. | Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi | Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki; filologiya va tillarni o‘qitish (qoraqalpoq tili). | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
2. | Buxoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi | Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
3. | Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi | Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
4. | Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi | Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
5. | O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi* | Mintaqaviy yo‘nalishda: Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari | |||
1. | Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Energetika; elektr energetikasi; elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari; metallurgiya; materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi; avtomobilsozlik va traktorsozlik; elektronika va asbobsozlik; metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti; texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish; texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari; konchilik ishi; noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish texnika va texnologiyasi; foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi; gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish; neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish; qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi; mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish; xizmatlar ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; texnologiya va jihozlar; neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi; neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi; tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi; havodagi harakatni boshqarish; aviasozlik va havo kemalaridan texnik foydalanish; hayotiy faoliyat xavfsizligi. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
2. | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti; informatika va axborot texnologiyalari; axborot xavfsizligi; kompyuter grafikasi va dizayn; telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”); televiden�e, radioaloqa va radioeshittirish; televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”), maxsus yoritish texnologiyalari; pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment; radioelektron qurilmalar va tizimlar, audio-video texnologiyalar; kompyuter texnologiyalari va informatika; kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”); dasturiy injiniring. | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
3. | O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi* | Matematika; amaliy matematika; tabiiy fanlar; biologiya; fizika; mexanika; astronomiya; kimyo, geografiya; ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish; gidrometeorologiya; geologiya; geofizika; tuproqshunoslik; gidrologiya; psixologiya; sotsiologiya; filosofiya; sharq falsafasi va madaniyati; dinshunoslik; jahon siyosati; jurnalistika; arxivshunoslik; tarix; arxeologiya; filologiya va tillarni o‘rganish (tillar bo‘yicha); ijtimoiy ishlar. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
4. | Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Agronomiya; agrokimyo va agrotuproqshunoslik; o‘simliklar himoyasi va karantini; qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi; qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi; dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi; zootexniya; ipakchilik; o‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish; meva-sabzavotchilik va uzumchilik; veterinariya; qishloq xo‘jaligida menejment. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
5. | Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi* | Kimyoviy texnologiya; organik moddalar kimyoviy texnologiyasi; noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi; biotexnologiya; oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi; oziq-ovqat texnologiyasi. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
6. | Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi; matematika o‘qitish metodikasi; fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi; kimyo o‘qitish metodikasi; biologiya o‘qitish metodikasi; geografiya o‘qitish metodikasi; informatika o‘qitish metodikasi; tasviriy san’at va muhandislik grafikasi; pedagogika va psixologiya; musiqa ta’limi; ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha); chaqiriqqacha harbiy ta’lim; milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi; tarix o‘qitish metodikasi; boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish; maktabgacha ta’lim; defektologiya; pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
7. | O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi | Filologiya va tillarni o‘qitish; xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha); tarjima nazariyasi va amaliyoti. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
8. | Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnologiyasi; tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi; texnologik mashinalar va jihozlar; yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi; matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
9. | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Iqtisodiyot; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish;statistika; menejment; kadrlar menejmenti; ijtimoiy soha va inson resurslari menejmenti; marketing; moliya; baholash ishi; bank ishi; soliqlar va soliqqa tortish; buxgalteriya hisobi va audit; jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik; bojxona ishi; sug‘urta ishi; pensiya ishi; mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi; turizm;xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha); mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
10. | Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Arxitektura; dizayn (turlari bo‘yicha); bino va inshootlar qurilishi; shahar qurilishi va xo‘jaligi; muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji; gidrotexnika qurilishi; ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish; qiymat injiniringi; xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha); qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish; transport inshootlarining ekspluatatsiyasi; avtomobil yo‘llari va aerodromlar; qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish; geodeziya, kartografiya va kadastr. | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
11. | Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika ishi, stomatologiya, farmatsiya (turlari bo‘yicha), sanoat farmatsiyasi, oliy hamshiralik ishi, harbiy tibbiyot. | So�liqni saqlash vazirligi |
12. | O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi | Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat; sport faoliyati. | Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi |
13. | O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Bastakorlik san’ati; san’atshunoslik; aktyorlik san’ati; rejissorlik; texnogen san’at; dirijyorlik; vokal va cholg‘u ijrochiligi; rangtasvir; dizayn; grafika; amaliy san’at; haykaltaroshlik; xoreografiya; kino-teleoperatorlik; xalq ijodiyoti; madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish; ijtimoiy-madaniy faoliyat. | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
14. | Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish; suv xo‘jaligi va melioratsiya; suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish; gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish yer tuzish va yer kadastri; qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish; qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi |
15. | Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi | Yurisprudensiya; huquqshunoslik. | Adliya vazirligi |
16. | Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi | O‘zbek tili filologiyasi O‘zbek tili va adabiyoti O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 26.09.2012 yildagi 278-son
Кучга кириш санаси
26.09.2012
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 18.06.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 20-maydagi PQ–1533-son qarorini bajarish yuzasidan hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazini (keyingi o‘rinlarda Bosh ilmiy-metodik markaz deb ataladi) tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 5 ta mintaqaviy markazlarini (keyingi o‘rinlarda mintaqaviy markaz deb ataladi) hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 16 ta tarmoq markazlarini (keyingi o‘rinlarda tarmoq markazi deb ataladi) tashkil etish, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi faoliyat ko‘rsatayotgan qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari va fakultetlarini tugatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-iyuldagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 31-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
a) Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy markazlar va tarmoq markazlari yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z ustavlariga, mustaqil balanslariga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga ega bo‘ladi;
professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligi darajasini, ularning yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashning talab qilinadigan darajasini ta’minlash bo‘yicha ish natijalarini hamda ilg‘or xalqaro pedagogik tajribani o‘rganish asosida, zamonaviy metodikalardan foydalangan holda oliy ta’lim muassasalari oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning umumta’lim dasturlarini, o‘quv-metodik va normativ materiallarini ishlab chiqadi;
malaka oshirishning ta’lim jarayoni sifatini va natijalarini tizimli tahlil qiladi, monitoringini olib boradi, pedagoglarning zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalari va layoqatlari rivojlanishining o‘zgarishini baholaydi;
bazaviy oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda chet tillarni va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘qitish bo‘yicha o‘quv-metodik materiallar tayyorlanishini va samarali metodikalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi, shuningdek mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha mintaqaviy markazlarda va tarmoq markazlarida seminar-treninglar tashkil qiladi;
tegishli ta’lim fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari mazmunini takomillashtirishni, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalashni ta’minlash maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlari bo‘yicha mamlakatimizning ilg‘or zamonaviy uskunalar va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalari;
pedagoglarni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, ilmiy eksperimentlar, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishning samarali metodlari bilan tanishtirish maqsadida ilmiy-tadqiqot muassasalari (Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, laboratoriyalari va shu kabilar) bilan hamkorlik qilish hamda ulardan pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun bazaviy obyektlar sifatida foydalanish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqadi;
mintaqaviy va tarmoq markazlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari malakasini oshirish kurslarini tashkil qiladi va o‘tkazadi;
ta’lim sohalari: gumanitar fanlar, matematika, tabiiy fanlar, sotsiologiya va psixologiya, jurnalistika va axborot, shuningdek ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-matematika bloklarining boshqa fanlari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiradilar hamda zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratadilar;
oliy ta’limning dolzarb masalalari, Internet global tarmog‘idan foydalangan holda o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogika, axborot texnologiyalarini joriy etish, pedagogik mahorat, ma’naviyat asoslari hamda pedagoglarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan boshqa maxsus kurslar bo‘yicha malaka oshirishning maqsadli kurslarini tashkil qiladilar;
malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarining ta’lim jarayoniga oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kasbiy o‘sishiga yo‘naltirilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, amaliy o‘qitishning interaktiv usullari sohasidagi ilmiy yutuqlar natijalarini o‘z vaqtida joriy etish mexanizmlarini amalga oshiradilar;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’limning ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-matematika bloklari fanlari ta’lim dasturlarining uzluksizligini va izchilligini ta’minlashni hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadilar;
oliy ta’limning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiradilar hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratadilar;
xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida, shuningdek mahalliy konstruktorlik-texnologik muassasalar va respublikadagi yirik korxonalar rahbarlarini taklif etgan holda, eng avvalo, yuqori va innovatsiya texnologiyalari sohasida oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim dasturlarini amalga oshiradilar;
ta’limning ishlab chiqarish bilan samarali o‘zaro hamkorligini, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga ko‘chma mashg‘ulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini ta’minlaydilar;
tarmoq markazlarida, shu jumladan ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun zarur o‘quv va moddiy-texnikaviy bazani yaratadilar;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqadilar va joriy etadilar.
Oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlarining namunaviy tuzilmalari 4 va 5-ilovalarga muvofiq;
Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari o‘qituvchilari va tinglovchilari sonining bir nafar o‘qituvchi hisobiga nisbatining cheklangan normativlari ta’limning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda — Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlashni;
bir oy muddatda — Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni;
mintaqaviy va tarmoq markazlarini ular tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida bepul joylashtirishni hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida markazlar tomonidan o‘z faoliyatida oliy ta’lim muassasalarining o‘quv va moddiy-texnikaviy bazasidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni;
qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlarining boshqa joylardan kelgan tinglovchilariga oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalarida yashash joylari berish chora-tadbirlarini ko‘rishni;
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha, pedagog kadrlar tomonidan uch yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslaridan o‘tishning davriyligiga rioya qilgan holda, Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlarida oliy ta’lim muassasalarining pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish parametrlarini har yili aniqlash va belgilangan tartibda tasdiqlashni ta’minlasin.
5. Quyidagilar Bosh ilmiy-metodik markazning, mintaqaviy va tarmoq markazlarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
markazlarni joriy ta’minlashga hamda belgilangan davriyligini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni o‘tkazishga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Keyingi tahrirga qarang.
qayta tayyorlash va malaka oshirishning tasdiqlangan jadvaliga kiritilgan hamda Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlariga o‘qishga yuborilgan tinglovchilar uchun ularning ishdan bo‘shagan holdagi butun o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlariga asosiy ishdan ajralgan holda qayta tayyorlashga va malaka oshirishga tasdiqlangan jadvalga muvofiq boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarning o‘qish joyiga kelish va u erdan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l xarajatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularni yuborgan tomon hisobiga qoplanadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 646-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Bosh ilmiy-metodik, mintaqaviy va tarmoq markazlari ta’minoti uchun “Ta’lim” sohasi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar doirasida zarur mablag‘larni belgilangan tartibda nazarda tutsin;
Davlat test markazi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim dasturlari fanlari bo‘yicha o‘qitish sifatining har yilgi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda talabalar bilimlari darajasini, shu jumladan o‘qituvchilar malakasini oshirish natijalariga bog‘liq holda baholash mezonlarini, test vazifalarining ma’lumotlar banki yaratilishini nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda Bosh ilmiy-metodik markaz, mintaqaviy va tarmoq markazlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari va shartlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Bosh ilmiy-metodik markazni Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 3-uyga ijara haqi undirmasdan joylashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14 yundagi 453-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/453/1359-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-avgustdagi 669-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 34-son, 899-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.