12.09.2012 yildagi 266-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-maydagi 125-son qarori bilan ma’qullangan Davlat soliq xizmati organlarining yagona ma’lumotlar bazasini yaratish va soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar kompleksiga quyidagi mazmundagi 2.5-1-band qo‘shilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga tanlov asosida yer uchastkalari berishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 25-maydagi 147-son qarori 4-bandining to‘rtinchi xatboshiga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 41-modda) “shuningdek ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet butunjahon axborot tarmog‘i orqali o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida yangi korxonalar qurish uchun beriladigan yer uchastkalarining, sotiladigan va tadbirkorlik subyektlariga ijaraga beriladigan qurilishi tugallanmagan obyektlar, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va inshootlar ro‘yxati muntazam ravishda e’lon qilinishini” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.