LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda yangi tahrirdagi “O‘zbekiston pochtasi” OAJning pochta aloqasining mintaqaviy (viloyat) tashkilotlari va pochta aloqasi obyektlari orqali pensiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni to‘lashni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomani bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
“Tekshirish tasdiqlovchi hujjatlarni bergan tashkilotda yoki arxivda amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, u tekshiruvchining va tashkilot yoki arxiv mansabdor shaxsining imzosi, shuningdek tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot yoki arxivda, ikkinchi nusxasi Pensiya jamg‘armasi bo‘limida qoladi. Dalolatnomada tasdiqlovchi hujjatlarning kim tomonidan berilganligi va tekshirish vaqtida hujjatlarning joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumot majburiy tartibda ko‘rsatiladi”;
“oila a’zosining vafot etgan boquvchi bilan qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma, nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, u bo‘lmagan taqdirda – fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvdan ko‘chirma, vakolatli tashkilotlarning yoki xorijiy davlatlar mansabdor shaxslarining ma’lumotnomasi)”;
32-bandning uchinchi xatboshidagi “iltimos qilish” so‘zlari “talab qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Ushbu Nizomning 35-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan davr Qonunning 8-moddasi talablariga rioya etgan holda ish stajiga kiritiladi”.
“Ushbu bandda nazarda tutilgan ish stajini imtiyozli hisoblash tartibi Qonun bo‘yicha tayinlanadigan pensiyalarning barcha turlari uchun qo‘llanadi”;
“Mazkur Nizomning ushbu bandida, shuningdek 44-bandida nazarda tutilgan ish stajini hisoblash tartibi Qonunga muvofiq pensiyalar tayinlashda qo‘llanadi”;
“Bunda ma’lumotnomada ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, ish (lavozim) bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi va asoslari ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasining to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak. Ma’lumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek ma’lumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan imzolanadi va ma’lumotnomani bergan tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi”;
“Bunda ko‘rsatib o‘tilgan (tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan tasdiqlangan) davr ish stajiga faqat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda kiritiladi”;
83-banddagi, 84-bandning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilardagi, 85-bandning birinchi – to‘rtinchi xatboshilardagi hamda va 86-banddagi “amaldagi” so‘zi chiqarib tashlansin;
“87. Ushbu Nizomning 35-bandi “d”, “e”, “j” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tash vaqti, shaxs mehnat faoliyatini amalga oshirmasdan, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligiga chalinish oqibatida I yoki II guruh nogironi bo‘lib qolgan vaqt ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davriga kiritilmaydi.
Mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davrida ushbu Nizomning 35-bandi “d”, “e”, “j” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o‘tash vaqti, shaxs mehnat faoliyatini amalga oshirmasdan, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligiga chalinish oqibatida I yoki II guruh nogironi bo‘lib qolgan vaqt mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu davrlar mazkur Nizomning 35-bandi “d”, “e”, “j” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlarga almashtirilishi kerak, muddatli harbiy xizmatni o‘tash vaqti, shaxs mehnat faoliyatini amalga oshirmasdan, mehnatda mayiblanish va kasb kasalligiga chalinish oqibatida I yoki II guruh nogironi bo‘lib qolgan vaqt bundan mustasno”;
“89. I yoki II guruh nogironi bo‘lib qolgan shaxsning, shuningdek vafot etgan, nogironlik boshlangan yoki vafot etgan vaqtida bir oydan kam ish stajiga ega bo‘lgan boquvchining ish haqi ishlangan kunlar uchun ish haqi summasini ishlangan kunlar soniga bo‘lish va olingan natijani ushbu oyning ish kunlari soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi”;
“92. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra o‘qish davrida to‘langan stipendiya ish haqiga tenglashtiriladi.
93. Band bo‘lgan shaxsning ish haqi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
94. Ish haqining natura shaklidagi qismi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan sug‘urta badallari miqdorlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
“97. O‘zbekiston Respublikasining chet elda ishlagan fuqarolarining pensiyasini hisoblash uchun ish haqi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallari summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
“98. Oy, yil choragi, yarim yillik, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar, shuningdek davr yakunlari bo‘yicha to‘lanadigan taqdirlash puli, davlat bayramlari va ishlarning ayrim turlarini bajarganlik uchun bir martalik mukofotlar, shuningdek shunga o‘xshash boshqa to‘lovlar (shu jumladan jamoa xo‘jaliklari a’zolariga pilla yetishtirish bo‘yicha to‘lovlar hamda yillik ish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar), sug‘urta badallari to‘lanishi sharti bilan, ular hisoblangan oy uchun ish haqi tarkibiga kiritiladi.
