O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi apparati tuzilmasini takomillashtirishning ba’zi masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 13-maydagi 257-son qarorida:
b) 2-banddagi “va uning uchun qo‘shimcha ravishda besh nafar xodim ajratilsin” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarorida:
b) Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomda:
“5. Normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
korrupsiyaning yuzaga kelishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;
tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi va tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar kiritilishi taqiqlanadi.
Normativ hujjatlar Idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak”;
“6. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida normativ hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar shaklida qabul qilinadigan normativ hujjatlar buyruqlar yoki qarorlar bilan tasdiqlanadi”;
to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining” hamda “farmonlari va farmoyishlari” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining” hamda “farmonlari, qarorlari va farmoyishlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining” va “Farmonini” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining” va “farmonini, qarorini yoki farmoyishini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning sakkizinchi xatboshidagi “grafiklar” so‘zidan keyin “formulalar, metodikalar” so‘zlari qo‘shilsin;
16-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining” hamda “farmonlari va farmoyishlari” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining” hamda “farmonlari, qarorlari va farmoyishlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida” 1998-yil 4-martdagi PF–1938-son Farmonining bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-apreldagi 177-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 4-son, 17-modda):
“6. Shtatda belgilangan xodimlar soni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparatida Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tuzilmasida – tegishli bo‘limlar tashkil etilsin”;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 252-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/252/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 21-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y, 2-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 41-bandida:
“Huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda Akkreditatsiya komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi jalb etiladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 323-modda)
9. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-martdagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi Nizom 4-bandining beshinchi xatboshiga “Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘iga” so‘zlaridan keyin “Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariga” so‘zlari qo‘shilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarini tayyorlash hamda qabul qilish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qarorida:
“Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
“1. Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini (keyingi o‘rinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari deb ataladi) tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturlarini tayyorlash hamda qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
“Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risida Nizom”;
“1. Ushbu Nizom qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini (keyingi o‘rinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari deb ataladi) tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibini belgilaydi”.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) 1 va 3-bandlari.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya organlari va sudlari faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 19-yanvardagi 18-son qarorining 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparati tarkibida iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 24-yanvardagi 27-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish va uning apparati tuzilmasidagi o‘zgartirishlar to‘g‘risida” 1995-yil 27-apreldagi 152-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 4-son, 16-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida Fuqarolarning qonunchilikning buzilishi yuzasidan shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish boshqarmasini tuzish to‘g‘risida” 1997-yil 10-iyuldagi 345-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ma’rifat sohasidagi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 21-noyabrdagi 528-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 17-yanvardagi 28-son qaroriga ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 5-modda) 40-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 43-modda) 8-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2004-yil 20-iyuldagi 343-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 71-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2007-yil 21-dekabrdagi 263-son qaroriga 1-ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 12-son, 72-modda) 2-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Hakamlik sudlari hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 30-oktabrdagi 235-son qaroriga 2-ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 59-modda) 1-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2010-yil 2-iyundagi 104-son qaroriga 3-ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 25-modda) 5-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) 27-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–255-sonli Qonuni) 2011-yil 23-fevraldagi 46-son qaroriga ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 14-modda) 2-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Adliya organlarida maxsus “ishonch telefoni” tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 19-martdagi 80-son qarorining 7-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 3-son, 18-modda).