18.06.2010 yildagi 210-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2020
Hujjat 05.12.2013 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xo‘jalik sudlarining e’tibori O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlaridan iboratligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1.2. Soliq kodeksining 11-moddasiga muvofiq soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq to‘lovchining foydasiga talqin qilinadi. Bunda xo‘jalik sudlari shuni e’tiborga olishlari kerakki, ushbu qoida birinchidan, qarama-qarshiliklar va noaniqliklar faqat soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida mavjud bo‘lganda, ikkinchidan, qonun hujjatlarining o‘zaro nisbati “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasi belgilangan qoidalar asosida bartaraf etib bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 2-moddasining oltinchi qismiga muvofiq soliq va boshqa ma’muriy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, Soliq kodeksi va soliq to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Xo‘jalik sudlari inobatga olishlari lozimki, Soliq kodeksi 3-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq solish soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq kodeksi 3-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Soliq kodeksi 3-moddasining uchinchi qismiga muvofiq soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega. Shu munosabat bilan xo‘jalik sudlari soliqto‘lovchilarga huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amalda bo‘lgan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan ishni ko‘rish paytida amalda bo‘lgan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘zaro solishtirib, javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi. Soliq kodeksining 30-moddasida belgilanganidek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar Soliq kodeksi, boshqa qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan berilishi mumkin. Mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yagona yer solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni berish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Soliq kodeksining 38-moddasiga muvofiq davlat soliq xizmati organi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashi yoki ularning hisoblangan summasini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Soliq to‘lovchi soliq davri tugaganidan keyin besh yil ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ortiqcha to‘langan summalarini hisobga olishni yoki qaytarishni talab qilishga haqli.
Soliq kodeksi 110-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisiga muvofiq soliq majburiyatlari bo‘yicha da’vo muddatlarining tugaganligi soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holat deb e’tirof etiladi. Shu munosabat bilan soliq to‘lovchining soliqqa oid huquqbuzarliklari uchun javobgarlik choralarini qo‘llash haqidagi davlat soliq xizmati organining talabi bo‘yicha da’vo muddati huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi.
8. Soliq qarzini soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish haqidagi ishlarni ko‘rishda xo‘jalik sudlari inobatga olishlari lozimki, Soliq kodeksi 54-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Xo‘jalik sudlariga tushuntirish lozimki, Soliq kodeksining 56—58-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha nizo bo‘lmaganda ushbu summalarni qaytarish yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish vakolatli organ tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Agar vakolatli organ va soliq to‘lovchi o‘rtasida ushbu masala yuzasidan nizo kelib chiqsa, soliq to‘lovchi ortiqcha to‘langan yoki undirilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazish yoxud undirishni so‘rab xo‘jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Soliq kodeksi 69-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organlari, bojxona organlari hamda zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasi yuklatilgan boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar hisobini yuritishi kerak. Shu munosabat bilan soliq to‘lovchilar tomonidan ortiqcha to‘langan yoki asossiz undirilgan pul mablag‘larini (soliqlar, majburiy to‘lovlar, jarimalar, penyalar) vakolatli organlardan undirish to‘g‘risida da’volar berilganda xo‘jalik sudlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘armalar va (yoki) ularning hududiy organlarini hamda boshqa vakolatli tashkilotlarni XPKning 42-moddasiga muvofiq nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan javobgar tomonidan uchinchi shaxslar sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF—3619-sonli Farmonining 3-bandiga muvofiq davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
12.1. Soliq kodeksi 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga bu talabnomani soliq to‘lovchi olganligini va talabnoma olingan sanani tasdiqlovchi usulda topshirilishi lozim, soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda esa, u buyurtma xat pochta jo‘natmasi topshirilganligi to‘g‘risidagi bildirish blankasida ko‘rsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Soliq kodeksi 62-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:
Davlat soliq xizmati organining soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish choralarini ko‘rmasdan, undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish haqida berilgan da’vo arizasi XPK 118-moddasi birinchi qismining 8-bandiga muvofiq qaytariladi, ushbu holat da’vo arizasi ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, XPK 88-moddasining 4-bandiga muvofiq da’vo ko‘rmasdan qoldiriladi, soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘lmagan yoki soliq to‘lovchi soliq qarzini to‘lash uchun o‘zining bank hisobvarag‘iga to‘lov topshiriqnomasini qo‘ygan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Soliq kodeksi 63-moddasining birinchi qismiga muvofiq soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini so‘zsiz undirish, agar Soliq kodeksi 62-moddasining uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka davlat soliq xizmati organining soliq qarzi summasini tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Soliq kodeksining 63-moddasi davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchining soliq qarzini so‘zsiz undirish tartibini belgilaydi. Shu bois xo‘jalik sudlari e’tiborga olishlari kerakki, soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan undirish haqidagi da’vo arizalari (arizalar) xo‘jalik sudlariga taalluqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda xo‘jalik sudlari Soliq kodeksining 120-moddasiga ko‘ra soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarining buzilishi o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,033 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab bo‘lishini, ammo penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasidan oshib ketishi mumkin emasligini e’tiborga olishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudlari Soliq kodeksining 120-moddasiga muvofiq hisoblangan penyadan soliq to‘lovchini ozod etishga yoki penya miqdorini kamaytirishga haqli emas, penya miqdori tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz summasidan oshib ketgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
XPK 60-moddasi to‘rtinchi qismining mazmuniga ko‘ra soliq to‘lovchining rahbari yoki xodimiga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha hukm muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari bo‘yicha xo‘jalik sudi uchun majburiydir. Bunda vakolatli organ tekshirish tartibi va qoidalari buzilmagan holda o‘tkazilganligini hamda soliq to‘lovchining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligini isbotlashdan ozod etiladi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasida nazarda tutilgan reabilitatsiya asoslariga muvofiq chiqarilgan hukm bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20.1. XPK 54-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga ko‘ra va Soliq kodeksi 67-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan dalillar (soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hujjatlar yoki boshqa axborot) soliq to‘lovchini soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo‘la olmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Soliq kodeksi 71-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisoboti to‘g‘riligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Xronometraj natijasi soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Soliq kodeksi 108-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq hech kim soliqqa oid sodir etilgan aynan bitta huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Soliq kodeksi 108-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik uchun moliyaviy sanksiyalar yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Soliq kodeksi 109-moddasining birinchi qismiga muvofiq shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
Soliq kodeksining 110-moddasida belgilangan holatlar soliq to‘lovchining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini va uni javobgarlikka tortishni istisno qiladigan holatlar hisoblanadi hamda bunday holatlardan loaqal bittasi bo‘lganda soliq to‘lovchi javobgarlikka tortilmaydi.