Xodimga ishdan bo‘shaganidan keyin to‘langan mukofotlar (davr yakunlari bo‘yicha taqdirlash puli va yillik ish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar) mehnat shartnomasi to‘xtatilgan oy uchun ish haqi tarkibiga kiritiladi”;
“Agar nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish staji besh yildan kam bo‘lsa pensiyani hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi kalendar ish oylari uchun qayta hisoblangan ish haqi umumiy summasini ushbu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi”;
“Bunda har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin yetimlarga) tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish staji miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi, ya’ni pensiya tayinlash va talab etiladigandan ortiq staj uchun pensiyani oshirish har ikkala ota-onaning umumiy ish staji miqdori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda, chin yetim maqomini saqlab qolgan holda, murojaat etganning xohishi bo‘yicha ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan pensiyaning eng ko‘p miqdori tayinlanadi”;
“Faxriy unvon uchun qo‘shimcha to‘lov, pensiyaga ustama haqlarning soni va miqdorlaridan qat’i nazar, amalga oshiriladi”:
“115. Boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan ilgari O‘zbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya hujjatlari yig‘majildini hisobga qabul qilib olishda, uning boshqa davlatda pensiya olganligidan qat’i nazar, pensiya miqdori hisobga qabul qilish to‘g‘risida murojaat qilingan vaqtda amalda bo‘lgan qonun hujjatlari talablariga muvofiq hisoblanadi”;
“Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqini aniqlashda vafot etgan boquvchi oilasining nogironlikning III guruhiga ega bo‘lgan a’zolari vafot etgan boquvchi oilasining mehnatga layoqatsiz a’zolari jumlasiga kiritilmaydi.
Agar vafot etganning bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nevaralari parvarishi bilan ular uch yoshga to‘lgungacha band bo‘lgan oila a’zolaridan biri pensiya turlaridan bittasini oluvchi bo‘lsa, u holda uning xohishi bo‘yicha Qonunning 4-moddasiga muvofiq faqat pensiyaning bitta turi tayinlanadi.
Boquvchisining vafotidan keyin tug‘ilgan bolaga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi ushbu pensiyaga huquqi paydo bo‘lgan kundan boshlab, pensiya tayinlash uchun birinchi marta murojaat qilinganda, boquvchi vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay tayinlanadi. Qolgan holatlarda pensiya murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi”;
“Staj to‘liq bo‘lmagandagi pensiya miqdori Qonunda belgilangan miqdorlardan past bo‘lishi mumkin emas”;
“Yoshga doir pensiyani nogironlik pensiyasiga o‘tkazishda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi hamda nogironlik pensiyasini hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi ilgari yoshga doir pensiyani tayinlashdan oldingi ishning oxirgi o‘n yilidan kelib chiqqan holda, nogironlik pensiyasini tayinlash vaqtida amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qo‘llangan holda aniqlanadi.
Ilgari shaxsning yoshiga doir tayinlangan pensiyani pensiyalarning boshqa turlaridan bittasi bo‘yicha to‘lovning to‘xtatilishi munosabati bilan tiklashda yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ega bo‘lingan ish staji va ish haqi hisobga olinmaydi va pensiyani hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi yoshga doir ilgari tayinlangan pensiyadan oldingi ishning oxirgi o‘n yilidan kelib chiqqan holda, tiklash vaqtida amalda bo‘lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan pensiyani hisoblash uchun ish haqi va ish stajini hisoblash shartlari qo‘llangan holda aniqlanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tkazishda pensiya miqdorini hisoblash Qonunning 34-moddasi shartlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi, ish staji esa umumiy tartibda, uchuvchilar va sinovchi uchuvchilar tarkibidagi xodimlarga pensiyalar tayinlash uchun uzoq muddatli xizmat muddatlarini hisoblash tartibida nazarda tutilgan shartlar va normalar qo‘llanmasdan hisoblab chiqiladi (ushbu Nizomga 4-ilova)”;
“Ilgari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlangan bolaga ikkinchi ota-onaning vafoti munosabati bilan pensiya miqdorini ikkinchi boquvchining pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan ish staji va ish haqini hisobga olgan holda qayta hisoblab chiqish pensiya miqdorini qayta hisoblab chiqish uchun murojaat qilingan vaqtda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq pensiyani hisoblash tartibi qo‘llangan holda amalga oshiriladi.
