30.05.2012 yildagi 149-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Hujjat 30.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin.
a) 4-bandga “qabul qilinadi” so‘zlaridan keyin “(obyekt “Angren” maxsus industrial zonasining Ma’muriy kengashi tomonidan “Angren” maxsus industrial zonasi qatnashchilariga nolga teng xarid qiymati bo‘yicha sotilishi hollari bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 5-bandga quyidagi mazmundagi xat boshi qo‘shilsin:
v) 8-bandga “Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazuvchi Davlat komissiyasi” so‘zlaridan keyin “va “Angren” maxsus industrial zonasining Ma’muriy kengashi” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qarorining 3-bandi birinchi xat boshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin: “Angren” maxsus industrial zonasida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yer uchastkalari ajratish “Angren” maxsus industrial zonasining Ma’muriy kengashi qarorlari bo‘yicha Toshkent viloyati hokimligi tomonidan amalga oshiriladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-fevraldagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Yer to‘g‘risidagi qonunlarga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish amaliyotini o‘rganish bo‘yicha komissiya tomonidan Toshkent viloyatida yer uchastkalari berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishi tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 1-bandiga quyidagi mazmundagi xat boshi qo‘shilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.