27. Soliq kodeksi 96-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoxud davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslarining soliq to‘lovchi tomonidan daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlar, binolar, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun kirishi rad etilgan hollarda davlat soliq xizmati organi soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli. Qayd etilgan holatlar mavjud bo‘lganda davlat soliq xizmati organining arizasi asosida soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar faqat sudning hal qiluv qaroriga muvofiq to‘xtatib qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Soliq kodeksi 101-moddasining birinchi qismiga ko‘ra davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tomonidan soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining SKning 92 — 104-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etmaganligi davlat soliq xizmati organining qarori davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organi tomonidan bekor qilinishi yoki mazkur qarorning sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Soliq kodeksi 103-moddasining birinchi qismiga muvofiq davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari soliq tekshiruvi materiallari ko‘rib chiqilganidan keyin besh ish kunidan kechiktirmasdan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlarni va penyani hisoblash yoki buni rad etish haqida yoxud soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi uchun javobgarlikka tortish yoki buni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Soliq kodeksi 104-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq to‘lovchi davlat soliq xizmati organi qarorining nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida qarorda ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etsa hamda hisoblangan soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va penya summasini to‘lasa davlat soliq xizmati organi qarorining soliq to‘lovchiga nisbatan qo‘llaniladigan jarima qismi bekor qilingan hisoblanadi. Mazkur norma Soliq kodeksining 114, 119-moddalarida ko‘rsatilgan hollarga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Soliq kodeksi 112-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq to‘lovchilarga moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblash, shuningdek soliq to‘lovchi sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Soliq kodeksi 53-moddasining birinchi qismiga muvofiq banklar soliq to‘lovchining soliqni va (yoki) boshqa majburiy to‘lovni o‘tkazishga doir to‘lov topshiriqnomalarini, shuningdek tegishli vakolatli organning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomalarini “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 15-martda 2342-son bilan ro‘yxatga olingan), “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yil 3-iyunda 2465-son bilan ro‘yxatga olingan) hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining kassa ijrosi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomada (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012-yil 1-fevralda 2320-son bilan ro‘yxatga olingan) belgilangan navbatda bajarishlari shart.
37.1. Xo‘jalik sudlarining e’tibori Soliq kodeksi 63-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq soliq qarzi summasini undirish soliq to‘lovchining barcha bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag‘laridan amalga oshirilishi, qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratish mumkin bo‘lmagan hisobvaraqlar bundan mustasnoligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
37.2. Soliq kodeksi 53-moddasining oltinchi qismiga muvofiq bankning aybi bilan soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini o‘tkazish topshiriqnomasi, tegishli vakolatli organning ularni undirish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasi bajarilmagan (bajarilishi kechiktirilgan) taqdirda, bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘tkazilmagan summasini 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga muvofiq kirim qilinmagan tovarlarni saqlash, bundan ularning qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollar mustasno, yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) - kirim qilinmagan tovar qiymati yoki yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) tushum summasiga teng miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38.2. Soliq kodeksi 114-moddasining uchinchi qismiga muvofiq tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 9-avgustdagi “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF—1504-sonli Farmoni 3-bandining beshinchi xatboshisiga muvofiq barcha chakana savdo korxonalari, shuningdek aholiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning tushgan naqd pul mablag‘larini har kuni bank muassasalariga topshirmasligi ham tushumni yashirish deb baholanadi.
38.3. Soliq kodeksi 114-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) tushum summasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish maqsadida hisobga olinmaydi hamda mazkur soliqqa oid huquqbuzarlik yuzasidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinmaydi. Yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) tushum summasiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisoblangan va undirilgan (to‘langan)da, ushbu soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ortiqcha to‘langan deb e’tirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
40.1. Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan miqdorda, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida sodir etilganda esa ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan miqdorda jarima solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
40.2. Agar soliq to‘lovchining bir necha savdo shoxobchalari mavjud bo‘lsa va bir soliq tekshiruvi jarayonida ularning har birida Soliq kodeksining 119-moddasida nazarda tutilgan bir xildagi huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlangan taqdirda, soliq to‘lovchiga bir marta moliyaviy sanksiya qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Soliq kodeksi 51-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish tugallanguniga qadar huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs soliq majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari ma’lum bo‘lganligi yoxud ma’lum bo‘lmaganligidan qat’i nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Moliyaviy sanksiyani qo‘llashda xo‘jalik sudlari Soliq kodeksining 111-moddasida belgilangan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning tugal emasligini, og‘irlashtiruvchi holat esa tugal hisoblanishini inobatga olishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.