Pensioner tomonidan pensiya tayinlangungacha ega bo‘lingan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi qo‘shimcha hujjatlarning taqdim etilishi munosabati bilan pensiyani qayta hisoblab chiqishda qayta hisoblash vaqtida amalda bo‘lgan ish staji va ish haqini aniqlash tartibi qo‘llanadi, bunda pensiyani qayta hisoblash uchun o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadigan pensiyani tayinlashdan oldingi ishning oxirgi o‘n yilidan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
“Bunda fuqarolik-huquqiy shartnoma bo‘yicha ishlayotgan pensionerga pensiya to‘lash ishlayotgan pensionerlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Tashkilot rahbari pensiyani tayinlagan Pensiya jamg‘armasining tegishli, bo‘limiga pensioner ishga qabul qilinganligi to‘g‘risida (fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzilganligi to‘g‘risida) besh kun muddatda xabar qilishi, shuningdek ishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani (fuqarolik-huquqiy shartnoma nusxasini) taqdim etishi shart”;
“Pensioner sog‘lig‘ining holati va yashash faoliyatining cheklanganligi darajasi o‘zgarganda, TMEKning asossiz qarori holatlari aniqlanganda, nogironlikni belgilashning to‘g‘riligini tekshirishlarda, shuningdek agar TMEK qarori soxta hujjatlar asosida chiqarilgan bo‘lsa pensioner belgilangan tartibda o‘tkaziladigan takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun kelmagan taqdirda pensiyani to‘lash to‘xtatib qo‘yiladi va u faqat fuqaro TMEKga yangidan murojaat qilgan va I yoki II guruh nogironi deb e’tirof etilgan kundan boshlab tiklanishi mumkin”;
“167. Pensionerning doimiy propiskasi bo‘lmasa va u faqat vaqtincha propiska qilingan bo‘lsa (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olinmagan bo‘lsa) pensiya vaqtinchalik propiska (Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida kelgan joyi bo‘yicha hisobga olish)ning amal qiladigan muddati mobaynida to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga pensiya yashash hujjati amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi”;
“Pensionerning sud hukmi bo‘yicha qamoq joylarida bo‘lgan vaqti uchun pensiya to‘lanmaydi. Pensioner ozod bo‘lgandan keyin pensiyani to‘lash Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ariza berilgan kundan boshlab tiklanadi”.
“O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan O‘zbekiston Respublikasi tashqarisidagi davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan ro‘yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to‘lanadi”;
3. Pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan amaldagi ish haqini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda (2-ilova):
Nizomning nomidagi, 1—3-bandlardagi, 4-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi, 5-banddagi, 8-bandning birinchi va uchinchi xatboshilardagi, 9-bandning uchinchi xatboshidagi va 11-banddagi “amaldagi” so‘zi chiqarib tashlansin.
“12. Pensiya miqdori ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda quyidagi holatlarda murojaat qilingan sanada qayta hisoblab chiqiladi:
pensioner tomonidan pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan (ish staji yoki ish haqi to‘g‘risidagi va boshqa) qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilganda;
boshqa davlatdan kelgan shaxsning, shu jumladan ilgari O‘zbekiston Respublikasidan ketgan shaxsning pensiya hujjatlari yig‘majildi hisobga qabul qilib olinganda, u pensiyani boshqa davlatda olganligi holatidan qat’i nazar;
bitta boquvchining vafoti munosabati bilan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olayotgan shaxsga ikkinchi boquvchisining vafoti munosabati bilan chin yetim sifatida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi rasmiylashtirilganda.
Bunda ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda tayinlangan (qayta hisoblab chiqilgan) pensiya pensioner tomonidan pensiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadigan (ish staji yoki ish haqi to‘g‘risidagi va boshqa) qo‘shimcha hujjatlar taqdim etilgan taqdirda pensiyani tayinlashda (qayta hisoblab chiqishda) dastlab aniqlangan eng kam ish haqining o‘rtacha oylik miqdorini hisoblab chiqish asos qilib olingan holda hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq mutanosib ravishda pensiya miqdorini oshirgan holda qayta hisoblab chiqiladi.
13. 2011-yil 1-oktabrgacha va undan keyin tayinlangan pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqi quyidagi hollarda ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentini qo‘llagan holda qayta hisoblab chiqilmaydi:
I va II guruhlar nogironlarining nogironlik guruhi o‘zgarganda yoki ularga pensiyalar to‘lash muddati uzaytirilganda;
Bunda oxirgi marta 2011-yil 1-oktabrgacha qayta hisoblab chiqilgan pensiyalar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga binoan oshirishlarni hisobga olgan holda qayta hisoblab chiqiladi”;
14-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilardagi hamda 17-banddagi “amaldagi” so‘zi chiqarib tashlansin;
Nizomga 2-ilovaning nomidagi, 3-bandning birinchi xatboshidagi va jadvalidagi “amaldagi” so‘zi chiqarib tashlansin.