23.07.2012 yildagi 227-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Hujjat 23.07.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish va ularning mazkur sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qaroriga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini samarali muvofiqlashtirish hamda ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish bo‘yicha Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquq va erkinliklariga rioya etilishining holatini o‘rganish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhining (keyingi o‘rinlarda Idoralararo ishchi guruhi deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.