31.05.2012 yildagi PQ-1765-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI SAFIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI OʻTAB BOʻLGAN FUQAROLARGA IMTIYOZLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar qismlari va boʻlinmalarida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarga respublika oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berishda tegishli tartib oʻrnatish, shuningdek ularga berilayotgan imtiyozlarning ragʻbatlantiruvchi omillarini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 31-oktabrdagi PQ–213-son qarorining 1-bandi oʻzgartirilib, 2012/2013 oʻquv yilidan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolar barcha yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha bakalavrlar tayyorlashda respublikaning barcha oliy taʼlim muassasalariga kirishda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega boʻladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga harbiy qismlarning qoʻmondonligi tomonidan oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, ammo ular uchun imtiyozlar boʻyicha belgilangan qoʻshimcha ballarni hisobga olgan holda tanlovdan oʻta olmagan abituriyentlarning respublikadagi boshqa oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizalari, test sinovlari tugagandan keyin 10 kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda abituriyent tanlagan boshqa oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish tasdiqlangan umumiy qabul kvotasi doirasida, imtiyozlar boʻyicha belgilangan qoʻshimcha ballni hisobga olgan holda, fanlar boʻyicha topshirilgan test sinovlari fanlar toʻplami (bloki) va abituriyent tomonidan toʻplangan ballarga muvofiq, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasi 2012-yilning 10-iyuligacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni, ushbu qarorning 1-bandida bayon etilgan talablarni hisobga olgan holda, oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarga respublikaning oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar berish chogʻida tegishli tartib oʻrnatilishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari, tavsiyanomalar jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga, zarur bilim darajasiga ega boʻlgan munosib nomzodlargagina berilishini nazarda tutishlari kerakligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 31-oktabrdagi PQ–213-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu hujjatdan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi H.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1765-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 22-son, 242-modda; 2017-y., 14-son, 218-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son; 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)